Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
Xo‘jalik hisobining turlari
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
1.2. Xo‘jalik hisobining turlari
Xo‘jalik faoliyati juda murakkab ko‘p qirralidir. Bunday sharoitda xo‘jalik yurituvchi subektlarda va butun xalq xo‘jaligida ro‘y beradigan turlicha xo‘jalik faoliyatlari va muomalalarini qamrab oladigan, xalq xo‘jaligiga rahbarlik va uni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlay oladigan hisobning yagona tizimi talab qilinadi. Hisobning bu tizimiga operativ texnika hisobi, buxgalteriya hisobi va statistik hisoblar kiradi. Bu uchala hisob turi birgalikda xalq xo‘jaligi hisobi deb ataladi. Bu uchta hisobning har biri o‘z aniq obekti, vazifalari va xususiyatlariga ega. Operativ (operativ – texnika yoki tezkor hisob) hisob ma’lum xo‘jalik jarayoni va operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni ular yuz bergan joyning o‘zida kechiktirmay tezda yetkazib berish, joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishda bu hisob yordamida reja ko‘rsatkichlari haqiqatda erishilgan ko‘rsatkichlar bilan son va sifat jihatdan solishtiriladi. Operativ(tezkor) hisobning xususiyatlaridan biri shundaki, uning yordamida xo‘jalikning hamma tomoni emas, balki ba’zi bir ko‘rsatkichlarigina nazorat qilib boriladi. Ikkinchi xususiyati esa – bu hisob ma’lumotlari xo‘jalik faoliyati va operatsiyalarini kuzatish natijasida olinadi. Ularni maxsus hujjatlarda qayd qilish shart emas. Ular og‘zaki, telefon, faks yoki telegraf orqali berilishi ham mumkin. Operativ hisob yordamida mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, mehnatga haq to‘lash fondining kundalik sarfi, mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi, ishchi va xizmatchilarning ishga o‘z vaqtida kelishlari to‘lov muddatlari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi va boshqa shu kabi ma’lumotlar olinadi. Xo‘jalikda, asosan operativ rejalashtirish va operativ rahbarlik qilishda operativ(tezkor) hisobdan foydalaniladi. 19 Statistik hisob–ommaviy ijtimoiy xodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidir. Statistika ijtimoiy hayotda ro‘y beradigan ommaviy va ayrim tipik hodisalarni miqdor va sifat jihatidan aks ettiradi. U faqat xo‘jalik jarayonlarinigina emas, balki jamiyat hayotidagi madaniy va siyosiy hodisalarni o‘rganish, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ham o‘z ichiga oladi. Statistik hisob tegishli usullardan, masalan, statistik kuzatish, statistik yig‘ish, statistik guruhlash, o‘rta miqdorni olish va boshqalardan foydalanib, jamiyat xo‘jalik faoliyati rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlaydi. Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va jamiyat hayotidagi siyosiy va madaniy jarayon rivojlanishining miqdoriy ko‘rsatkichlarini beradi. Shuning uchun ham xalq xo‘jalik hisobi tizimi statistik hisob talablariga mos holda umumiy metodologiya asosida yuritiladi. Statistikada buxgalteriya va operativ–texnika hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. Statistik hisobning asosiy manbai hisobot ma’lumotlari hisoblanadi. Statistika hisobotining maxsus shakllarida mehnat hajmi (miqdori) va sifati, ishlab chiqarishda sarflangan mehnat va uning unumdorligi, ish haqi, subektlarda ishlovchi xodimlarning soni, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi va shu kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. Statistik hisobning boshqa turlari kabi xalq xo‘jaligi hisobi tizimida muhim o‘rin tutadi. Undan hisobning boshqa turlari singari xalq xo‘jaligi rejalarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot olish, rejani tuzish, ichki zaxiralarni aniqlab ularni ishlab chiqarishga joriy etishda keng foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi –bu xo‘jalikda bo‘lib o‘tadigan hodisa, voqea, jarayonlar va xo‘jalik muomalalarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olib borish tizimidir. Buxgalteriya hisobi – bu kundalik va umumiy ma’lumotlar olish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subektlarning xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya hisobining xalq xo‘jaligidagi muhim ahamiyatini e’tirof etgan holda uning qo‘yidagi xususiyatlarini ta’kidlash mumkin. Buxgal- 20 teriya hisobi, birinchidan, xo‘jalik yurituvchi subekt mablag‘larining joylashuvi va ularning tashkil topish manbalarining o‘zgarishlariga sabab bo‘luvchi barcha xo‘jalik jarayoni va muomalalarini yoppasiga qayd qiladi; ikkinchidan, bu jarayon va o‘zgarishlar ikki yoqlama yozish usuli bilan muntazam, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda qayd qilinadi; uchinchidan, yozuv faqat hujjatlargagina asoslanadi; to‘rtinchidan, hamma xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida pul ifodasida aks ettiriladi. Operativ, buxgalteriya va statistika hisoblari birgalikda xalq xo‘jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo‘jalik yurituvchi subekt to‘g‘risida moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash (1), qayta ishlash (2) va korxonaning moliyaviy holatiga qiziquvchilarga yetkazib berishni (3) amalga oshiradigan tizimdir. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning quyidagi ikki asosiy guruhi mavjud: - Tashqi foydalanuvchilar; - Ichki foydalanuvchilar. Ichki foydalanuvchilari, ya’ni korxonaning boshqaruv xodimlari ishlab chiqarish va moliyaviy xarakterdagi turli qarorlarni qabul qiladi. Hisobot asosida subektning keyingi yilgi moliyaviy rejasi tuziladi, mahsulot sotishni ko‘paytirish yoki kamaytirish, sotiladigan tovarlar narxlari, korxona resurslarini investitsiya qilish yo‘nalishlari kreditlarni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi kabi qarorlar qabul qilinadi. Moliyaviy va boshqaruv hisobi moliyaviy ma’lumotlaridan foydalanuvchilar turli guruhining mavjudligi, buxgalteriya hisobining yagona tizim sifatida ikki bo‘linishga olib keldi: 1. Moliyaviy hisob; 2. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob – Korxona faoliyati to‘g‘risida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun umumlashgan holda ma’lumot beradigan hisob turi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling