Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
QO‘SHIMCHA YOZUV (O‘TKAZMA) USULI
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
- Bu sahifa navigatsiya:
- RELEVANT XARAJATLAR
- REZERVLAR(R)
QO‘SHIMCHA YOZUV (O‘TKAZMA) USULI. Ushbu usul
registrlarda summa kamqilib ko‘rsatilganda va ular jami ma’lumotlardan joy olganda qo‘llaniladi. Bu xatoliklar keyingi hisobot davrlarida to‘g‘ri- lanadi. Buning uchun summasi berilgan yozuv (o‘tkazma) qaytariladi, 556 faqat farq summaga. Qo‘shimcha yozuv umumiy summa ustiga qo‘shiladi. Tuzatish maxsus ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. REFAKSIYA - shartnomada kelishilgan, andoza yoki texnik sharoit shartlarida belgilanganidan past bo’lgan tovarlarning ulgurji bahosi yoki tovar og’irligiga nisbatan chegirma; ko’p miqdorda yuk mavjud bo’lgan maxsus kelishuvda yuk jo’natuvchiga beriladigan tarifdan chegirma hisoblanadi. RELEVANT XARAJATLAR – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda e’tiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan bog’liq kelgusidagi xarajatlar. RENTABELLIK - ishlab chiqarish samaradorligining ko’rsatkichi bo’lib, foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablaglarining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlash. REZERVLAR(R) Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar uchun oldindan hosil qilingan rezervlar, masalan kapital ta’mirlash, mehnat ta’tilini hisoblash uchun rezervlar. REZERV KAPITALI (RK) bu korxonaning sof foydasidan tashkil etilgan rezerv kapitali, mulkni qayta baholashdan olingan qo‘shimcha qiymat va bepul kelib tushgan mulklar qiymatining majmuasi. ROYALTI - bu intellektual mulklardan kelgan daromadlardir. Intellektual mulklarga yangilik yaratilganligi to‘g‘risidagi patent, litsenziya, tovar belgisi va boshqalar kiradi. Royalti – quyidagilar uchun har qanday turdagi to‘lovlar: fan, adabiyot va san’at asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, audiovizual asarlardan hamda turdosh huquq- lar obektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik uchun; sanoat mulki obektiga, tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki jarayonga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi patentdan (guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling