Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


 “Balans” tushunchasi va uning iqtisodiy ahamiyati


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

2.1. “Balans” tushunchasi va uning iqtisodiy ahamiyati. 
Buxgalteriya balansining tuzilishi va mazmuni 
 
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblanadi, xo‘jalik yurituvchi subektning mulkiy va moliyaviy ahvoli 
haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor qiladi(15-sonli BHMS). 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar mablag‘lari doimo ishlab chiqarish 
jarayonida harakatda bo‘lib, davrlar bo‘yicha miqdor va qiymat jihatdan 
o‘zgarib boradi. Ularning xo‘jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va 
boshqarish uchun subekt qanday mablag‘larga ega, ularning tarkibi va 
qayerda joylashganligi hamda bu mablag‘lar qanday manbalardan tashkil 
topganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning kelib 
chiqish manbalaridagi o‘zgarishlarni bir– biriga solishtirib, ma’lum bir 
sanaga pul o‘lchovida umumlashtirib aks ettirish buxgalteriya balansi 
yordamida amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya balansida subektning xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
tashkil topish manbalari umumlashtirilib, odatda, kunning oxiriga 
(banklarda) yoki hisobot oyidan keyingi oyning birinchi kuniga pul 
o‘lchovida tuziladi. 
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo‘lib mulkga egalik 
qilish huquqini ifodalovchi matematik tenglikni hamma vaqt ta’minlab 
berish va saqlash hisoblanadi. 
Aktiv = Xususiy kapital+ Majburiyatlar 
 
Ushbu tenglikni ta’minlash uchun buxgalteriya hisobi odatda
ma’lum bir davrning boshida aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarning 
boshlang‘ich holatini bilishdan boshlanib, shu davrning oxirida ularning 
oxirgi holatini bilish bilan yakunlanadi. Bunday axborotlarni olish usuli 
bo‘lib buxgalteriya balansi hisoblanadi. 


32 
Buxgalteriya balansi negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling