PUL EKVIVALENTLARI – bu pul mablag‘lariga o‘xshaydigan,
lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular kassa veksel (kassa
veksellari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga
qaytariladigan davlatning foizsiz majburiyatlaridir. To‘lash qiymati bilan
chiqarilish qiymati o‘rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo‘ladi.
PUL CHEKI korxonaning hisob-kitob hisobvarag‘idan chekda
ko‘rsatilgan naqd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan
farmoyishidan iborat.
PREFERENSIYA – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va
tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish
turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
QAYDNOMALAR –bu schyotlarning debeti bo‘yicha analitik
hisobni olib borishga mo‘ljallangan registrlar.
QAYISHQOQ
BUDJET
– xo’jalik yurituvchi subektning
faoliyatining bir necha darajasini ko’zlab tuzilgan budjet.
QAYTARILMAYDIGAN SARFLAR – ilgari qabul qilingan
qarorlarning natijasida sodir bo’lgan oldingi davr xarajatlari.
QAYTA TIKLANADIGAN ZAXIRALAR – to’liq ishlov berish
natijasida tiklanadigan xomashyo va materiallar.
QAYTARILMAYDIGAN XARAJATLAR – boshqaruv qarorlari
orqali ta’sir qilish mumkin bo’lmagan xarajatlar.
QOPLASHNING
ICHKI
KOEFFITSIYENTI
–
kapital
quyilmaning sof keltirgan qiymati nolga teng bo’lgan holatidagi foiz dara-
jasi (diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish va xatolar usulida aniqlanadi,
uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko’rinishida keltirilishi mumkin.
QO‘SHILGAN KAPITAL (QK) bu aksiyalarni sotish va nominal
qiymatlari o‘rtasidagi ijobiy farq, shuningdek chet el investorlarini ustav
kapitaliga kiritgan mablag‘lari bo‘yicha vujudga kelgan valyutalar
o‘rtasidagi ijobiy farqlar summasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |