Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


BLANKA (fr. Blanc-varaqalar)


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

BLANKA (fr. Blanc-varaqalar) - zaruriy belgilari mavjud bo‘lgan 
bosma ko‘rinishidagi hujjat shakli. Blankalardan buxgalteriya hujjatlarini 
to‘ldirishda foydalaniladi. Bunda bosma ko‘rinishidagi namunada yoki 
qo‘l yozuvida hujjatlar to‘ldiriladi. Blankalardan foydalanish hujjatlarni 
to‘ldirishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, ularni yagona ko‘rinishiga olib 
keladi. Ma’lum bir blankalar isrof qilinishining oldini olish maqsadida 
qat’iy hisobga olinadi va har biriga tartib raqamlari qo‘yib chiqiladi. 
Masalan, kassa kitobi, bosh kitob shunday blankalardan hisoblanadi. 
BUYURTMA NUQTASI – TMZ keyingi guruhiga buyurtma berishni 
aniqlashga yordam beradigan ombordagi mavjud va buyurtma berilgan 
TMZ summasining past nuqtasi. 
BUDJET – rejaning miqdorda aks ettirilishi, uning bajarilishi ustidan 
nazorat qilish vositasi va tartibga solish usuli. 
Bosh (general) budjet subektning hamma faoliyatini qamrab olgan 
moliyaviy xujjat. 
BOSHQARUV BOSQICHI–tegishli vaqt oralig’ida boshqaruv 
faoliyatini amalga oshirish uchun bajarilayotgan tadbirlarning majmuasi. 
BUDJET (SMETA)–amaliyotda tegishli davr ichida olinadigan 
daromad va sarflanadigan xarajatlarning rejalashtiriladigan miqdorini ko’r- 
satadigan va ushbu maqsadlarga erishish uchun jalb qilinadigan kapital- 
ning miqdorini belgilaydigan, ma’lum davr uchun tayyorlangan va qabul 
qilingan pul ko’rinishidagi miqdor rejadir. Javobgarlik markazlarining 
ushbu rejalarni bajarishini baholashda asos bo’lib xizmat qiladi. 
BUDJETLASHTIRISH – subekt va uning bo’linmalarining faoliya- 
tini boshqarish usuli. 
BUXGALTER- buxgalteriya hisobi bo‘yicha mutaxassis, 
«buxgalter» so‘zi birinchi marta XV asrda paydo bo‘lgan. Buxgalter 
mutaxassisligiga birinchi marta «Insbrug» hisob palatasi ish yurituvchisi 
Kristofor Shtexer ega bo‘lgan. Umuman, buxgalter ma’lum bir huquq va 
majburiyatlarga ega bo‘lgan xodim hisoblanadi. Buxgalter aniq bir ish va 
ma’lum xo‘jalik faoliyatining hisobi va nazoratini olib boradi. Lavozimi va 
bajarayotgan ishiga ko‘ra, buxgalter katta va bosh buxgalter bo‘lishi 


533 
mumkin. Katta buxgalter buxgalteriyaning bir bo‘limini boshqarsa, bosh 
buxgalter xo‘jalik yurituvchi subektning buxgal-teriyasi faoliyatini 
boshqaradi. 
BUXGALTERIYA - buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va olib 
boruvchi apparat. Buxgalteriya mustaqil bo‘lim bo‘lib, korxonaning 
boshqa bo‘limlari tarkibiga kirmaydi. Buxgalteriyani bosh buxgalter, agar 
bosh buxgalter lavozimi belgilanmagan bo‘lsa, katta buxgalter boshqaradi. 
Buxgalteriya bo‘limi buxgalteriya hisobini tashkil etishi va olib 
borishi lozim, xo‘jalik jarayonlarining qonuniyligi va maqsadliligini 
nazorat qilish, hisobot tuzish, moliyaviy qonunlarga bo‘ysunishini 
ta’minlashi va boshqa vazifalarni bajarishi lozim. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling