Ehtimolning klassik, statistik va geometrik ta’riflari 1
partiyasida yaroqli buyumlar nisbiy chastotasi 0,9 ga teng. Agar jami
Download 401.57 Kb. Pdf ko'rish
|
11. Buyumlar partiyasida yaroqli buyumlar nisbiy chastotasi 0,9 ga teng. Agar jami
200 ta buyum tekshirilgan bo’lsa, yaroqli buyumlar sonini toping. 12. Bankka kelgan 40 ta mijozdan 30 tasi operatsiya bajardi. Mijozlarning operatsiya bajarish nisbiy chastotasini toping. 13. Bankdan kredit olgan mijozlarning qarzini muddatida qaytarish nisbiy chastotasi 0,6 ga teng. Agar 12 ta mijoz qarzni muddatida qaytarmagan bo’lsa, hammasi bo’lib nechta mijoz kredit olgan? 14. Sharga kub ichki chizilgan. Tavakkaliga sharga tashlangan nuqtaning kubga tushish ehtimolini toping. 15. R radiusli doiraga nuqta tashlanadi. Bu nuqta doiraga ichki chizilgan kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping. 16. R radiusli doiraga nuqta tavakkaliga tashlangan. Tashlangan nuqtaning doiraga ichki chizilgan muntazam uchburchak ichiga tushishi ehtimolini toping. 17. Tavakkaliga har biri 2 dan katta bo’lmagan ikkita x va y musbat son olinganda, bu sonlarning ko’paytmasi (x∙y) birdan katta bo’lmasligi, x bo’linmasi esa ikkidan katta bo’lmasligi ehtimolini toping. 18. Kvadratga doira ichki chizilgan. Kvadratga tavakkaliga tashlangan nuqtaning doira ichiga tushishi ehtimolini toping. 19. Ikkita x va y haqiqiy son 0 x 1; 0 y 1 tengsizliklarni qanoatlantiradigan qilib tavakkaliga tanlanadi. x 2 y shartning bajarilishi ehtimolini toping. 20. Parabola kvadratning pastki asosiga urinadi va uning yuqori uchlari orqali o’tadi. Kvadratga tavakkaliga tashlangan nuqtaning kvadratning yuqori tomoni va parabola bilan chegaralangan sohaga tushishi ehtimolini toping. 21. R radiusli doiraga muntaz am oltiburchak ichki chizilgan. Doira ichiga tavakkaliga tashlangan nuqtaning oltiburchak ichiga tushishi ehtimolini toping. 22. Uzunligi 12 sm bo’lgan AB kesmaga tavakkaliga C nuqta qo’yiladi. AC kesmaga qurilgan kvadrat yuzi 36 sm 2 va 81 sm 2 lar orasida bo’lishi ehtimolini toping. 23. Portning tayin bir joyiga ikki paroxod kelib to’xtashi kerak. Har ikkala paroxod bir-biriga bog’lik bo’lmagan holda sutkaning ixtiyoriy vaqtida teng imkoniyat bilan bir marotaba portga kiradi. Agar birinchi paroxodning to’xtash vaqti bir soat, ikkinchi paroxodning to’xtash vaqti ikki soat bo’lsa, u holda paroxodlarning biri-biriga joy bo’shatish vaqtida uchrashib qolishlari ehtimolini toping. Download 401.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling