«ekologik monitoring»


Biosferaning tuzilishi va rivojlanishi


Download 133.3 Kb.
bet2/6
Sana30.09.2023
Hajmi133.3 Kb.
#1690098
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EKOLOGIK MONITORING

2. Biosferaning tuzilishi va rivojlanishi.

Yer sayyorasining tirik organnzmlar tarqalgan eng muhim qobig‘i «biosfYera» (grek. “bios” –xayot va «sphira»-shap) deb ataladi. V.I VYernadskiy, biosfYera deyilganda, Yerning tirik organizmlar ta’siridagi barcha jarayonlar kechadigan yupqa qobig‘i tushunadi. BiosfYera Yerning litosfYera, gidrosfsra va atmosfYera qobiqlari tutashgan joyida tarkib topgan bo‘lib, uning yuqori chegarasi atmosfYeradagi ozon ekranigacha Yer yuzasidan 16-20 km yukoridan o‘tadi. Quyi chegarasi okeanlarda 11 km, Yerning tosh-litosfYera qismida esa 3-5 km chuqurlikka to‘g‘ri keladi. Akademik V.I.VYernadskiy biosfYerani jonli va jonsiz tabiat elementlari mujassamlashgan qatlam deb biladp. BiosfYerada tirik moddalar va ularning yashash muhitlari o‘zaro aloqada hamda bir-biri ta’sirida bo‘lib, yaxlit va dinamik tizim hosil qiladi. Eng qadimda yashil xlorafilli o‘simliklarning vujudga kelishi atmosferaning kimyoviy tarkibi butunlay o‘zgarishiga, atmosfYerada kislorodning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Bu o‘z o‘rnida Yerdagi barcha hayot evalyusiyasining keyingilariga turtki bo‘ldi. BiosfYera mavjudligining acociy sharti ynda modda va enYergiya almashuvining mavjudligidir.


Evolyusiya jarayonida tirik organizmlarning sayyora bo‘ylab keng tarqalishi modda va enYergiyani qayta taqsimlanishini ta’minlaydi. Ushbu jarayon geokimyoviy tamoyil V.I. VYernadskiyning quyidagicha hulosaga kelishiga sabab bo‘ldi: «Har bir organizm boshqa tirik organizmlar va jonsiz tabiat bilan aloqada bo‘lgan sharoitdagina yashashi mumkin, xayot o‘zining barcha borlig‘i bilan bizning sayyoramizda chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi». V.I VYernadskiyning biosfYera to‘g‘risidagi ta’limoti yuzasidan birinchi hulosasi biosfYeraning bir butun(yaxlit)ligidir: «... biosfYeradagi hayot, tirik moddalar bir butun xosiladir». V.I VYernadskiy birinchi bo‘lib, biosfYeraning rivojlanishida inson bosh omil ekanlpgi, uning faoliyati tabiat evolyusiyasidan bir necha barobar tezlikda ortib borayotganligi to‘g‘risidagi g‘oyaga asos soldi. SHu tufayli. xozirgi sharoitda biosfYera to‘g‘risidagp ta’limot muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda. CHunki insoniyat o‘zining kun sayin ortib borayotgan texnik imkoniyatlariga tayanib, tabiatdan kYeragidan ortiqcha foydalanmokda. Keyingi davrda tabiatning o‘z resurslarini qayta tiklash, qayta tozalash imkoniyatlari hisobga olinmayotganligi bois, biosfYeraning yaxlitligi va barqarorligiga putur etmoqda.
Yerda insonnpng paydo bo‘lishi tabiat va tirik orannzmlar o‘rtasidagi munosabatda yangi boskichni vujudga keltirdi. Tabiat va inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xaraktYeri «noosfYera tushunchasini fanga kiritdi. Inson omili biosfYera tarqqiyotida geologik kuchlardan ko‘ra ham tez va kuchli namoyon bo‘lmoqda. BiosfYeraning xozirgi tarraqiyoti bevosita inson aql zakovati bilan hamohang tarzda bo‘lgani uchun ham biosfYerani «noosfYera» atamasi bilan almashtirish g‘oyasi vujudga keldi. Ushbu ta’limot g‘oyasi asoschilari, avvalo Le-Rua, Teyyar de SHarden xamda V.I.VYernadskiy nomlari bilan bog‘liq.
BiosfYera murakkab va o‘ta nozik tuzilishga ega. Undagi organizmlar o‘zaro va jonsiz tabiat bilan shunchalar ko‘p «iplar» orqali bog‘langanki, qaysi bir aloqaning uzilishi-buzilishi yoki aksincha, ularning sun’iy tarzda zuraytirilishi biosfYera uchun taxlikaga (xatarga) sabab bo‘lishi muqarrar. Buning uchun butun biosfYera bo‘yicha va uning bo‘laklari bo‘l- mish ekologik tizimlar (ekotizim)da ekologik monitoring tadqiqotlari o‘tkazilishi muhim masaladir.
Ekotizim — ma’lum maydondan iborat bo‘lib, unda tirik organizmlar va ularning yashash muhitlari majmuasi moddiy- enYergetik va axborotlarning o‘zaro ta’siri bilan birlashgan.

Quyosh







Download 133.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling