Ehtiyoj faolligini yuzaga keltiruvchi turtki sifatida ehtiyojni o’rganish metodlari Ehtiyojlar turlari


Kishilarning ehtiyoji miqdoran o’sib boradi


Download 301 Kb.
bet4/5
Sana02.04.2023
Hajmi301 Kb.
#1319792
1   2   3   4   5

 Kishilarning ehtiyoji miqdoran o’sib boradi.

  •  Bu bir tomondan aholi sonining ko’payib borishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, iste’molni ortishi bilan bog’lik. Masalan, O’zbekistonda aholi soni 1990 yilga nisbatan hozirgi paytga kelib, 1,2 martaga ko’paydi. Agar individual ehtiyoj o’zgarmadi deganimizda ham jamiyat miqyosida ehtiyojlar 1,2 martaga ortgan. Lekin biz bilamiz odamlarni ehtiyojlari ortib boradi. Masalan, xar 100 oilaga to’g’ri keladigan engil avtomobillar soni 1,3 martaga ko’paydi. Demak avtomobilni ekspluatatsiyasi bilan bog’liq ehtiyojlarimiz ham shunchaga ko’paydi. 

Ehtiyojlar tarkibi o’zgarib, ko’payib boradi.

  • Ayrim ehtiyojlar yo’qolib, o’rniga yangisi keladi, lekin yo’qolib ketadigan ehtiyojlarga qaraganda yangi vujudga keladiganlari ko’p. Ishlab chiqarishning o’zi ehtiyojlarni o’sishiga, tarkibini o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, XX asrning 40-yillarida odamlar televizor nima ekanini bilishmagan. Hozirgi paytda har bir xonadonda televizor bor, Ayrimlarida esa 2-3 tadan. Ko’plab bunday misollarni keltirish mumkin. Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko’payib sifat jihatdan o’zgarib boradi. Mutloqo yangi extiyojlar vujudga keladi, eskilari o’zgaradi. 

Birinchidan,

  • ishlab chiqarish orqali turli ne’matlar va shu ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga imkon yaratiladi. Ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojni qondirilishi o’z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joy kerak, yonilg’i, ehtiyot qism va boshqalar, sug’urta qildirish, va hokazolarga ehtiyoj.

Ikkinchidan

  • fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi ham ehtiyojlarni tubdan o’zgartiradi. Yangi ixtiro qilingan narsalarni ishlab chiqarish, ularga extiyojlarni vujudga keltiradi. Ularni odamlar sotib olishga harakat qiladilar. Masalan, kir yuvish mashinasi, video magnitafon va boshqalar.

Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling