Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

IKKI YOQLAMA YOZUV – bu xo‘jalik muomalalarini schyotlarda 
aks ettirish usulidir. Bunda yuqorida ta’rif qilinganidek, har bir xo‘jalik 
muomalasi bir vaqtda va bir xil summada, bir schyotning debet tomonida, 
ikkinchi schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Binobarin, ikki 
yoqlama yozuv deb, xo‘jalik muomalalari ta’sirida vujudga keladigan 
iqtisodiy xodisalarni schyotlar tizimi bilan o‘zaro alokador holda aks 
ettirish usuliga aytiladi. 
Debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyot hamda muomala summasining 
ko‘rsatilishi buxgalteriya o‘tkazmasi yoki buxgalteriya yozuvi deb 
ataladi. 
Xo‘jalik muomalalarini ikki yoqlama yozuv usulida yozish schyotlar- 
ning o‘zaro bog‘liqligiga olib keladi. Bu o‘zaro bog‘liqlik schyotlar 
aloqasi 
(korrespondensiyasi) 
deb 
ataladi. 
Bizning 
misolimizda 
korrespondensiyalanuvchi schyotlar kassa va hisob-kitob schyotlaridir. 


544 
Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy 
buxgalteriya o‘tkazmasi (buxgalteriya o‘tkazmasi) deb, bir schyotning 
debetlanib, boshqa schyotning kreditlanishiga aytiladi. Murakkab 
buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deganda bir nechta schyot 
debetlanib, bitta schyotning kreditlanishi tushuniladi. Bir vaqtning o‘zida 
bir nechta schyotning debetlanib va bir nechta schyotning kreditlanish 
hollari ro‘y bermaydi. 
Buxgalteriya hisobida muomalalar muntazam yozib boriladi. 
Muntazam(sistematik) 
yozish 
deb, 
muomalalarni 
iqtisodiy 
mazmuniga ko‘ra schyotlarda yozib borishga aytiladi. Xronologik yozuv 
maxsus jurnal yoki qaydnomalarda yuritiladi. 
IJARA (polyak. - arenda va lat. arrendare - qarzga foydalanishga 
berish) - Shartnoma asosida buyumlarning vaqtinchalik foydalanishga 
belgilangan ijara haqi to‘lovi asosida berilishi. 
Buyumni vaqtinchalik foydalanishga beruvchi tomon ijaraga 
beruvchi, qabul qilib oluvchi esa, ijarachi deb ataladi. Ijara munosabat- 
larida asosan asosiy vositalar ijaraga berilishi mumkin. Ijara joriy va uzoq 
muddatli moliyalangan bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya yozuvi ham shu 
ijaraning qaysi turda olib borilishiga qarab yuritiladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling