Ehtimolning klassik, statistik va geometrik ta’riflari 1
Erkli sinovlar ketma-ketligi. Bernulli formulasi
Download 401.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Erkli sinovlar ketma-ketligi. Bernulli formulasi.
Eng ehtimolli son. 1. Savdo do’koniga kirgan 8 ta xaridordan har birining harid qilish ehtimoli 0,7 ga teng. Xaridorlardan beshtasining xarid qilish ehtimolini toping. 2. Biror mergan uchun bitta o’q uzishda nishonga tegizishi ehtimoli 0,8 ga teng va o’q uzish tartibiga bog’liq emas. 5 marta o’q uzilganda nishonga rosa 2 marta tegishi ehtimolini toping. 3. Tanga 10 marta tashlanganda gerbli tomon: a) 4 tadan 6 martagacha tushishi ehtimolini; b) hech bo’lmaganda bir marta tushishi ehtimolini toping. 4. Qaysi hodisaning ehtimoli katta? a) teng kuchli raqib bilan o’ynab, to’rtta partiyadan uchtasini yutib b) olishimi yoki sakkizta partiyadan beshtasini yutib olishimi? 5. to’rtta partiyaning kamida uchtasini yutib olishimi yoki sakkizta partiyaning kamida beshtasini yutib olishimi? 6. Qaysi birining ehtimoli kattaroq: tangani 4 marta tashlanganda “gerb” tomonining 2 marta tushishimi, yoki 8 marta tashlanganda “gerb” tomonining 4 marta tushishimi? 7. Ishlab chiqarilgan buyumlarning 5% i yaroqsiz, tavakkaliga tanlangan 5 ta buyumdan 2 tasining yaroqsiz bo’lishi ehtimoli nimaga teng? 8. Merganning o’qni nishonga tegizishi ehtimoli 0,25 ga teng. Mergan nishonga qarata 8 ta o’q uzadi. Quyidagi ehtimollarni toping: a) kamida 7 ta o’q nishonga tegadi; b) kamida 1 ta o’q nishonga tegadi. 9. Sex mahsulotining 5% i yaroqsiz. 5 ta mahsulot tanlanganda: a) 1 ta ham yaroqsiz mahsulot yo’q bo’lishi; b) 2 ta yaroqsiz mahsulot bo’lishi ehtimoli nimaga teng. 10. O’yin soqqasi 16 marta tashlanadi. 3 ga karrali ochkolarning eng ehtimolli sonini toping. Download 401.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling