Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
-rasm. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
14.3.1-rasm. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
396 Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga kо‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: - ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari; - ishlab chiqarishga tegishli bо‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; - asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar amortizasiyasi; - ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan boshqa xarajatlar. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bо‘ladi: Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar kо‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xо‘jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qо‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar. Ishlab chiqarish xarakteriga ega bо‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyor- lash bо‘yicha ayrim operasiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar о‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bо‘ladi. Kichik biznes korxonalari ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombor- dan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan xizmatlarga tegishli bо‘ladi. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xо‘jalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha transport ishlari. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam chiqishi. Xо‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq tо‘lash xarajatlari, 397 asosiy fondlar amortizasiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). "Moddiy xarajatlar" elementi bо‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, barter bitishuvlarida, qо‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan tо‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan, brokerlik xizmatlaridan bojlar va yig‘imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qо‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq tо‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq tо‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.10 Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: Kichik biznes korxonalarda qabul qilingan mehnatga haq tо‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan, xо‘jalik yurituvchi subyektni mukofotlash tо‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi tо‘lovlar. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bо‘lgan kompensasiya tusidagi tо‘lovlar, shu jumladan:Kо‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qо‘shib olib borganlik va xizmat kо‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar. Xо‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik- huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bо‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq tо‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xо‘jalik yurituvchi subyektning о‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi: Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bо‘yicha mehnatga haq tо‘lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar amortizasiyasi bо‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizasiya ajratmalari summasi (hisoblangan 398 eskirish), lizing bо‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizasiya ham shu jumlaga kiradi. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari) eskirishi har oyda xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bо‘ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bо‘lmagan nomoddiy aktivlar bо‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas. Zarurat bо‘lganda, ayrim tarmoqlarning xо‘jalik yurituvchi subyektlari О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish ishlarini о‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu zaxiraga ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi va kо‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zaxiraga ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta kо‘rib chiqiladi va zarurat bо‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori kо‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zaxira mablag‘lari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bо‘yicha tuzatish kiritilishi kerak; agar haqiqiy xarajatlar zaxiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi. Mahsulot (ishlar,xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi mahsulotni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash (ishlar bajarish, xizmatlar kо‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yokilgi, kuvvat, asosiy fondlar, mexnat resurslarining, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarning qiymat bahosini ifodalaydi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida aks etgiriladi. Buyumlarga ishlov berish murakkab texnologiyali ishlab chiqarishda har oyning oxirida 399 tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari aniqlanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish deb texnologik jarayonda nazarda tutilgan ishlov berish- ning barcha bosqichlaridan tо‘liq о‘tmagan mahsulotga, shuningdek tо‘p- lanmagan, sinovdan о‘tmagan, texnik nazorat bо‘limiga qabul qilinmagan buyumlarga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari inventarizasiya yordamida aniqlanadi yoki meyoriy (rejadagi) tannarx bо‘yicha aks etgiriladi va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoting debeti bо‘yicha qoldik, sifatida chiqarib olinadi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling