Egey madaniyati. Gomer davri yunonistoni


Download 49.33 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi49.33 Kb.
#1413113
1   2   3   4   5
Bog'liq
EGEY MADANIYATI. GOMER DAVRI YUNONISTONI

Kurs ishining maqsadi: Egey madaniyati va Gomer davri Yunonistoni haqida ma’lumotlar berish.
Kurs ishining vazifalari:
- Egey madaniyati haqida ma’lumot berish;
- Gomer davrining kelib chiqishini o’rganish;
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.

I BOB. QADIMGI YUNONISTON MADANIYATI.
EGEY MADANIYATI

    1. Qadimgi Yunoniston madaniyati.

Qadimgi Yunoniston o`zining ko`p asrlik madaniyatiga ega. Miloddan avvalgi III–II mingyilliklardayoq Krit-Miken madaniyati ravnaq topgan edi. Ular o`zlarining chiziqli yozuvlariga ega bo`lganlar. Lekin bu yozuv keyinchalik unutilgan, Gomer davrida yunonlar finikiyaliklarning yozuvlari bilan tanishganlar. Shu asosda ular 24 harfdan iborat o`z yozuvlarini yaratganlar.


Yunonlar xat va yozuvni papirus o`simligi bargidan tayyorlangan varaqqa, sopol parchalarga va ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozganlar. Yunonlar xat yozishda metalldan tayyorlangan qalamcha – stilda yozganlar. Stilning bir uchi ingichka bo`lib u yozishga mo`ljallangan. Ikkinchi tomoni to`mtoq bo`lib, u o`chir-g`ich vazifasini o`tagan. Qadimgi yunonlar kitobni sevishgan va ularni ehtiyot qilib saqlaganlar. Shu tufayli bo`lsa kerak Yunonistondan juda ko`p faylasuf, olim, adiblar yetishib chiqqanlar.
Yunonlar o`qishga ishtiyoqmand bo`lib, erkin yunonlarning o`g`illari yetti yoshdan maktabga borganlar.
Dehqon va hunarmandlarning bolalari maktabni bitirib, ota-onalariga yordam berganlar. Badavlat va o`ziga to`q kishilarning bolalari 18 yoshgacha gimnaziyalarda o`qishni davom ettirganlar.
Yunon maktablarida bolalar chiroyli yozishga, aniq va ravon so`zlashga o`rgatilgan. O`qituvchilar bolalarga Gesiod, Gomer, Sofokl, Esxil, Aristofan kabi adiblarning asarlarini o`qitganlar.
Yunon bolalari Gomerning «Odisseya» va «Iliada» dostonlarini sevib o`qiganlar va yod olganlar.
Maktabda o`quvchilarga rasm chizish, raqs tushish, ashula aytish va lira chalish o`rgatilgan. Maktabda bolalarga har turli jismoniy va harbiy ta`lim ham berilgan. Maktabda intizom qattiq bo`lib, yalqov, dangasa, intizomsiz va so`zga kirmaydigan bolalar kaltakiangan. Qullar o`quv-yozuvdan mahrum edilar.
Yunonistonda qizlar uchun maktablar boimagan. Qizlar buvilari, onalari va opalari rahbarligida har xil hunar va ro`zg`or ishlariga o`rgatilgan.
Qadimgi yunon adabiyotining kelib chiqishi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Yunon adiblari ajoyib afsona, rivoyat, she`r, qo`shiq, doston, tragediya va komediyalar yaratishgan. Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og`zaki tarzda ijro etib avloddan-avlodga yetkazganlar.
«Gerakl», «Didalva Ikar», «Argonavtlar», «Iliada» va «Odisseya» kabi afsona, doston va rivoyatlar Yunon adabiyotining eng nodir asarlaridan hisoblanadi. Yunon adabiyotining eng mashhur namoyandalaridan biri Gomer bo`lib, u miloddan avvalgi VIII asrda, boshqa ma`lumotlarga qaraganda XII asrda yashagan ekan. Gomer «Iliada» va «Odisseya» dostonlarining muallifidir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshlaridan o`tkazgan sarguzashtlari hikoya qilingan. Yunon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Gesiod bo`lib, u miloddan avvalgi VIII asr oxiri – VII asr boshlarida yashagan. Uning «Mehnat va kunlar» poemasi yunon mehnatkashlariga mehr-muhabbat, tekinxo`r aslzodalarga nafrat ruhida yaratilgan. Gesiod o`z asarida mehnat ahlini ulug`lagan. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Yunonistonda Esxil, Sofokl, Evripid kabi mashhur shoir-dramaturglar ijod etganlar. Ularning har biri o`lmas qo`shiq, she`r va tragediyalar yozib qoldirganlar. Ularning eng mashhuri Esxil bo`lib, u miloddan avvalgi 525–456-yillarda yashagan. U 90 dan ortiq tragediya yozgan. U «Tragediya otasi» hisoblanadi. Uning eng mashhur tragediyalari «Zanjirband Prometey» va « Forslar» dir. «Zanjirband Prometey» asarida pahlavon Prometeyning xudo Zevs irodasiga qarshi borib, odamlarga qamish poyasida osmondan olov keltirib beradi. Rivoyatga ko`ra u odamlarga uy-joy qurishni, hayvonlarni qo`lga o`rgatishni, kema yasashni, «hisob ilmi» va xat-savodni o`rgatgan ekan. Bu ishlar Zevsni g`azablantirib Prometeyni tog` qoyasiga zanjirband qilishni buyuradi. Zevs temir tumshuqli qushga Prometeyning jigarini cho`qib yeyishni buyuradi. Prometey kelajakda kimlar Zevsni hokimiyatdan mahrum qilajagini biladi. Ammo u bu sirni Zevs yuborgan Germesga aytmaydi. Shunda Zevs Prometeyga shunday g`azab qiladiki, zanjirband Prometey qoya bilan yer qa`riga tushib ketadi.
Esxilning «Forslar» tragediyasi miloddan avvalgi 492–449-yillardagi Yunon-Eron urushlari voqeasiga bag`ishlangan. Yunonistonning yana bir shoir dramaturgi Sofokldir. U miloddan avvalgi 496–406-yillarda yashab ijod etgan tragik shoirdir. U 120 dan ortiq tragediyayozgan bo`lib, uning «Shoh Edip» va «Antigona» tragediyalari mashhurdir. Yunon adiblari komediya sohasida ham shuhrat qozonganlar. Yunon komediyasining yirik namoyanda-laridan biri Aristofan bo`lib, u miloddan avvalgi 480–388-yillarda yashab ijod etgan. U «Tinchlik», «Ayollarxalqyig`inida» va «Suvoriylar» kabi komik – kulgili pyesalar yaratgan. Yunoniston tarixini o`rganishda yunon adabiyotining hissasi beqiyos darajada kattadir.
Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo`yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar.
Qadimgi Yunon olimlari Misr, Bobil va Kichik Osiyo xalqla-rining bilimlaridan ko`p bahramand bo`lganlar.
Qadimgi Sharq fani yunon dunyosi ilm-fanining rivojiga barakali ta`sir ko`rsatdi.
Miloddan avvalgi VII–I asrlarda Yunoniston Gomer, Gesiod, Gerodod, Demokrit, Protagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun va Arastu (Aristotel) kabi ulug` siymolarni yetkazib berdi.
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda Kichik Osiyoning g`arbiy sohilidagi Milet shahri ilm-ma`rifat markaziga aylangan. Bu shaharda o`sha zamonning mashhur olimlari, tarixchilari to`plangan edi. Ularning biri miloddan avvalgi 490–424-yillarda Kichik Osiyodagi Balikarios shahrida yashab o`tgan Gerodotdir. U juda bilimli olim bo`lib, miloddan avvalgi 477–455-yillarda Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohillaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan. Gerodot «Yunoniston-Eron urushlari tarixi» va ko`p jildli «Tarix» kitobining muallifidir. Gerodot o`zi haqida: «Gerodot ellinlar va boshqa xalqlarning ulug` ishlari nom-nishonsiz qolib ketmasin deb bu ma`lumotlarni to`piadi va yozdi», deb qoldirgan. Tarixchining «Yunoniston-Eron urushlari tarixi» kitobida Yunoniston-Eron urushlari va bu urushda bevosita ishtirok etgan mamlakatlar tarixi haqida ham ma`lumot beradi. Gerodotning «Tarix» kitobida Yunoniston, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Bobil, Eron, Turon va boshqa xalqlar haqida ham kop ma`lumotlar bor. Gerodotni «tarix otasi» ham deydilar. Gerodotning zamondoshi Fukidid miloddan avvalgi 470–400-yillarda yashab ijod etgan. U Peloponnes urushi ishtirokchisi va u haqida asar yozgan tarixchilardandir. Mashhur yunon qomusiy olimlaridan biri Fraksiyaning Abder shahrida tug`ulib ijod etgan Demokritdir. Miloddan avvalgi 460–370-yillarda yashab ijod etgan Demokrit o`sha davrda mavjud bo`lgan hamma fanlar bilan shug`ullangan tengi yo`q olim edi. U tabiatda mavjud narsalarning hammasi zarracha – atomlardan tu-zilgan degan dohiyona fikrni ilgari surgan.
Yunon dunyosining ulug` donishmandlaridan biri, Kichik Osiyo sohiliga yaqin joydagi Kosda tug`ulgan mashhur tabib Gippokratdir. U miloddan avvalgi 460–375-yillar orasida yashab rjod etgan. Uning eng sevgan mashg`uloti tabiblik bo`lib, tabobat ilmining asoslarini otasi Geraklitdan o`rgangan. U tabobatning hamma sohalari bilan shug`ullanib, 70 dan ortiq ilmiy asar yozgan. U hozirgacha saqlanib kelayotgan shifokorlar qasamyodining muallifidir. Gippokrat musulmon dunyosida Buqrot nomi bilan mashhur bo`lib, miloddan avvalgi 375-yili 85 yoshida vafot etgan. Vatandoshimiz Ibn Sino o`zining tibbiy ijodida Gippokrat asarlaridan foydalangan.
Atoqli yunon faylasuf-donishmandlaridan biri Suqrot bo`lib u milodimizning 471-yili Afinada dunyoga kelgan. Rivoyat qilinishicha, u kitob yozmagan, maktablarda dars bermagan. U odam gavjum bo`lgan joylarda o`z shogirdlarini haqiqatni bilishga undagan. Suqrot haqiqatni bilish mumkin emas deb o`ylovchilarga qarama-qarshi, uni bahs-munozara orqali bilish mumkin deb hisoblagan. U odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratgan. U adolatga xilof bo`lgan davlatni boshqarishning hamma shakllarini ya`ni monarxiya, tiraniya, aristokratiya va domokratiyani tanqid qilgan. Uning bu fikrlari Afina quldorlik domokratiyasi namoyandalariga yoqmagan. U domokratiya tuzumining dushmani sifatida sudga berilgan. Sud uni o`lim jazosiga hukm qilgan. Sud hukmiga muvofiq u giyohdan tayyorlangan zahar ichib o`lgan.
Sharq dunyosida «muallimi avval» – «birinchi muallim» nomi bilan mashhur olimlardan biri Aristoteldir. Uni Arastu ham deyishadi. U miloddan avvalgi 384-yilda tug`ulib 322-yilda vafot etgan. U keng bilimli olim bo`lib, mashhur Iskandarning ustozi, juda ko`p asarlar yozgan. Uning «Siyosat», «Metodika» kabi asarlari mashhur. U o`sha davrdagi ilmiy bilimlarni alohida sohalaiga bo`lib chiqqan va ularning har birini botanika, fizika, tarix, siyosat kabi nomlar bilan atagan. U Yer shar shaklida bo`lib, butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi, deb hisoblagan. Aristotel o`zi va hamma davrlarning buyuk allomasi bo`lib qolgan.



    1. Download 49.33 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling