Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


I-Modul. BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASINING


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

I-Modul. BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASINING 
UMUMIY ASOSLARI 
I Bob. “"MOLIYAVIY VA BOSHQARUV HISOBI” FANIGA 
KIRISH 
O‘quv maqsadi: buxgalteriya hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha
unga qо‘yiladigan talablar, buxgalteriya hisobi subektlari va obektlari, 
buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari, buxgalteriya hisobining asosiy 
funksiyalari, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning 
asosiy guruhi, buxgalteriya hisobining о‘rni va sohadagi islohotlarning 
ahamiyati hamda hisob siyosati, uning uslubiy asoslari va qо‘llash 
tartibini o‘rganishdan iborat. 
Tаyanch ibоrаlаr: хo‘jalik hisobi, hisobda qo‘llaniladigan 
o‘lchovlar, natura tabiiy o‘lchovi, mehnat o‘lchovi, pul o‘lchovi, operativ 
(operativ – texnika yoki tezkor hisob) hisob, statistik hisob, buxgalteriya 
hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlaridan foydalanuvchilar, buxgalteriya hisobi subektlari va 
obektlari, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari, hisob yuritish 
siyosati. 
1.1. Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida umumiy tushuncha va 
unga qo‘yiladigan talablar 
Bozor sharoitida buxgalteriya hisobi iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, 
uning nazariyasi buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va 
usulini o‘rgatadi. Bu fan xalq xo‘jaligi tarmoqlarida buxgalteriya hisobini 
yuritish usullarini o‘rganib, umumlashtirib, uning ilg‘or usullarini joriy 
etish bilan shug‘ullanadi. Hisob – kitob ta’minot mahsulot ishlab 
chiqarish, sotish jarayoni va taqsimot jarayonida boshqarish, tashkil qilish 
va rahbarlik qilish uchun zarur. 
«Buxgalteriya hisobi» o‘zining ko‘p yillik tarixiga ega. Hisob kishilik 
jamiyatining barcha ijtimoiy – iqtisodiy bosqichlarida mavjud bo‘lgan. 
Lekin u o‘zining mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari, texnikasi, 
shakllari bilan turli bosqichlarda bir – biridan farq qilgan bo‘lib, o‘sha 
bosqichning ishlab chiqarish usuli bilan belgilangan va shu bosqichning 


11 
xususiyatidan kelib o‘sha bosqichga xizmat qilgan. Har bir taraqqiyot 
bosqichida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollari, 
mehnat buyumlarini va jarayonlarini hisobga olishda hisob – kitobdan 
foydalanilgan. 
Tovar ayirboshlash davrida hisobga bo‘lgan talab yanada kuchaydi. 
Chunki tovar almashtirishda umumiy ekvivalent bo‘lishini talab qilardi. 
Bu jarayonda har bir ishlab chiqarilgan tovarga sarflangan ijtimoiy zaruriy 
mehnat miqdorini bilish talab qilinardi. Bu vazifani faqat hisob – kitob 
qilish yo‘li bajarilardi. Shu tariqa jamiyat taraqqiyotida hisobning roli 
oshib, uning vazifalari kengayib takomillashib borgan. Jamiyatda hisob 
asosan qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi. 
- xo‘jalik yurituvchi subektlarning xo‘jalik faoliyatida ro‘y berayotgan 
jarayonlarni kuzatib borish; 
- kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatkichlarda 
ifodalash; 
- xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus 
hujjatlarda qayd qilish; 
- maxsus 
hujjatlarda 
qayd 
qilingan 
xo‘jalik operatsiyalarini 
umumlashtirish va guruhlash; 
- xo‘jalik yurituvchi subektlarning xo‘jalik jarayoni va operatsiyalari 
ustidan nazorat olib borish va unga ta’sir etish. 
Ushbu hisob funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subektlar va butun xalq 
xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va istiqbol rejalarini 
tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xullas, hisob kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini 
miqdoriy aks ettirish va unga sifat jihatdan tavsifnoma berishdan iboratdir. 
Endi hisobni kelib chiqish tarixiga nazar tashlasak, uning o‘ziga xos 
tarixiy manbalari mavjud. Quyida ushbu manbalarni keltiramiz. Qadimda 
15 – asr(1445-1517y.)da Italiyada Pacholilar oilasi yashagan. Otasi vino 
tayyorlash bilan shug‘ullangan. Qo‘shnilarning uzumlarini sotib olib, 
ulardan vino tayyorlab dubdan yasalgan bochkalarda saqlar edi. Ularning 
oilasi katta va ahil edi. Oilada 6 farzand bo‘lib, uchinchi o‘g‘li Luka juda 
ziyrak, o‘qishni hohlardi. Shuning uchun uni monaxlarga o‘qishga 
berishdi. Chunki o‘sha vaqtlarda maktablar faqat monastrlarda edi. Luka 


12 
ulg‘ayib, o‘z davrining mashhur matematigi bo‘lib yetishdi. Hozirgacha 
uning traktatlari tanilgan «Sonlar yordamida geometrik figuralarni 
hisoblab chiqarish» va boshqalar. Ana shundan buxgalteriya boshlandi: bir 
kun Luka otasining oldiga kelganda uning ahvoli juda tang ekanligini 
ko‘rdi. Otasi kimga qancha pul, vino berishi kerakligini bilolmay turgan 
edi (sotib olgan uzum va sotgan vinolari uchun). Ba’zilariga esa vinosi 
tayyor bo‘lganda pul o‘rniga vino bilan qarzini uzmoqchi edi. O‘g‘li Luka 
matematik bo‘lgani uchun otasining bu hisob – kitobini yechishga yordam 
berishi uchun qo‘yidagi sistemani tuzdi. 
Avval Luka bir nechta alohida barglarni tayyorladi, ularni 
«Bochkalar», «Uzum», «Tayyor vino», «Yetilmagan vino» deb atadi. 
Keyin u otasidan nimalar sotib olganini va otasidan qo‘shnilari nima sotib 
olishlari kerakligini eslashi lozimligini aytdi. Barcha pulni u tartib bilan 
kerakli barglarga joyladi - nihoyat u barglarga strelkalar qo‘yib, bular 
qaysi nom bilan yo‘naltirilganligini yozib qo‘ydi. Shunday qilib birinchi 
buxgalteriya o‘tkazmasi tuzildi. Otasi darhol o‘z kreditorlari va debitorlari 
bilan kelishib oldi. (Kimga qancha berishi kerak, yoki unga qancha 
berishlari kerakligini aniqlandi). Luka esa hisob – kitobni yangi uslublari 
bilan shug‘ullanishga ahd qildi. Shaharga qaytgach u puldor kishilar, ya’ni 
bankirlar hisob ishlarini qanday olib borishlari bilan qiziqdi. Ularda 
bergan ssuda va ularni qaytarish muddatlari ko‘rsatilgan alohida 
kitoblarning borligini bildi. Lekin ssudani bir kishidan ikkinchisiga berish 
yoki muddatini uzaytirish hisoblarida ular qiyinchiliklarga duch 
kelishayotgan edi. Bankirlarning iltimosiga ko‘ra Luka Pacholi tekis 
xatosiz hisob tizimini ishlab chiqdi. Uning 1494 yilda chop etilgan 
«Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risida traktat» nomli asari birinchi marta 
buxgalteriya hisobini fan sifatida o‘qitilishiga asos bo‘lgan. Ushbu asarda 
birinchi marta buxgalteriya schyotlari, ularga ikki yoqlama yozish 
tushunchalari kiritildi, ularning mohiyati ochib berildi, bu yozuvni amalga 
oshirishda to‘rtta omil, ya’ni subekt, obekt, vaqt, joy hisobda ko‘rinib 
turilishlik zaruriyatlari isbotlangan. 
Luka Pacholidan keyingi olti asr maboynida buxgalteriya hisobida 
juda ko‘p yangi postulatlar va tartiblar, chunonchi De Lya Porta postulati 
(XVII asr), J. Savari postulati (XVII asr), J.Dzappa postulati (XIX asr), 


13 
J.Cherboni postulati ( XIX asr), I. F. Sher postulati (XX asr), 
E.Shmalenbax postulati ( XX asr), shuningdek P.Gerstner tartibi (XIX asr 
oxiri va XX asr boshi), V. Riger tartibi ( XX asr), CH. Garrison tartibi 
(XX asr) va boshqalar vujudga keldi. Ushbu va boshqa postulat hamda 
tartiblarga asoslangan buxgalteriya hisobi asta-sekinlik bilan oddiy kishilik 
faoliyatidan maxsus iqtisodiy fan darajasiga yetdi. 
Bu tizim buxgalteriya hisobining asosi bo‘lib qoldi. «Buxgalteriya» 
nomi ancha keyin, ya’ni 18–asrda kirib keldi. Bu so‘z nemis tilidan «bux» 
- kitob, «galter»-ushlash so‘zlaridan kelib chiqqan. Pacholining ikkinchi 
dunyoga mashhur bo‘lgan «Hisobot va yozuv haqidagi traktati» da 
ikkinchi o‘rinda «ikkilamchi yozuv» yoki ikki yoqlama yozuv haqida 
tushuncha berilgan. Hisob jarayoni dastlab juda sodda tashkil qilingan 
bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti bilan asta–sekin rivojlanib, takomillashib, 
amal qilish doirasi kengayib borgan. 
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi turli tarkibiy qismlarga ajratilgan 
holda maxsus fanlar sifatida barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
muassasalarida o‘qitiladi. Chunonchi, yaxlit buxgalteriya hisobini 
o‘rgatishga mo‘ljallangan maxsus fanlar bo‘lib «Buxgalteriya hisobi 
nazariyasi», «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Byudjet hisobi», 
«Banklarda buxgalteriya hisobi», «Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya 
hisobining xususiyatlari» kabi fanlar hisoblanadi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling