542
ifodalovchi, ham bu farmoyish asosida haqiqatda yuz bergan xo‘jalik
operatsiyasiga guvohlik beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, kassa
chiqim orderi bir vaqtning o‘zida pulni
berilishi uchun tuzilgan
rahbariyatning farmoyishini, shuningdek shu farmoyish asosida pulni
haqiqatda kimgadir berilganligi to‘g‘risida
guvohlik beruvchi hujjat
hisoblanadi. Pul cheki ham xuddi shunday hujjat hisoblanadi.
Buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi hujjatlar deganda
bevosita yuz bergan xo‘jalik operatsiyasini aks ettirmaydigan, lekinda u
yoki bu ko‘rsatkichni, qarzni topish uchun buxgalter
tomonidan tuzilgan
hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga misol qilib soliqlar hisob-
kitoblarini, majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini, amortizatsiyani aniqlash
hisob-kitoblarini keltirish mumkin.
Tuzish tartibiga ko‘ra buxgalteriya hisobida ishlatiladigan hujjatlar
boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi.
Boshlang‘ich hujjatlar deb xo‘jalik operatsiyasi sodir bo‘lgan vaqtda
tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Barcha
guvohlik beruvchi hujjatlar
boshlang‘ich hujjatlar hisoblanadi.
Yig‘ma hujjatlar deganda boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilgan va
ularning ma’lumotlarini ma’lum davr uchun
jamlab beradigan hujjatlar
tushuniladi. Bunday hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari,
tovar-pul hisobotlari, bank ko‘chirmalari va boshqalar kiradi.
Aks ettirish usullariga ko‘ra buxgalteriya
hujjatlari bir marotaba yuz
bergan va ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiradigan
hujjatlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: