Ekologik ong va madaniyatni tarbiyalash ekologik tarbiya asosidir


Tabiatani muhofaza qilishda jamoatchilik va maktab


Download 73.34 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1522801
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik ong va madaniyatni tarbiyalash ekologik tarbiya asosidir

Tabiatani muhofaza qilishda jamoatchilik va maktab

Inson tabiat kunida yashar ekan, uning beminnat sahovati, in`om va marhamatidan bahramand bo`ladi.


Shunday ekan, insoniyatning eng yaqin “do`sti” bo`lish tabiatni ardoqlash va e`zozlash har bir kishining muqaddas burchi bo`libgina qolmasdan, balki shu ko`rkam tabiatning bir oliy ne`mati hisoblanadigan, insoniyatning sharafli burchi bo`lishi lozim. Murruvvatli ko`rkam, sahovatli keng tabiatni e`zozlash, unga bo`lgan muxabbat inson qalbida yoshligidan uyg`onadi va davrlar o`tishi bilan shakllanadi.
Murg`ak qalbning ona tabiatga bo`lgan hurmatini orttirishda keng jamoatchilik qolaversa ota-ona va o`qituvchilarning hissasi salmoqli o`rin tutadi.
Insoniyat, shu jumladan butun borliq tabiat bilan shoistalikda yashaydi. Ma`lum, ilk bor tug`ilgan go`dakning avvalo ona ko`zi va tabiatga nazari tushadi. U ona mehri, tabiatning olib manzaralari og`ushida yashaydi, unda, kamolotga yetadi. Tiriklik, hayot manbai bo`lmish Quyosh, havo, suvdan ko`rkam tabiatning inomi bo`lmish turfa ne`matlardan bahra olib ulg`ayadi. Ana shu insoniyatga hayot baxsh etgan tabiatni muxofaza qilishga keng xalq ommasini jalb etish, tabiiy boyliklardan o`z o`rnida tadbirkorlik bilan foydalanishga diqqat-e`tiborini qaratish lozim bo`ladi.
Bunda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi:

  • Tabiat borasidagi bilimlarni kengaytirishga imkoniyat yaratish, atrof-muhit muhofazasi bilan bog`liq qonunchilikni yoritib berish.

  • Yoshlarning o`z fuqalik burchlarini anglab yetishlari, tabiat muhofazasi borasida o`zlarining ma`lumotlarini his eta bilimlarini tushuntirish.

  • tabiatni muhofaza qilish ishlariga yoshlarni jalb etish.

  • tabiat boyliklarini himoya etuvchi davlat mutasaddi tashkilotlari bilan uzviy bog`langan holda faoliyat ko`rsatish.

Maktablarda, o`rta maxsus, kasb-hunar kollegilarida va oliy o`quv yurtlarida, sanoat ishlab chiqarish korxonalarida, shuningdek fermer xo`jaliklarida, madaniyat uylarida, oqibat resurs markazlarida, tabiatsevarlar klubi, yoshlar ijodxonlari, tabiatni muxofaza qilish jamiyatlari, o`lkashunoslik muzeylari, burchanlari tashkil etilib, ularda o`lkaning tabiati, boyliklarini ko`rsatadigan, himoya etadigan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiat muhofazasi talqin etiladigan kechalar tashkil etilib, ularda o`qituvchi pedagoglar, olimlar bilan yoshlarning muloqotini o`tkazish ham hayirli tadbirlardan hisoblanadi.
O`lka bo`ylab biologik safarlarda yoshlarni jalb etish, ularni tabiatning ko`rkam namunalari bo`lmish nabodot olami, hayvonot hamda qushlar dunyosi bilan tanishtirish ularda tabiatga nisbatan ishtiyoqini oshirmay qo`ymaydi. Hali tabiatni birorta hujjatda,manbalarda qayd etilmagan yangi-yangi ajoyib yodgorliklarni toppish, mo`jizali manzaralarni kashf ularni himoya qilish taqsimga loyiq tadbirlardan hisoblanadi.
Yoshlarning gazeta va jurnallarda, shuningdek radio hamda televideniyelarda doimiy ruknlar tashkil etib, ularning sahifalarida, ko`rsatuvlarda, eshittirishlarda tabiatni madh etuvchi, uning ehsonlarini muhofaza etuvchi ma`lumotlar yoritilishi shart.
Tabiat muhofazasi bo`yicha ishlab turgan muassasalarda tabiatni madh etiladigan, uni muhofaza etishga bag`ishlangan havaskorlik filmlari, fotosuratlar, rasmlar, shuningdek maqola va ocherklar uchun tanlovlar o`rnatilishi ham atrof-muhitni pokiza saqlash borasida, uning ne`matlarini ardoqlash, himoya etishda katta yordam beruvchi vositalardan biri hisoblanadi.(1-sxema)
Davriy ravishda respublika, viloyat, tumanlarda elyotlar, yosh olimlar, mutaxassislar, faollarining tabiat muhofazasi muammolari bo`yicha seminarlarni o`tkazish zarur tadbirlarni hisoblandi.
Yosh tabiatshunoslar stansiyasi, yosh sayohatchilar klublari, yoshlarni ijodiyot saroylarining ishlash kengatirishga harakat qilishi lozim.
O`quvchi ekologik madaniyatni shakllantirishda jamoatchilik va maktab.
1-sxema



Konferensiyalar, elyotlar seminarlar treninglar

Yosh tabiathsunoslar stansiyasi, yosh sayohatchilar



Yosh olimlar mutaxassislar faollar bilan uchrashuvlar.

TMQ bo`yicha maslahatxonalar “yashil posbonlar” tashkiloti, to`garak ishlari

Shanbaliklar, tabiat qo`yniga sayohatlar

Yoshlar ijodiyot saroylari, axborot resurs markazlari

Maqola ocherk hikoyalar

Xavaskorlik filmlari, fotosuratlar rasmlar

Radio va televedeniye

Gazeta jurnal

O`quvchi yoshlar va xalq ommasi

Sayyohlarning makani, dam olish go`shalari (turistik bazalari), ko`rkam manzilgohlarda tabiat muhofazasi mavzusiga bag`ishlangan burchaklar, ko`rgazma-stendlar muttasil ravishda yangilab turishi kerak.


Yoshlarning tabiiy boylilari tiklash hamda muhofazasi qilishga jalb qilishni va borada o`rmon hamda bog` oyliklari, shanbaliklar hamda yakshanbaliklar tashkil qilishni xayrli ishlardan hisoblanadi.
Faslga qarab obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish ishlarining ommaviy holda o`tkazilishi, Navro`z bahor bayramlarini tabiat muxofazasi bilan olib boorish kutilgan natija beradi. Bu borada “Qushlar kuni”, “Gullar bayrami”ni o`tkazish ham ijobiy tadbirlardan hisoblanadi.
Ko`rkam qushlar, dam olish maskanlariga ilk bor kelgan kishilarga tabiat muhofazasi bo`yicha maslahat berish, ularni nodir va noyob o`simlik hamda hayvonot olami nomlari bilan tanishtirish zarur amallaridir. Sayr qiluvchilar, sayyohlarni ma`lum bir yo`nalish bilan uyushtirishda albatta tabiatga ozor bermaslik masalalari asosiy o`rinda turmog`I lozim. Dam olishga chiqqanlar o`zlari dam olgan joylarni ifloslantirmasliklari, toptamasiliklari, giyohlarni payhon qilmasliklari darkor. Bu borada keng va chuqur tushuntirish ishlari olib borilishi lozim bo`ladi.




    1. Download 73.34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling