Ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish va davlat ekologik ekspertiuzasining xulosasiga qo’yiladigan talablar Reja


Ekologik ekspertiza alohida soha sifatida


Download 32.41 Kb.
bet2/6
Sana08.06.2023
Hajmi32.41 Kb.
#1463677
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish va davlat ekologik ekspertiuzasining xulosasiga qo’yiladigan talablar10

Ekologik ekspertiza alohida soha sifatida endilikda shakllana boshladi. Xozirgi kunda uning ilmiy asoslangan kontseptsiyalari ishlab chiqilmagan. Lekin ekologik ekspertizaning soha sifatida shakllanishi uchun barcha sharoit mavjud. SHu munosabat bilan uning soha sifatida rivojlanishining quyidagi yo’nalishlarini ko’rsatish mumkin: a) ekologik ekspertiza muammolari yo’nalishini tadqiq etishga tarixiy yondashish; b) dastlab umumiy qodilar va qonuniyatlarni, so’ngra xususiy yo’nalishlarni tadqiq etishga asoslangan mantiqiy yondashuvga amal qilish; v) tadqiq etilayotgan yo’nalishlarning xamma tomonlarini va aloqalarini ekologik-iqtisodiy yondashuvga asoslanib tekshirish va o’rganish.
Ekologik ekspertiza munosabatlarida ekologik qonunlar, qoidalar, printsiplarga asoslanish. Ekologik ekspertiza boshqarish tizimining tarmoq yo’nalishi sifatida mamlakat va uning regionlari va hududlarida xo’jalik kompleksi yangiliklarining (shu jumladan tabiatni o’zgartirish loyixalarining ham) inson yashash muhiti, tabiiy resurslar va odamlar salomatligiga ta’sirni baholash bilan shug’ullanadi. Bunda ekologik ekspertiza ekologiyaning qonunlari, qoidalari va printsiplariga asoslanadi, ularning amalga oshirilayotgan loyixalarga ta’siri extimolini tekshiradi va xo’jalik tadbirlarining ushbu fundamental qoidalarga mos kelishini aniqlaydi.


Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida ko’p turdagi ekologik ekspertiza organlari.
Ular qatoriga qo’yidagilar kiradi.
1. Davlat ekologik ekspertizasi
2. Jamoat ekologik ekspertizasi
3. Ekologik audit
4. Idoraviy ekologik ekspertiza
5. Ilmiy ekologik ekspertiza va boshqalar
Davlat ekologik ekspertizasi atrof tabiiy muhit sohasida vakolatli organ tomonidan tayinlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat, notijorat tashkilotlari uyushmalari, fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Ekologik audit xo’jalik va boshqa xil faoliyat obyekti mulkdori qaroriga asosan o’tkaziladi. Idoraviy ekologik ekspertiza tegishli idoralarning buyrug’iga muvofiq o’tkazilishi mumkin va u tegishli idoraviy struktura ichida amal qiladi. Ilmiy ekologik ekspertiza ilmiy tashkilotlar yoki oliy o’quv yurtlari tashabbusi bilan o’tkaziladi va uning xulosasi axborot xarakteriga ega bo’ladi.



Download 32.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling