Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Umum ishlab chiqarish xarajatlari


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Umum ishlab chiqarish xarajatlari deganda barcha asosiy va 
yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga 
taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning 
xarajatlari tushuniladi. 
Bevosita xarajatlar deganda u yoki bu ishlab chiqarilgan mahsulot- 
ning tannarxiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar tushuniladi. 
Bilvosita xarajatlar deganda korxonaning butun ishlab chiqarish 
faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ,lekinda aniq bir bo‘linmaning (mahsulot- 
ning) tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib bo‘lmaydigan, shuning uchun 
ma’lum bir tartibga muvofiq bo‘linmalar (mahsulotlar) o‘rtasida 
taqsimlanadigan xarajatlar tushuniladi. 
O‘zgaruvchan xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va 
kamayishigaga ko‘ra sarfi miqdor jihatdan bevosita o‘zgarib turadigan 
xarajatlar. 


548 
Shartli o‘zgarmas xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining 
o‘zgarishiga qaramasdan summasi o‘zgarmaydigan, lekinda nisbiy 
darajasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xarajatlar. 
ISHLAB CHIQARISHGA SARFLANGAN XARAJATLARNI 
HISOBGA OLISH VA MAHSULOTNING TANNARXINI KALKU- 
LATSIYA QILISH USULI – ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning 
birligini tannarxini aniqlashni ta’minlaydigan sarflangan xarajatlarni 
hujjatlashtirish va aks ettirish usullarining yig’indisi. Xarajat obektlari 
boyicha – jarayonlar, ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni 
hisobga olishning to’liqligi boyicha – to’liq va to’liq bo’lmagan tannarxni 
kalkulatsiya qilish va tezkorligi boyicha – haqiqiy. 
ISHLAB CHIQARISH NORMASI - vaqt birligida tayyorlanishi 
lozim bo‘lgan mahsulot miqdorini donalar, tonnalar, metrlar va 
hokazolarda xarakterlaydi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling