Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

SAMARALI XARAJATLAR – tegishli mahsulotlarni ishlab 
chiqarish uchun sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish 
natijasida daromad (foyda) keltiradigan xarajatlar. 
SAMARASIZ XARAJATLAR – ishlab chiqarish xususiyatiga ega 
bo’lmagan ya’ni ularning ta’sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar. 
SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – xo’jalik 
yurituvchi subektning tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat 
yaratadigan konsepsiY. Bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani 
ishlab chiqishni taqozo qiladi. 
SEGMENTLAR BOYICHA HISOBOT – xo’jalik yurituvchi subekt 
faoliyatining ayrim segmentlari (sexlar, bo’limlar, ishlab chiqarish, sotish, 
ta’minot) boyicha hisobot. 
SMETA – subektning ma’muriyati tomonidan qabul qilingan 
qarorlarni bajarish yuzasidan tuzilgan moliyaviy reja. 
SOF FOYDA – soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan 
keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda
SOF TUSHUM - bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan 
korxonaning o‘zi ko‘rgan daromad bo‘lib, u o‘z ichiga sotilgan mahsulot 
(ish, xizmat)lar tannarxi hamda korxona yalpi foydasini oladi. 
SOTISH BAHOSI - talab va taklifdan kelib chiqqan holda sotuvchi 
va iste’molchi o‘rtasida kelishilgan baho. 
SOTISH TANNARXI – bu sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning 
ishlab chiqarish (bajarish, ko‘rsatish) xarajatlari majmuasi. 
SOTISHDAN OLINGAN YALPI FOYDA - sof tushum va sotish 
tannarxi o‘rtasidagi farq. 
SOTISH XARAJATLARI – bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotish 
uchun korxona tomonidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar, masalan 
reklama xarajatlari, sotish bo‘limi va omborxonalarini saqlash, ularda band 
xodimlar mehnat haqi va boshqa xarajatlar. Sotish xarajatlari sotish 
tannarxiga kiritilmaydigan korxonaning sotishdan olingan yalpi foydasi 
evaziga qoplanadigan xarajatlar bo‘lib hisoblanadi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling