558
sertifikasiya xarajatlari, komissiya to‘lovi, transport-tayyorlov
va boshqa
sotib olishda ketgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
SOTISH JARAYONI deganda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan
tayyor mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan
xizmatlarni
xaridorlarga sotish tushuniladi.
SOTISHNING SOF QIYMATI –bu ishlab chiqarish zaxirasining
tannarxidan kichik qiymati bo‘lib, faqatgina ularni keragidan ko‘p
miqdorda yig‘ilib qolganida bahoni pasaytirish hollarida vujudga keladi.
Bunday holda ishlab chiqarish zaxiralari
pasaytirilgan baholarda, ya’ni
sotishning sof qiymatida balansda aks ettiriladi.
STANDART KOST (STANDARD COSTS) – hamma xarajatlarni
qattiq meyorlashtirgan va mahsulotning standart (meyoriy) tannarxini
hisoblash imkoniyatini yaratadigan kalkulatsiya qilish tizimi.
Xarajatlar-
ning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni nazorat qilish, mas’uliyat va
xarajat markazlari, xarajat moddalari boyicha hisobga olish,
chetga
chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish hamda
nazoratni o’rnatish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda amaliyotda
qo’llanilayotgan meyoriy hisobga olish va tannarxni
kalkulatsiya qilish
usuliga o’xshaydi.
STORNO YOKI “QIZIL YOZUV” USULI. Ushbu usul registrlarda
summa ortig‘i bilan ko‘rsatilganda va ular jami ma’lumotlardan joy
olganda qo‘llaniladi. Bu xatoliklar keyingi hisobot davrlarida to‘g‘rilanadi.
Buning uchun summasi berilgan yozuv (o‘tkazma) qaytariladi, faqat farq
summa qizil yozuv bilan yoki minus ishorasi bilan ko‘rsatiladi.
Qizil
yozuv umumiy summadan ayirishni bildiradi. Tuzatish maxsus
ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: