Ekologik ong va madaniyatni tarbiyalash ekologik tarbiya asosidir


Geografiya ta’limida o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirish va ekologik ta’lim-tarbiya berish


Download 73.34 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1522801
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik ong va madaniyatni tarbiyalash ekologik tarbiya asosidir

Geografiya ta’limida o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirish va ekologik ta’lim-tarbiya berish

Maktab tabiiy geografiya kurslari yer yuzasi tabiati, uning xilma-xil bo’lish sabablari, tabiiy muhit va resurslarining inson xo’jalik faoliyatidagi masalalarini ochib berishda katta rol o’ynaydi. Maktab tabiiy geografiyasida, o’quvchilarga TXKni (tabiiy hududiy kompleks) ilmiy asoslab berish vazifasi yuklatilgan. Shu tufayli ham tabiiy geografiyaning yetakchi tushunchalarini geografik qobiq, tabiiy kompleks, tabiiy boyliklar, tabiiy muhit inson va tabiatning bir-biriga ta’siri kabilar tashkil qiladi. O’quvchilarda ana shu tushunchalarga nisbatan to’g’ri ilmiy o’rin egallashi kerak. Ayniqsa geografik qobiq va uning qismlari, insonning xo’jalik faoliyati bilan tabiati o’rtasidagi aloqadorlikni aniq dalil va misollar yordamida ochib berish lozim. Turli hududlar misolida aholining tabiatga ta’siri nima uchun bir-biridan farq qilishini o’quvchilar puxta egallashlari lozim. O’quv materialining mazmuni o’quvchilarda dunyoqarash shakllantira oladigan darajada bo’lishi kerak. Tabiiy geografik ob’ekt va hodisalarning maktab sharoitida o’rganish bir-biriga bog’liq bo’lgan 3 yo’nalishda olib borilishi maqsadga muvofiq:



  1. Geografik qobiq va uning qismlarining mavjudligi.

  2. ob’ektning mavjudlik shakli va makonda joylashishi.

  3. Vaqt o’tishi bilan ob’ektlarni o’zgarishi.

Yuqoridagi g’oyalarning ajratish shartli bo’lib asosan “tabiat va inson” g’oyasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Falsafa qonunlari shakl va mavzu, miqdor va sifat mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat, haqiqat va ehtimollik maktab tabiiy geografiyasida ham qo’llaniladi. Ammo sabab va oqibat, vaqt va makon, harakat, alohidalik, umumiylik kabi dialektika kategoriyalari geografiyada birmuncha keng qo’llaniladi.
Dialektika qonunlari g’oyalarsiz geografik qobiq va uning qismlarini o’quvchilar ongiga yetkazish mumkin emas. Shuning uchun dastlab o’quvchilarga, geografik qobiq : yer qobiqlarining bir-biri bilan ta’sir qiladigan bir butun tizimi ekanligini, geografik qobiq tarkibi bir xil emasligi, shuning bilan birga geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari unga ta’sir qilish, geografik qobiqning riqojlanishi, tarkib jihatdan murakablashishi, ichki va tashqi kuchlar ta’sirida, davr o’tishi natijasida o’zgarish kabi belgilar xosligi haqida o’quvchilarda aniq ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bilan birga ularda tabiatdagi barcha voqea hodischalar bir-biriga bog’liq ekanligi g’oyalarni shakllantirishga yordam beradi. Geografik qobiqning sifat xususiyatlari va uning qismlarini o’rganish litosfera, girosfera, atmosferani o’rganishda yanada konkretlashadi. Geografik qobiq haqida g’oyalarni o’quvchilar ongiga shakllantirishda ta’lim vositalarini qo’llamasdan amalga oshirish qiyin. Bularga tabiiy qo’llanmalar (maketlar) rasmlar, tog’ jinslari, qatlamlarning yotishi, litosfera qalinligi atmosfera qatlamlari dunyo okeanlari tubi relefi va boshqalar kirishi mumkin. Geografik qobiqning joylashishi, kattaligi, sifati haqidagi ma’lumotlarni tematik kartalar ( tabiiy, geologik, tuproq, o’simlik va h.k.)
Kartinalar foto suratlar va boshqalardan olsa bo’ladi. Mahalliy tabiatni bevosita kuzatishning ham o’quvchilarda zarur tasavvurlarni hosil qilishda ahamiyati katta. Geografik qobiqni tashkil etish qismlarni o’rganishda o’quvchilarning boshqa fanlaridan, masalan, ximiya va biologiya fanlari olgan bilimlari, xususan fotosentez, o’simlik va hayvonlarning mikroorganizmalr ta’sirida suv, ammiak va h.k. moddalarga parchalanib ketishi kabi masalalarni bilishlari ham muhimdir.
Geografik qobiqning bir butunligi g’oyasi yerning yagona tabiiy kompleks ekanligi o’quvchilarga aniq misollar bilan yetkazilishi lozim. Ma’lum hududlarni o’rganish jarayonida o’quvchilar geografik qobiq komponentlari turli tuman ekanligiga ishoch hosil qiladilar. Tabiiy geografiyani o’rganish yakunida o’quvchilar tabiiy kompleks mazmuni va mohiyati bilan tanishadilar. Natijada o’quvchilar TXK geografik qobiqning bir qismi ekanligini aniqlaydilar. Bunda suv, havo, tog’ jinslari, mikroorganizmlar ta’sirida suv, ammiak va h.k. moddalarga parchalanib ketishi kabi masalalarni bilishlari ham muhimdir.
Geografik qobiqning bir butunligi g’oyasi yerning yagona tabiiy kompleks ekanligi o’quvchilarga aniq misollar bilan yetkazilishi lozim. Ma’lum hududlarni o’rganish jarayonida o’quvchilar geografik qobiq komponentlari turli tuman ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Tabiiy geografiyani o’rganish yakunida o’quvchilar tabiiy kompleks mazmuni va mohiyati bilan tanishadilar, natijada o’quvchilar TXK geografik qobiqning bir qismi ekanligini anglaydilar. Bunda suv, havo, tog’ jinslari, mikroorganizmlar ta’sirida TXK qismlari: relef, havo masalalari, suv, tkproq qatlami, o’simliklar, havodan tashkil topadi. Har bir TXK kattaligidan qat’iy nazar umumiy geografiya qonuniyatlariga bo’ysunadi. Shu bilan bir paytda ular alohidalikka ham ega. TXK mustaqil bo’lishi bilan birga, ayni vaqtda geografik qobiqning bir qismi bo’lib, unga ta’sir ham qiladi. Maktab tabiiy geografiyasida turlicha kattalikdan TXKlar o’rganiladi. Bular mahalliy daryo qayiri, suv ayirgichdan boshlab to materiklarning yirik qismigacha bo’lishi mumkin. O’zbekiston tabiiy geografiyasida esa tabiiy hududlar va ularning ayrim bo’laklari bunga misol bo’lishi mumkin. O’quvchilar har bir hududga xos bo’lgan belgilarning, shu belgilarni hosil bo’lish sabablarini bilim olishlari kerak. Yuqoridagilarni o’rganish jarayonida geografik qobiqning juda ko’p TXKlariga bo’linib ketishini bilib oladilar. Maktablar tajribasi shuni ko’rsatyaptiki, o’quvchilar kompleks, qism tushunchalarini yaxshi o’zlashtirishi mumkin, ammo ularni vujudga keltirgan sabab oqibatlarini egallashda qiynalishlari aniqlandi.
Shu tufayli har bir o’qituvchi o’qitish jarayonida bunga e’tibor berishi kerak. Masalan, TXK komponentlari o’rtasidgi aloqadorlikni o’rganishda o’quvchilar diqqatiga quyidagi bog’liqlikni ko’rsatish yaxshi natija berishi mumkin.
Iqlim xususiyatlari sababi
Iqlim mintaqalari, iqlim tipi geografik kenglik , relf (iyul, yanvar, yillik amplituda, tog’ tizmasi, yo’nalishi va yog’in miqdori va rejimi), shamollar, balandligi va h.k.) dengiz yo’nalishi oqimlari va h.k.
TXK komponentlari o’rtasidagi aloqadorlikni o’rganishda tabiiy geografik profillar bilan ishlash, tabiat hodisalarini dinamik namoyish qilish katta ahamiyatiga ega. Ta’lim jarayonini tashkil kilishda kurslar o’rtasidagi aloqadorlikka ham e’tibor berish zarur. Masalan, tabiiy geografiyaning boshlang’ich kursidagi asosiy g’oya litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera o’rtasida mavjud ob’ektiv aloqadorlikni va ularning bir-biri bilan bog’liqligini o’quvchi anglab olishi lozim. O’quvchilar materiklar va okeanlar geografiyasida esa geografik qobiqning rivojlanishi tizim ekanligi, uning zonal va azonal tabiiy komplekslaridan tashkil topishi, har bir TXK butunning bir qismi ekanligi va ular xususiyatlariga ega bo’lishi g’oyasini egallaydilar.
O’zbekiston tabiiy geografiyasida uning hududi geografik qobiqning bir qismi ekanligi g’oyasini egallaydilar. Tabiat tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorligi tufayli zona va azonal TXKlar vujudga kelishini o’quvchilar o’zi yashab turgan o’lkalar misolida tushunib oladilar. O’quvchilar yer tarixini o’rganish jarayonida tabiat qismlari va komplekslari miqdor va sifat jihatdan o’zgarishining aniq misollar asosida bilib oladilar.
Maktab geografiyasining muhim metodologik masalalardan biri insonning xo’jalik faoliyati bilan tabiat o’rtasidagi aloqadorligini ochib berishdan iborat. Maktab geografiyasi mazmunida quyidagi eng muhim geografik qobiq-bunda kishilik jamiyati yashovchi muhit g’oyasi yetadi. Insonning yashash sharoiti va aholisining xo’jalik faoliyatini yaxshilash uchun ana shu muhim boyliklardan unumli foydalanishda unga atroflicha yondoshish lozimligini o’quvchilar egallashi kerak.
Inson va tabiat g’oyasi inson xo’jalik faoliyati tabiatning ahamiyatini baholash nuqtai nazardan kelib chiqishi lozim. Bunda o’quvchilar inson tabiatiga aralashmasdan hech iloji yo’q degn xulosaga kelishlari kerak, chunki tabiat insonga yashash uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni: oziq-ovqat, qurilish materiallari, sanoat xom ashyosini, energiya va h.k.larni beradi.
Bunday yondashish tabiiy geografiyaning boshlang’ich tabiiy geografiyasidan boshlanadi. Ayniqsa o’quvchilar yashab turgan joylari misolida TXK qismlariga inson qay darajada ta’sir qilishini aniq misollar asosida ko’radilar. O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursida esa Respublika hududidagi har bir TXK misolida insonning tabiiy sharoiti va boyliklariga xo’jalik jihatidan baho berish bilan tanishadilar.
O’quvchilar odatda tabiat qismlari (relef, ichki suvlar, tuproq va h.k.) inson xo’jalik faoliyati uchun ahamiyatini hamda tabiatni qo’riqlash borasidagi tadbirlarni to’g’ri aytadilar. Ammo o’quvchilar tabiat kompleksi qismlari o’rtasidagi nihoyatda mustahkam aloqadorlik mavjudligini juda zaif biladilar. Ayniqsa bu bilimlarni yetarlicha egallamasdan, , tabiiy qismlarga o’tkazish yomon oqibatlarga olib kelishini tasavvur qila olmaydilar. Tabiiy kompleksning bitta qismiga o’ylanmasdan ta’sir qilish, uning boshqa qismlariga ham salbiy ta’sir o’tkazish mumkinligini yetarlicha angalb yetmaydilar. Buni Orol fojeasi misolida o’quvchilar ongiga yetkazish juda foydalidir. Amudaryo suvidan tejab-tergab foydalanmaslik, paxta yakka xokimligi. Amudaryo quyi mintaqasida tuproq tarkibini buzdi. Ko’plabgerbitsidlarning qo’llanilishi esa suvning zaharlanishiga, hayvonlarning qirilishiga olib keldi va h.k. To’g’ri, bunga qisman maktab geografiyasi va geografiya o’qituvchilari ham aybdor. Chunki maktabni bitirib chiqayotgan yoshlar tabiat bilan inson o’rtasidagi murakkab bog’liqlikni, aloqadorlik haqida yetarlicha bilim olmayaptilar. O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tinimsiz mehnat va muntazamlik asosida ish olib borishni talab qiladi. Geografiya ta’limini shunday tashkil qilish kerakki,, tabiat va xo’jalikda sodir bo’ladigan voqea va hodisalar bog’liqlikda, aloqadorlikda, doimiy o’garishda va rivojlanishda ekanligini har bir o’quvchi mustahkam egallashga e’tibor berishi kerak. Geografik qobiqda bo’lib turadigan hodisalarni o’quvchilar mustahkam baholay olishga erishmog’imiz lozim. Demak maktab geografiyasida o’quvchilar dunyoqarashning shakllantiruvchi g’oyalar quyidagilardir:

  1. Dunyoning moddiyligi.

  2. Dialektik munosabatlar (qarama-qarshilik, miqdor va sifat va h.k.)

  3. Hozirgi zamon xo’jaligi va tabiatning bir butunlikda rivojlanishi.

  4. Tabiiy sharoit va resurslardan oqilona foydalanish.

  5. Xalq turmushi va moddiy farovonligini oshirishni tabiatga zarar yetkazmasdan amalga oshirish.

  6. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish.

  7. Tabiiy sharoit va resurslardan oqilona foydalanish.

  8. Xalqaro iqtisodiy uyg’unlashuv.

  9. O’zbekistonning dunyodagi barcha mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatishi.

  10. Xo’jalikni joylashtirishda tabiatni ahamiyati va uning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi.

  11. Geografik muhitning xo’jalikni rivojlantirish va joylashtirishda yetakchi emasligi.

  12. Tabiat va xo’jalik aloqadorligida ijtimiy iqtisodiy tuzum.

  13. O’quvchilarga geografiya darslarida mehnat tarbiyasi va mehnatga muhabbat hislatlarini shakllantirish.

  14. Ona vatanga, tabiatga muhabbat va h.k.

Demak yuqoridagilardan shu narsa ko’rinadiki, maktab geografi mazmunida falsafiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy va sof geografik mazmundagi g’oyalar bor. Ularni darslarda bir-biridan ajratish samarali natijalari bermasligini tajribalar ko’p marta isbotlangan.
Ilmiy texnika taraqqiyotining rivojlanishi tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab aloqadorlik kelgusida geografiya jarayonida yangi g’oyalarni yuzaga keltirishi mumkin. Har bir dars o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda cheksiz imkoniyatga ega ekanligini barcha geografiya o’qituvchilari his eta olishlari zarur.
Ekologik bilimlar o’ziga xos sistemaga ega bo’lib u maktab o’quv predmetlarining komplekti sifatida o’qitiladi.
Ekologik muammolarni o’rganishda, tarix, geografiya, kimyo, fizika, biologiya, jamiyatshunoslik kabi predmetlar muhim rol o’ynaydi. Hozirgi davrda jamiyat bilan tabiat, inson bilan atrof-muhit o’rtasidagi ko’p qirrali munosabat asrimizning eng muhim muammosiga aylanganligi barchamizga ma’lum. Insonning salomatligini saqlash, uning oziq-ovqat ichimlik suvi bilan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish, unda ehtiyotkorlik bilan tejab-tergab foydalanish, hal qilinishi kechiktirib bo’lmaydigan masalalarga aylanadi.
Fan-texnika rivojlangan hozirgi davrda katta kuchga ega bo’lgan, inson o’zining xo’jalik faoliyati tufayli jamiyatga kuchli ta’sir qilib, uning tabiiy muvozanatiga putur yetkazadi. Tuproqning ximikatlar bilan zaxarlanish, toza suv tanqisligi, havoning ifloslanishi, tabiiy boyliklarning kamayib borishi oqibatida jiddiy muammolar kelib chiqmoqda. Bu muammolarni kelib chiqishiga aholining keng tabaqasi ekologiya haqidagi bilimga ega bo’lmasligi ham sabab bo’lmoqda.
Shuning uchun ham hozirgi kunda hukumatimiz ekologiya ishini tubdan qayta ko’rish haqida bir qancha muhim qarorlar qabul qiladi va bu qarorlarda o’quvchilarning ekologiya haqidagi bilimini oshirish va ularning tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashni tubdan yaxshilash masalalariga alohida e’tibor berish zarurligi ta’kidlab o’tildi.
Bu o’quv yilimizning eng muhim o’zgarishlaridan biri hamma yosh avlodga ekologik ta’lim-tarbiya berish sohasida katta qadam qo’yganligidandir. Umumta’lim maktablarida barcha sinflarda ekologiya darslari o’tilishi haqidagi Respublika maorifi Vazirligining qarori biz pedagoglar zimmachiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Shu o’rinda bir fikrni aytib o’tmoqchiman:
Ekologiya ta’lim-tarbiya faqat ekologik satrlarda beriladi, degan tushunchaga barham berish lozim. Bu barcha pedagoglarni fan o’qituvchilarining muhim vazifasi bo’lmog’i kerak.
Imkon bo’lsa, har bir dasrda ekologik ahvol haqida bir shingil ma’lumot berish zarur. Chunki hozirgi ekologik ahvol sayyoramizning-uyimizning ahvolidir. Ota-bobolarimiz bizga qoldirgan nodir meros-musaffo osmon, tiniq suv, toza tuproq, yer osti va yer usti boyliklarini biz qanday asramoqdamiz, qay tariqa avlodlarga topshirishimiz –bu eng yirik, dolzarb, kechiktirib bo’lmaydigan umumhalq muammosidir. Hozirgi davrda o’sib kelayotgan yosh avlod nafaqat insonlarga va mehnatga nisabatan emas, balki tabiatga nisbatan ahloqiy munosabatda bo’lishini taqozo etadi. Bu esa pedagoglarni zimmasiga juda katta mas’uliyatli vazifa yuklaydi, chunki tabiat ana shu yoshlarning kelgusidagi faoliyatiga bog’liqdir.
Maktablarda ta’lim-tarbiya jarayoniga qayta ko’rishning birinchi vazifasi uning ekologik yo’nalishini kuchaytirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirish uchun ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish zarur. Shu narsaga erishishimiz kerakki, tabiatdan foydalanishning muhim prinsiplari har bir o’quvchining shaxsiy-hulqiy normasiga aylansin. Bu vazifani muvaffaqiyali amalga oshirish uchun maktablarda fan asoslaridan mustahkam bilim berish bilan birga turli fanlarni o’qitish jarayonlarida o’quvchilarni hozirgi ekologik muammolarni mohiyatini ochib beruvchi bilimlar bilan qurollantirish va shu bilimlarni o’quvchilarning amaliy faoliyatiga, ijtimoiy mehnati bilan mustahkamlash maqsadga muvofiqdir.
Har bir dasrda o’qitishning shakl va usullarini darsning maqsadi, mazmun va o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan xolda tanlash, dars davomida o’quvchilar faoliyatini aktiv holatda bo’lishga e’tibor berish ta’lim-tarbiya berish jarayonini yanada yuqori pog’onaga ko’tarish zamin yaratib beradi. Bunday mas’uliyatli va murakkab vazifani hal etish uchun o’qituvchi bu soha bo’yicha bilimga, pedagogik mahratga, yuksak ekologik madaniyatga ega bo’lishini, tinimsiz izlanish o’rganish, ijodkor bo’lishni talab qiladi.
Mana shunday sifatlarga ega bo’lgan o’qituvchigina ekologik ta’limning nazariy bilim va malakasini chuqur egallagan, tabiatdagi jarayonlarning sir-asrorini biladigan shaxsni tarbiyalash mumkin.
Yuqoridagi fikrlar barcha fanlar qatori geografiya fanini o’qitishga ham ta’luqlidir. Lekin o’quvchilarning tabiatga nisbatan ongli munosabatini shakllantirishda ekologiyaga doir bilimlar sistemasini o’zlashtirishning o’zi yetarli bo’lmay, buning uchun albatta o’quvchilarning tabiat qo’ynidagi yetarli faoliyatini keng yo’lga qo’yish zarur, o’simlik va hayvonlarni o’stirish, parvarish qilish, atrof-muhit muhofaza bo’yicha mustaqil ishlarni keng yo’lga qo’yish, shular jumlasiga kiradi.
Ayniqsa umumta’lim maktablarida ekologiya darslarini o’qitilishi yuqoridagi aytib o’tilgan madaniyatni shakllantirish naqadar zarur vazifa ekanligini tushunib yetishga da’vat etadi. Bu vazifani ado etishda dars jarayonida vatanparvarlikhissini, insoniylik, odamiylik, mehnatsevarlik, tabiatni sevish va unga oqilona munosabatda bo’lish hissini tarbiyaviy yo’l bilan hosil qila olishimiz bizga katta ko’mak beradi.
Bu o’rinda ayniqsa o’quvchilarga mustaqil davlatimizning yer usti va yer osti boyliklari, ularning ahamiyati, ressurslari bu ressurslarning tiklanish miqdori haqida aniq raqamlari asoslangan faktlarni keltirib o’tishimiz maqsadga muvofiqdir. Ekologiya ta’lim elementlarini boshlang’ich sinflardan boshlab o’quvchilarga singdirib borish lozim. Boshlang’ich sinf o’quvchilari “Atrof-muhit bilan tanishish” darslarida tabiiy muhit, ya’ni organizmlarning yashash muhiti, oziqlanish joyi yashash sharoiti, organizm bilan muhitning o’zaro bog’liqligi shuningdek maktab atrofidagi daraxtlar, butalar, o’tlar, shu yerdagi hayvonlar bilan tanishtiriladi.
Ularning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, ularga shikast yetkazmaslikka, parvarish qilish olib boriladigan ekologik ta’lim-tarbiyani boshlang’ich kurtagi sanaladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarni atrof-muhit bilan yaqindan tanishtirish orqali tabiatning bebaho boyliklaridan foydalanishga doir tushunchalari ham berib borilishi kerak. Bepoyon ona tabiatni o’ziga xos ziynatini saqlash masalalari diqqat e’tiborda bo’lishi lozim.
Ekologik bilim va ko’nikmalarni shakllantirish orqali o’quvchilarning bilish qobiliyatlari o’stirilib ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasi rivojlantiriladi. Shu kabi o’quv, ko’nikma va malaka oshirish singdirish uchun o’qituvchi o’qitishning turli metod va usullaridan foydalaniladi. Quyi sinf o’quvchilarida tabiatshunoslik darslarida quyidagi tushunchalarni o’zlashtirib olishlari kerak.

  1. Jonsiz tabiat va uning mavsumiy o’zgarishlari yorug’lik, issiqlik ta’sirida suv, havo, tuproqning xolati va o’zgarishlari

  2. Jonli va jonsiz tabiatning bir-biriga bog’liqligi o’simliklar va hayvonlarning yashash muhitini moslashganligi.

  3. O’simliklar va hayvonlarning o’zar bog’liqligi yashash sharoitini bir-biriga bog’liqligi.

  4. Tabiatdan foydalanish imkoniyatlari va unga odamning ta’siri

Atrof-muhit bilan tanishish va tabiatshunoslik darslaridagina tushuntirib o’rgatib bo’lmaydi. O’qituvchi darsdagi o’quv ishi bilan sinfdan tashqari ishlarni birga bog’lab borish kerak. Ekologiya ta’lim-tarbiya sohasidagi o’quv ishi sinfdan tashqari ishlarni bog’lanishi yoki uning yakuniy, umumlashtiruvchi sifatida davom ettirishi lozim. Aniq maqsadga yo’naltirilgan to’g’ri tashkil etilgan sinfdan tashqari ish qo’shimcha axborot xarakterga ega bo’lib o’quvchining tabiatini muhofaza qilish haqidagi bilimini kengaytiradi.
Bolalar tez-tez tabiat bilan muloqotda bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Tabiat qo’ynida bo’lish o’quvchilarda estetik kechinmalarni paydo qiladi, chunki tabiat o’zining go’zalligi, hayron qolarli darajadagi har xil rangi, shakli, sado-yu ohanglari, muattar hidlari bilan barcha sezgi organlariga ta’sir etib, atrof-tabiatni bilib olishga qiziqish, ehtiyoj hamda uning boyliklarini asrash to’g’risidagi qayg’urish istagini uyg’otadi.
Geografiya darslarida o’quvchilarga geografiyaga doir bilim berish bilan birga, ularni tabiatga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, darsda olgan ekologik bilimlarini sistemalashtirish va ularni amalda qo’llay borish malakasini hosil qilish lozim, chunki hozirgi o’quvchilar bir necha yillardan so’ng, ona vatanimiz tabiatining xo’jayinlari bo’lib yetishadi, ona tabiatimiz taqdiri ana shu o’quvchilarni kelgusidagi faoliyatini belgilaydi, shuning uchun ham bugungi kunda o’quvchilarni tabiatni sevishga unga hurmat bilan qarashga, uni e’zozlashga o’rgatish maktab jamoasini asosiy burchidir.
Ekologiya bilim va tarbiyaning samarasi maktablarda bayon etiladigan shu sohadagi bilimlarning mazmuniga, bayon etishning sistemaligiga, mahalliylik prinsipining amal qilishga va predmetlararo bog’lanishdan unumli foydalanishga bog’liq.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, darsda darsdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlarda tabiatni e’zozlashga, uning boyliklarini saqlash, ko’paytirish sohasidagi bilimini yanada boyitish, ya’ni ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirish orqali o’quvchilarning mehnat va estetik tarbiyasini shakllantirish mumkin.
Tabiatni sir-asrorini mukammal bilish, tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro munosabatni aniqlash, uni himoya qilish bo’yicha darsda va darsdan tashqari vaqtlarda o’quvchilarning aktiv amaliy faoliyatini tashkil qilish ekologik ta’lim tarbiyani rivojlantirish yo’llaridan biri bo’lib, bunda o’quvchilar turli tajribani bajaradilar, o’simliklarni ekish, parvarish qilish, himoya qilish bo’yicha ijtimoiy foydali mehnat malakasini hosil qilishga, amaliy ishlarga ko’nikma hosil qilishga yordam beradi.
Shu bilan birga o’quvchilarning geografiya faniga bo’lgan qiziqishi rivojlanishiga doir darsdan olgan bilimlarini qo’shimcha ma’lumotlar bilan to’ldirish va chuqurlashtirishga olib keladi, kelgusida to’g’ri va ongli kasb tanlash uchun zamin bo’ladi, yoshlarda ahloqiy sifatni o’stirib, ularni intizomlilikka, tejamkorlikka o’rgatadi. Ularda mamlakatning haqiqiy egalari bo’lishi xissini tarbiyalab yuksak ekologik madaniyatni tarkib toptiradi.

XULOSA
Inson tug`ilganidan to umrining oxirigacha aql-odob o`rganar ekan, bilim izlar ekan, uning ekologik ongi ham shunga yarasha oshib boradi.
Sog` tanda sog`lom aql deganlaridek aqli raso inson atrof-muhitga befarq bo`la olmaydi, chunki u mazkur tabiat qo`ynida tug`iladi, ulg`ayadi, uning ehsonlaridan bahramand bo`ladi, musaffo havosidan nafas olib, ziloldek suvlaridan huzur qiladi, orombaxsh go`shalarida hordiq chiqaradi. Tabiat shunchalik go`zal, zebo, ko`rkam uning betakror husnkor chizmalari ko`p , buning barchasi inson uchun yaratilgan. Gap shundaki ko`xlik va maftunkorlik dunyo lazzatlaridan bahramand bo`lish naqadar foydali ekanligiga tushunib yetish zarur. Afsuski shunday tabiatning nodir go`shalari insonning mahnat faoliyati, ba`zi bevosita ta`sirida keying 40-50 yil mobaynida turli darajadagi o`zgarishlarga mubtalo bo`ldi.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, hali ham insonni ekologik ongi va madaniyat yuqori emas. Kishilarning ekologik ongini, madaniyatini shakllantirish bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi. Har bir bosqichda ekologik ong va madaniyatning ma`lum shakllari va ularning mazmunlari tarkib topadi.Eng muhimi yoshi kattalashgani sari ekologik madaniyat ham yuksalib boradi. Ammo bu o`sish o`z-o`zidan yuz bermaydi. Ekologik ong va madaniyat muntazam bilim olish va ilm bilan shug`ullanish natijasida shakllanib boradi.
Shu jihatdan qaraganda ekologik ong va madaniyatning rivojlanish bosqichlariga qarab insinda u yoki bu darslardagi ong ,madaniyat shakllanadi. Agarda ushbu umumiy o`sish jarayonidagi ma`lum bosqichlarda tegishli ekologik ong va madaniyatni yetarli darajada shakllanmasa u holdayuqori samaraga erishilmasligi ayon.
Uzluksiz ekologik madaniyat huddi ekologik ong kabi quyidagi tartibda shkllanib boradi:
1. Oila-bog`cha-maktab(gimnaziya, litsey)
2. Oliy o`quv yurti(yoki o`rta maxsus o`quv yurti)
3. Ishlab chiqarish korxonasi – mahalla
Albatta bu tizim shartil birin-ketin bo`lishi shart emas.
Ekologik madaniyatni shakllanishida oila katta miqyosida ta`sir etadi, shuningdek, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari (radio, televidenie, matbuot va hakozo), kuchli mutaxassislar, din arboblarining gaplari ham o`z ta`sirini ba`zan jiddy tarzda ko`rsatadi.
Sirasini aytganda ekologik ong ekologik madaniyatni belgilaydi, binobarin, ekologik ongga ega bo`lish, kishini ekologik madaniyat sohibi bo`lishiga yetaklaydi.(2-sxema).



Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling