543
Ichki hujjatlar deb korxonaning o‘zida tuzilgan,
tashqi hujjatlar deb
esa korxonaga chetdan kelib tushgan hujjatlar tushuniladi. Masalan, tayyor
mahsulotni jo‘natishda tuzilgan schyot-faktura ichki,
materiallarni
ta’minotchilardan kelib tushganligini ko‘rsatuvchi schyot-faktura esa
tashqi hujjat hisoblanadi.
Tuzish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari qo‘lda va kompyuter-
larda tuzilgan hujjatlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlar
shakl va mazmuniga
ko‘ra unifikasiyalashtirish va standartlashtirish talablariga javob berishlari
kerak.
HUJJATLARNI UNIFIKASIYALASHTIRISH deganda
bir xil
mazmundagi operatsiyalarni
barcha korxonalarda
yagona shakl va
mazmundagi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi tushuniladi.
HUJJATLARNI STANDARTLASHTIRISH deganda bir xil
nomdagi hujjatlar uchun yagona razmer va shakllarni o‘rnatilishi
tushuniladi.
HUJJATLAR AYLANISHI deganda ularning tuzilishidan tortib, to
arxivga topshrilishigacha bo‘lgan
jarayonlar hamda
operatsiyalar
majmuasi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: