Takrorlash va nazorat uchun savollar:
Qanday hodisalar birgalikda bo‗lmagan, qaysilari esa birga-likda bo‗lgan hodisalar deb ataladi?
«A hodisa o‗zidan keyin V hodisani keltirib chiqaradi (er-gashtiradi)» degan ibora nimani bildiradi va u qanday belgi-lanadi?
Hodisalarning yig‗indisi deb nimaga aytiladi va u qanday belgilanadi?
Hodisalarning ko‗paytmasi deb nimaga aytiladi va u qanday belgilanadi?
Qarama-qarshi hodisa nima va u qanday belgilanadi?
Hodisalarning ayirmasi deb nimaga aytiladi va u qanday belgilanadi?
Qanday hodisalar bog‗liqmas, qaysilari esa bog‗liq hodisalar deb ataladi?
Shartli ehtimollik nima va uning formulasi qanday?
3-mavzu
Ehtimolliklarni qo‘shish va ko‘paytirish teoremalari. To‘la ehtimollik va Bayes formulalar
Reja:
Ehtimolliklarni qo‗shish teoremalari.
Ehtimolliklarni ko‗paytirish teoremalari.
To‗la ehtimollik formulasi.
Bayes formulasi.
A va V hodisalar birgalikda bo‗lmasin hamda ularning eh-timolliklari berilgan bo‗lsin. Yo A, yo V hodisaning ro‗y berishi, ya‘ni bu hodisalarning yig‗indisi A+V ning ehtimolligini qan-day topish mumkin? Bunga quyidagi teorema javob beradi.
3.1-teorema (birgalikda bo‘lmagan hodisalarning ehti-molliklarini qo‘shish). Ikkita birgalikda bo‘lmagan hodisa-lar yig‘indisining ehtimolligi bu hodisalar ehtimolliklari-ning yig‘indisiga teng:
P ( A B ) P ( A) P (B ) . (3.1) Isbot. Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
n — elementar hodisalarning umumiy soni; m1 — A hodisaning ro‗y berishiga qulaylik tug‗diruvchi ele-mentar hodisalar soni;
m 2 — V hodisaning ro‗y berishiga qulaylik tug‗diruvchi ele-mentar hodisalar soni.
Yo A, yo V hodisaning ro‗y berishiga qulaylik tug‗diruvchi ele-mentar hodisalar soni m 1 m 2 ga teng. Shuning uchun
m 1 m 2 m 1 m 2
P ( A B ) n n n
bo‗ladi.
m 1 m 2
P ( A ) va P ( B ) ekanligini e‘tiborga olib, n n
P ( A B ) P ( A) P (B )
ni olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |