Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI-


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI-bu ular- 
ni sotib olishga yoki ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlar 
majmuasi. 
JURNAL-ORDERLAR – bu ma’lumotlarni schyotlarning krediti 
bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. 
JORIY AKTIVLARGa pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zaxiralari
debitor qarzlar va bir yil ichida yoki yanada qisqa muddat ichida pul 
mablag‘lariga aylantirish, sotish mumkin bo‘lgan boshqa aktivlar kiradi. 
KALKULATSIYA (lat. calculatio - hisoblash) - bajarilgan ish, 
tayyorlangan mahsulot, qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini 
aniqlash, xarajatlarini guruhlash usuli. 
KAMOMAD deganda, inventarizasiyadan o‘tkazilgan mulk va 
majburiyatlar haqiqiy holatining hisob ma’lumotlaridan kam chiqishi 
tushuniladi. 
KARTOCHKALAR - bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish 
uchun mo‘ljallangan va alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga 
yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum shaklda tayyorlangan 
registrlar


549 
KAPITALLASHTIRISH DARAJASI – aktivlardan foydalanish 
natijasida kutilayotgan hajmining aktivlar qiymatiga bog’liqlik darajasini 
o’rnatadigan koeffitsiyent. 
KASSIR - kassa pulni qabul qilish, saqlash va berish majburiyati 
yuklatilgan javobgar shaxs. Kassir yozma ravishda moddiy javobgarlik 
haqida majburiyatni o‘zining bo‘yniga oladi. Kassir o‘z ishi jarayonida 
kassa jarayon-lari haqidagi nizomga amal qilishi zarur. Pulni qabul qilish 
va berishda kassir korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan 
tasdiqlangan hujjatlarga asoslanadi. Kassadagi pul mablag‘lari hisobini 
kassir kassaning kitobida olib boradi. 
KASSA KITOBI - korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini 
yuritishiga muljallangan hisob registrlaridir. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling