Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


DAVRIY XARAJATLAR (HISOBOT DAVRINING XARAJAT-


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

DAVRIY XARAJATLAR (HISOBOT DAVRINING XARAJAT- 
LARI) – mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish bilan bevosita 
bog’liq bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar asosan tijorat (sotish) va 
ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq xarajatlaridan 
tashkil topgan. 
DEBET (lat. debet - u majbur) - buxgalteriya hisobining bir qismi. 
Aktiv schyotlarning debetiga summalarning ko‘payishi yozilsa, passiv 
schyotlarda esa, summaning kamayishi yoziladi. Hisoblashish schyotlari- 
ning debetida esa, boshqa korxona va shaxslarning shu korxonaga qarzlari 
aks ettiriladi va debetorlik qarzlari deyiladi. Debet qoldiqlari esa, aktiv va 
aktiv-passiv schyotlarda bo‘ladi. 
DEBITORLAR (lat. debitor - qarzdor) - ushbu subektga qarzdor 
bo‘lgan boshqa korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar bo‘lib, ular 
debetorlik qarzlarini to‘lashlari lozim. 
Degressiv xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni 
xarajatlarning o’sish darajasi subektning ishbilarmonlik faolligining 
o’sishidan ortda qoladi. 
DEKLARATSIYA - (lotinchadan, ariza, e’lon) Deklaratsiyaning 
quyidagi turlari mavjud. Bojxona deklaratsiyasi, aloqa deklaratsiyasi, soliq 
deklaratsiyasi va h.k.o. 
-Bojxona deklaratsiyasi - boyliklar va tovarlarni chegaradan olib 
o‘tishda ularning nomi, miqdori, bahosi, o‘rov turi va boshqalarni aks 
ettirgan holdagi bojxonaga taqdim etiladigan ariza; 
-Aloqa deklaratsiyasi - xorijga jo‘natilayotgan pulli yoki qimmatli 
paketlarga ularning mazmuni va qiymati aks ettirilib biriktiriladigan aloqa 
hujjati; 
-Soliq deklaratsiyasi - shaxsning soliq to‘lash bilan bog‘liq 
daromadlari, mulki va boshqalari hajmi haqidagi arizasi. 
DEPONENT (lat. depono – yig‘aman) -korxona, tashkilot, muas- 
sasa yoki jismoniy shaxsning korxona, tashkilot, muassasada vaqtincha 
saqlayotgan mablag‘i.Deponent summasi ishchi va xizmatchilarni mehnat 
haqini o‘z vaqtida olinmagan summalaridir. Mehnat haqini to‘lash uchun 


538 
muddat asosan 3 kun qilib belgilanadi. Muddat tugagandan so‘ng, olinma- 
gan mehnat haqi summalari vedomostga yoki deponentlar kitobiga 
xodimning ismi, familiyasi, otasining ismi, qabul raqami, hisob-to‘lov 
qaydnomasi raqami va oy, hamda summa yoziladi va deponentlangan deb 
belgilab qo‘yiladi. O‘z vaqtida to‘lanmagan pullar korxonaning bankdagi 
hisob-kitobiga qaytariladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling