Ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish va davlat ekologik ekspertiuzasining xulosasiga qo’yiladigan talablar Reja


O’zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to’g’risida» qonuniga muvofiq qo’yidagi obyektlarni ekologik ekspertizadan o’tkazish majburiydir (11-modda)


Download 32.41 Kb.
bet4/6
Sana08.06.2023
Hajmi32.41 Kb.
#1463677
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologik ekspertiza xizmatini tashkil etish va davlat ekologik ekspertiuzasining xulosasiga qo’yiladigan talablar10

O’zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to’g’risida» qonuniga muvofiq qo’yidagi obyektlarni ekologik ekspertizadan o’tkazish majburiydir (11-modda):

  • Davlat dasturining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;

  • Barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;

  • Loyiha oldi va loyiha xujjatlari;

  • Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq xo’jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo’riqnoma uslubiy xujjatlarning loyihalari;

  • Texnika texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir xujjatlar;

  • Atrof tabiiy muhit xolatiga va fuqarolar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar;

  • Keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o’tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari;

  • Shaharsozlik xujjatlarining barcha turlari;

  • Maxsus xuquqiy rejimli obyektlar.

Ekologik ahamiyatga ega bo’lgan obyektlar yoki tabiatdan foydalanishga ta’sir ko‘rsatadigan obyektlar. Aholining ekologik xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yangi texnika, materiallar, moddalarni qonun talablariga ko’ra ishlab chiqarishga ruhsat berilmaydi. Shunga ko’ra sanoat maxsulotlari, mashinalar tabiat muhofazasi normalari va qoidalari talablariga mos kelishini aniqlash uchun ekspertizadan o’tkaziladi.


Davlat ekologik ekspertizasini O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan tuzilgan ekspertlar guruhi yoki komissiyasi o’tkazadi. Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo’yicha ekspertiza xulosasi tuziladi.
Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi qo’yidagilarni tasdiqlovchi xujjat hisoblanadi:
Asoslovchi xujjatlarni tayyorlashda ekologik talablarga amal qilinishi;
Ro’yobga chiqariladigan obyektning ekologik sharoitlari kafolatlanganligini;
Ro‘yobga chiqariladigan obyektni moliyalashtirish imkoniyatining ochilganligini bildiradi.

Download 32.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling