568
ZARARSIZLIKNING TAHLILI – subekt faoliyatining zararsizlik
nuqtasini aniqlashga yordam beruvchi qisqa
muddat ichida olinadigan
daromad, xarajatlar va foydalarning o’zaro qaramligiga asoslangan tahlil.
ZAHIRALAR - kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin
bo‘lgan xususiy sarmoyaning bir qismidir;
ZAXRALARNI ASRASH UCHUN SARFLANGAN XARAJAT-
LAR – tovar moddiy zaxiralarni sotib olish va ularni saqlash bilan bog’liq
xarajatlar.
ZAXIRALARNI BAHOLASH – tugallanmagan ishlab chiqarish,
ombordagi tayyor mahsulot va TMZ tannarxini hisoblash.
ZAXIRALARGA BO’LGAN XARAJATLAR – tovar
moddiy
zaxiralarni so-tib olish, saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog’liq
xarajat, sarf va zararlarning yig’indisi.
ZAXIRA SIG’IMISIZ XARAJATLAR – tijorat, sotish va ma’muriy
boshqaruv xarajatlari. Ushbu xarajatlar TMZ bevosita ta’sir qilmaydi va
ishlab chiqarish tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi ya’ni
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shilmaydi.
CHEGARAVIY
(O’LIK) NUQTA – subektning
sarflagan
xarajatlarini mahsulotni sotgandan olgan daromadi hisobidan qoplash
uchun zarur bo’lgan sotish hajmi.
CHEGARADAGI
XARAJATLAR
(DAROMADLAR)
–
qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotning birligiga to’g’ri keladigan
qo’shimcha xarajatlar (daromadlar).