Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

BUXGALTERIYA HISOBI - xo‘jalik hisobining hisob turlaridan 
biridir. Buxgalteriya korxona, tashkilot, muassasa va birlashmalar xo‘jalik 
faoliyatini to‘liq, hamma jarayonlarini uzluksiz hujjatlashtirish va nazorat 
qilishdir. Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot, muassasa, vazirlik va 
boshqarmalarning faoliyat ko‘rsatish vaqtidan tugatilish vaqtigacha 
bo‘lgan faoliyatini hujjatlarda aks ettirib boradi. Buxgalteriya hisobi 
yozuvlari har tomondan tekshirilgan hujjatlar asosida olib boriladi, bu 
buxgalteriya hisobining nazorat ahamiyatini, ma’lumotlar to‘g‘riligini, 
hisob ko‘rsatkichlari aniqligini ta’minlaydi. 
Buxgalteriya hisobi –bu xo‘jalikda bo‘lib o‘tadigan hodisa, voqea, 
jarayonlar va xo‘jalik muomalalarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olib 
borish tizimidir 
“Buxgalteriya” nomi 18 – asrda kirib keldi. Bu so‘z nemis tilidan 
«bux» - kitob, «galter»-ushlash so‘zlaridan kelib chiqqan. 
BUXGALTERIYA BALANSI negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu 
so‘z lotincha «bis», ya’ni «ikkita» va «lanx», ya’ni «tarozi pallasi» 
so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zaro tenglik, bir xillik ramzi hisoblanadi. 
Kirish yoki ta’sis balansi deganda korxonaning davlat ro‘yxatidan 
o‘tgan sanasiga, ya’ni ta’sis etilgan kuniga tuzilgan balansi tushuniladi. 
Odatda ushbu sanaga tuzilgan balansning aktivida faqat ta’sischilarning 
yangi tashkil etilgan korxona oldidagi qarzi, balansning passivida esa 
e’lon qilingan ustav kapitalining miqdori ko‘rsatiladi. 


534 
Boshlang‘ich balans deganda hisobot davri boshiga, hisobot balansi 
deganda esa hisobot davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot 
balansi keyingi davr uchun boshlang‘ich balans bo‘lib hisoblanadi. 
Tugatish balansi – korxona tugatilishi sanasiga tuzilgan balans. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling