Ekologik ekspertizaning yana qo’yidagi maxsus turlari ham mavjud:
1) ekologik-sanitariya ekspertiza. Ushbu yo’nalishda ekologik ekspertizaning alohida ahamiyatga ega bo’lgan obyekti-insonning hayoti va salomatligi bo’lib, bunda uning atrof tabiiy muhit bilan o’zaro aloqalari ekologik ekspertizadan o’tkaziladi. Ekologik-sanitariya ekspertizasining asosiy vazifasi antropogen faoliyat ta’sirida atrof muhitning zararli ta’sir ko’rsatishi bilan inson solomatligi xolati va uning o’zgarishlari to’g’risidagi sababli bog’lanishni aniqlashdan iborat.
2) ekologik-normativ ekspertiza. Uning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit sifati, zararli moddalarning ruhsat etilgan konsentratsiyasi, chiqindilar, oqavalar me’yori, radiatsiya ta’siri, shovqin, tebranish, magnit maydoni ta’sirining ruhsat etilgan me’yori darajasining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq (mos) kelishini tadqiq etishdan iborat.
3) ekologik-xuquqiy ekspertiza. U mustaqil ahamiyatga ega bo’lib, uning obyekti qonunlar, farmonlar, xukumat qarorlari, farmoyishlari va vazirliklar, idoralar, respublika subyektlarining berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan normativ aktlari va buyruqlarini ekologik ekspertizadan o’tkazish hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi organi
Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish O’zbekistonning atrof tabiiy muhiti va tabiiy resurslarini muhofaza qilishni davlat yo’li bilan tartibga solishning asosiy vositalaridan biridir.
Ishlab chiqarish-xo’jalik va boshqa faoliyatning davlat ekologik ekspertizasi davlatning u yoki boshqa faoliyatini ro’yobga chiqarishga, obyektlarni hududiy joylashtirishga ruhsat va rozilik berishi hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi mo’ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatning ekologik jihatdan xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiatni muhofaza qilish qonunlarining talablariga muvofiqligini baholash, loyihalarida nazarda tutilayotgan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining yetarli yoki asosli ekanligini aniqlash maqsadlarida o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |