«ekologik monitoring»


-chizma. Tabiiy ekotizimlarda modda (tutash chiziq) va enYergiya (shtrix chiziq)ning ko‘chib yurishi


Download 133.3 Kb.
bet3/6
Sana30.09.2023
Hajmi133.3 Kb.
#1690098
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EKOLOGIK MONITORING

1-chizma. Tabiiy ekotizimlarda modda (tutash chiziq) va enYergiya (shtrix chiziq)ning ko‘chib yurishi
Ekotizim biror kattalikdagi yoki o‘lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi. SHuning uchun uni organizmlarning hohlagan va murakkab yashash muhitiga nisbatan qo‘llash mumkin.
Ekotizimda tirik organizmlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir mavjud. Kuchli hayvon turi o‘zidan kuchsiz hayvon turi bilan oziqlanadi. Xullas, shu tariqa oziq-ovqat zanjiri vujudga keladi. Bu hodisa ekotizimning o‘z vaqtida o‘zidan-o‘zi — tabiiy yo‘l bilan tozalanib turishiga olib keladi. SHuningdek, ekotizimda o‘simliklar va hayvonot turlarining bir sharoit- da miqdoriy jihatdan teng bo‘lishi ekologik muvozanatning barqarorligini ta’minlaydi.
Ekotizimda atmosfYera havosi, suv, tuproq, o‘simliklar, hayvonot olami, ishlab chiqarish va boshqa antropogen omillar hamda hodisalar ishtirokida murakkab biokimyoviy aylanma harakat mavjud. Bu bilan havoning tozaligi, tuproq hosildorligi, o‘simliklar mahsuldorligi va boshqa hodisalarnpng barqaror me’yordagi faoliyati ta’minlanadi.
Tabiiy va sun’iy (antropogen) ekotizimlar mavjud bo‘lib, ular bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi (1 -jadval).

1-jadval



Tabiiy va sodda antropogen ekotizimlarni qiyoslash (MillYer, 1993 y.)



Tabiiy ekotizim (botqoq,o‘tloq, o‘rmon)

Antropogen ekotizim (dala, zavod. uy)

Quyosh enYergiyasini oladi, qayta o‘zlashtiradi, yig‘adi

Kazilma va yadro enYergiyasini iste’mol qiladi

UglYerod (II) oksidini iste’mol qiladi va kislorod ishlab chiqaradi

YOqilg‘i yoqish evaziga kislorod iste’mol qiladp va uglYerod (II) oksidini ishlab chiqarali

Maxsuldor tuproq hosil qiladi

Maxsuldor tuproqlar uchun xatarli va ularni oziqlantiradi

Suvni yig‘adi, tozalaydi va asta sekin sarflaydi

Ko‘p suv sarflaydi va ifloslaydi

YOvvoyi tabiatning turli turlari uchun yashash joyi

YOvvoyi tabiatning ko‘plab turlari yashash joylarini buzadi

Ifloslovchi moddalar va chiqindilarni zararsizlantiradi va shimadi

Aholi zarasizlantirilishi lozim bo‘lgan ifloslovchi modda va chiqindilarni ishlab chiqaradi

O‘z o‘zini saqlash va tiklash xususiyatiga ega

Doimiy tarzda holatini saqlash va tiklash uchun katta xarajatlar talab etadi

Ekotizimlarni va butun biosfYerani muhofaza qilishda mavjud tamoyillarga tayanish muhimdir. Ular quyidagilar:


- gomeostaz;
- himoyalanishning o‘z vaqtidaligi;
- himoyalanishning mahsusligi;
- himoyalashishing majmualigi va muvofiqligi (qulayligi);
- himoyalanishnpng bosqichligi;
- himoyalanishning samaradorligi;
- monitoring;
- qo‘riqhona (milliy tabiat bog‘lari, tabiat buyurtmalari va boshqa).
Ushbu tamoyillar ekotizimlarni boshqarishning amaliy strategiyalarini ishlab chiqish va monitoring uchun biroz umumiylik kasb etadi. BiosfYerani muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va amaliyotdagi barcha chalkashliklar xozircha bizni monitoringdan qutilishga da’vat etolmaydp.


Download 133.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling