Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
SUBSIDIYALAR – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish
maqsadida ma’lum bir shartlarga ko‘ra davlat tomonidan berilgan yordam va imtiyozlar summasi. SCHYOTLAR – bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyat- lari, daromad, xarajat, foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang‘ich va oxirgi), shuningdek ularning shu davrdagi harakati (ko‘payishi va kamayishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni pul ifodasida aks ettirish usuli. 559 Buxgalteriya schyotlari bu – xo‘jalik yurituvchi subektlar iqtisodiy resurslari holati va harakati haqidagi buxgalteriya ma’lumotlarini ro‘yxatga olish va saqlash usulidir. Har bir schyot ichki tomondan to‘rtta elementni o‘z ichiga oladi: Bosh qoldiq –bu schyot bo‘yicha hisobot davri boshidagi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni «bosh saldo» ham deb ataydilar. Debet oborot –bu schyotning debet tarafiga yozilgan summalarning yig‘indisi. Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga ko‘payganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi. Kredit oborot - bu schyotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig‘indisi. Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga ko‘payganligini bildiradi. Oxirgi qoldiq - bu schyot bo‘yicha hisobot davri oxiridgi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni «oxirgi saldo» ham deb ataydilar Schyotning debet yoki kredit tomonlariga yozilgan muomalalar summalarining jami schyot aylanmasi(aylanma) deb ataladi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling