Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

DEPOZIT FOIZI - tijorat bankining mijoz jamgarmasidan 
foydalanganlik uchun to’laydigan foizi. 
DEPOZIT SERTIFIKATI - ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini 
bankka qo‘ygan shaxslarga bu haqda tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz 
bo‘lib, uning egasi daromad manbai hisoblanadi. D.s. boshqa shaxslarga 
beriladigan va berilmaydigan bo‘lishi mumkin. 
DILER (dallol) - fond birjasining a’zosi (alohida shaxs, firma) va 
banklar. Diler qimmatbaho qog‘oz, valyuta, qimmatbaho metallar savdosi 
bilan shug‘ullanib, o‘z nomi va o‘z hisobidan harakat qiladi. Dilerlar 
o‘zaro, hamda brokerlar va bevosita mijozlar bilan (mijozlar bilan London 
fond birjasi dilerlari - djobberlar) kelishuvni amalga oshiradilar. D. foydasi 
xaridor va sotuvchi kurslarining farqi hisobiga, shuningdek, qimmatbaho 
qog‘ozlar, valyuta kurslari o‘zgarishi hisobiga vujudga keladi. Ko‘pgina 
fond birjalarining dilerlari brokerlik jarayonlarini amalga oshiradi. 
DIREKT - KOSTING (Direct–Costing-System) – bevosita xarajat- 
larni ishlab chiqargan mahsulot yoki buyumlar boyicha umumlashtiradigan 
boshqaruv hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to’liq bo’lmagan 
tannarxini kalkulatsiya qilish usuli bo’lib ushbu usulni qo’llaganda 
mahsulotning tannarxiga faqat o’zgaruvchan xarajatlar qo’shiladi. Natijada 
bilvosita 
xarajatlar 
esa 
hisobot 
davrining 
moliyaviy 
natijalari 
(xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi. 
DISKONT - 1) vasiqa hisobi; 2) hisob foizi - vasiqa hisobida banklar- 
ga to‘lanadigan foiz; 3) birja va valyuta ishlarida - tovar katiral bahosidan 
ustama (masalan, agar tovar sifati standartdan past bo‘lsa) valyuta. 
DISKONTLANGAN QIYMAT – joriy qiymat va diskontlash 
koeffitsiyentini qo’llash orqali aniqlangan pul mablag’larining kelgusidagi 
tushumining miqdorini hisoblash. 


539 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling