«ekologik monitoring»
Ekologik monitoringdagi ustuvor jihatlar va mezonlar
Download 133.3 Kb.
|
EKOLOGIK MONITORING
- Bu sahifa navigatsiya:
- unga
4. Ekologik monitoringdagi ustuvor jihatlar va mezonlar
Ekologik monitoringni amalga oshirishda ustuvor jihatlar alohida ahamiyatga ega. Hududiy miqyosda qaraganda ustuvorlik, albatta shaharlarga, shuningdek, ichimlik suvi olinadigan mintaqalar, baliqlar tuxum qo‘yadigan joylarga qaratilmog‘i lozim. Tabiiy muhit bo‘yicha esa atmosfYera havosi, chuchuk suv havzalarida ustuvorlikka ega. Alohida ingredientlar bo‘yicha — havo uchun: chang, oltinguturt (II) oksidi, og‘ir metallar (simob), uglYerod oksidi, azot oksidi, benz(a)piren, pestisidlar; suv uchun : biogen mahsulotlar, neft mahsulotlari, fenollar; tuproq uchun: ishqorlanish, gumusning yo‘qolishi, sho‘rlanish, neft mahsulotlari; ifloslanish manbalari bo‘yicha — shaharlarda: avtomobil transporti, issiqlik elektrostansiyalari, rangli metallurgiya kabilar ustuvor hisoblanadi. Ekologik monitoring mezonlarini ishlab chiqish murakkab masala. Ifloslantiruvchi moddalarning xususiyat va oqibatlarini e’tiborga olgan holda ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: insonning sog‘lig‘i va ahvoliga, iqlim va ekotizimlarga ta’sirning kattaligi yoki samaradorligi; atrof-muhitda buzilish(degratsiya)ga moyilligi, odamda va hazm bo‘lish yo‘llarida to‘planishi; fizik va biologik tizimlarda kimyoviy transformatsiya imkoniyatlari, buning natijasida ikkilamchi moddalar yanada zaharliroq va zararli bo‘lib qolishi mumkin; tez harakatchanlik va o‘zgaruvchanlik; atrof-muhitda va odamda to‘planish yo‘nalishi; ta’sirning kattaligi va tez-tez qaytalanishi; har xil muhitda ma’lum kattalikda o‘lchash imkoniyatlari; atrof-muhitda ahvolni baholash uchun ahamiyati; dunyo miqiyosida va hududiy sharoitda tarqalishni bir tekisda o‘lchash uchun yaroqliligi. Ushbu mezonlar asosida ifloslantiruvchi moddalarning ustuvorligi bo‘yicha baholanadi, uning o‘lchash dasturi ham ko‘rsatiladi (2-jadval). 2-jadval
Download 133.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling