Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi
Download 4.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик МБХ 2021й
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni kompleks moddalari quyidagi xarajatlar elementlari bо‘yicha ajratiladi: 393 - Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat kо‘rsatish xarajatlari. - Ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari. - Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik kо‘rik va qarov, о‘rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, о‘rtacha, mukammal) tuzatishlarni xо‘jalik yurituvchi subyektning о‘z kuchi bilan о‘tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi tо‘lash xarajatlari va boshqalar) bо‘yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Zarurat bо‘lganda, ayrim tarmoqlarning xо‘jalik yurituvchi subyektlari О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish ishlarini о‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu zaxiraga ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi va kо‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zaxiraga ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta kо‘rib chiqiladi va zarurat bо‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori kо‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zaxira mablag‘lari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bо‘yicha tuzatish kiritilishi kerak; agar haqiqiy xarajatlar zaxiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi. - Yong‘indan saqlash va qо‘riqlashni hamda xо‘jalik yurituvchi subyektlarning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari. Idoradan tashqari qо‘riqlash xarajatlari bunday qо‘riqlash mavjud bо‘lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bо‘lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin. 394 - Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bо‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar. - Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslanti- rilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensasiya tо‘lovlari. - Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bо‘lgan va qo- nun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari. - Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bо‘lgan sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari. - Tekin kо‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xо‘jalik yurituvchi subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini tо‘lash xarajatlari (yoki uy- joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensasiyasi sum- masi). - Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim- bosh, maxsus ovqatlar) (yoki ular pasaytirilgan narxlar bо‘yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi); - Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bо‘lgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloqa uzellarini, signalizasiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat kо‘rsatish xarajatlari; - Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bо‘lgan xodimlarni tabiiy kо‘rikdan о‘tkazganlik uchun tibbiy muassasa- larga haq tо‘lash. - Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bо‘lgan xizmat safarlariga yuborish bо‘yicha xarajatlar. - Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari. - Brak tufayli kelib chiqadigan yо‘qotishlar. -Ishlab chiqarishning ichki sabablariga kо‘ra bekor turishlar tufayli yо‘qotishlar. 395 bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan ustama xarajatlar bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar - Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat kо‘rsatish xarajatlari. - Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikasiya qilish xarajatlari. - Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yо‘qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qaror- larisiz tо‘lanadigan nafaqalar. - Umumiy foydalaniladigan yо‘lovchilar transporti xizmat kо‘rsatmaydigan yо‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar. -Obyektlarni davlat kapital qо‘yilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlar. - Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida bо‘lmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda. - Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari bо‘yicha xaradatlar, agar ular kapital xarajatlarga tegishli bо‘lmasa (ya’ni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar "Kelgusi davrlar xarajatlari" sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulot- ning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xо‘jalik yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak. -Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari tо‘lash bilan bog‘liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling