XARAJATLAR - hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud
majburiyatlarning ko‘payishidir.
XARAJATNING BAHOSI – ishlab chiqarilgan mahsulotning
tannarxiga asoslangan baho. Ushbu baho rentabellik bo’sag’asini o’rnatish
uchun qo’llaniladi.
XARAJATLARNI BAHOLASH USULI – xarajatlarning tarkibi
“har xil maqsadlar uchun har xil tannarx“ shartida aniqlash usuli. Ya’ni,
muqobil xarajatlar, meyoriy xarajatlar va qisman xarajatlarning hajmiga
asosan hisoblangan to’liq tannarx.
XUSUSIY SARMOYA - subektning majburiyatlarni chegirib
tashlagandan keyingi aktivlaridir.
«XO‘JALIK HISOBI» - bu iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida yuz
bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularni natijalarini miqdoriy va
sifat jihatdan xarakterlovchi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va
uzatish tizimidir.
XO‘JALIK FAOLIYATI deganda u tomonidan foyda olish
maqsadida olib borilayotgan hamda mazmunan alohida nomlardagi
faoliyat turlarini tashkil qiluvchi xo‘jalik jarayonlari va operatsiyalari
(muomalalari) majmuasi tushuniladi.
XO‘JALIK FAOLIYATINING NATIJALARI bo‘lib ular olgan
foyda yoki ko‘rgan zararlari hisoblanadi.
XO‘JALIK JARAYONI deganda korxonada yuz bergan va
berayotgan ma’lum muomalalar yig‘indisi tushuniladi.
XO‘JALIK OPERATSIYASI (MUOMALASI) deganda korxonada
yuz bergan va berayotgan aniq xarakatlar, ishlar tushuniladi.
VALUTA KURSI - bir valutani ikkinchisiga almashtirishdagi nisbat.
Rivojlangan davlatlardagi valuta kurslari dollarga nisbatan shu davlatlar
hukumati tomonidan belgilanmay, balki xalqaro valuta bozoridagi talab va
taklifdan kelib chiqib stixiyali ravishda vujudga keladi.
VASIQA DISKONTI - vasiqa hisobi - ularning muddati tugagunga
qadar vasiqalarning bank tomonidan sotib olinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |