Ek sper im en ta L
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Eksperimental psixologiya. Nishonova Z kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbat metodi.
- Intervyu metodi.
Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi
shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o ‘z xohishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib, psixik hodisaning tashqi sharoitga bog'liqligini tekshirib ko'rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo'llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, y a’ni tajriba yo‘li bilan qo'lga kiritilgan faktlaming asosiy ko'pchiligi psixologiyada eksperimental yo ‘l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo'llab bo'lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funksiyalar ko'proq eksperiment y o ‘Ii bilan o'rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko'pgina qobiliyatlari) ham shu metod yordamida o'rganiladi. Lekin xarakter va qobiliyat- larning murakkab turlarini eksperiment metodi bilan o'rganib bo‘l- maydi. Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo'llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo'lga kiritilgan xulosa- larni aniqlashda qo'llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin. Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng ko'llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervyu metodi ham savol-javob metodiga tegishlidir. Ko'pincha intervyu uchun savollami sotsiologik anketalarga o'xsha- tib, y a’ni turli masalalar yuzasidan ko'plab javoblar olishni ko'zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqi- chiga to ‘g ‘ri keladi. Biroq bilimlarni va o ‘rganilayotgan psixik xususiyatlarning tuzilishini hisobga olib tuzilgan savollar o ‘rgani- layotgan holatlar tuzilishi hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling