HISOB REGISTRLARI .
Hisob registrlari – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish,
guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar.
Kitoblar – bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun
mo‘ljallangan hisob varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va
tikilgan hisob registrlari.
Jurnal-orderlar – bu ma’lumotlarni schyotlarning krediti bo‘yicha
guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar.
Qaydnomalar –bu schyotlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib
borishga mo‘ljallangan registrlar.
Memorial-orderlar - bu ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida
schyotlarning ham debeti, ham krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd
etishga mo‘ljallangan registrlar.
Kartochkalar - bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun
mo‘ljallangan va alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki
karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum shaklda tayyorlangan
registrlar.
Mashinogrammalar - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli
algoritmlar va dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob,
shuningdek moliyaviy hisobot registrlari.
HISOB SHAKLI – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish,
guruhlash va yig‘ishda qo‘llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli - bu buxgalteriya
hisobi ma’lumotlarini memorial-orderlar asosida qayd etish, guruhlash va
yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli - bu buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarini jurnal-orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga
mo‘ljallangan shakli.
Buxgalteriya hisobining ixchamlashtirilgan shakli - bu buxgalteriya
hisobi ma’lumotlarini ixchamlashtirilgan registrlar asosida qayd etish,
guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.
541
Do'stlaringiz bilan baham: |