Ekologik ta'lim tarbiya masalalari


II.BOB EKOLOGIK ONG VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH


Download 136.5 Kb.
bet6/11
Sana07.04.2023
Hajmi136.5 Kb.
#1339990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ekologik ta\'lim tarbiya masalalari

II.BOB EKOLOGIK ONG VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH
Ekologik ta’lim tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Yoshlarda ekologik tushunchalarni shakllantirish.
Ekologiya uslubiyoti pedagogika fanlari tizimiga kiradi. Ekologiya uslubiyotining asosi maktab ekologiyasi va ular bilan alohida bo`lgan tabiiy fanlar biologiya, tabiiy geografiya, inson ekologiyasi, sotsial ekologiya, geoekologiya, global ekologiya, gidroekologiya va boshqalar kiradi.
Ta’lim-tarbiya umumiy didaktikani tadqiq qiladi. Ya’ni diktaturaning mohiyati ta’lim-tarbiya jarayoni bilan hisoblanadi. U aniq o`quv fanlar uchun ta’lim-tarbiya jarayoni bilan shug`ullanmaydi. Demak Ekologiya o`qitish uslubiyoti ilmiy pedagogik fan bo`lib, ularni o`quvchilarga ekologiyadan puxta bilim berish, ularni dialestik, materialestik dunyoqarash ruhida tarbiyalash va o`qitiladigan ekologiya fanining maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, usullarini hamda ekologiya o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Ekologiya o`qitish uslubiyotini asosiy fan sifatida universittlar va boshqa o`quv yurtlari ekologiya fakultetlarining o`quv rejasiga kiritilishi va uni o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad bo`lajak o`quvchilarni maktabda o`qitishning ilmiy asoslar bilan qurollantirishdan iborat.
Bilim nazariyaviy ekologiya o`qitish uslubiyotining metodik asosini tashkil etadi.
Ekologiya o`qitish uslubiyoti tadqiq qiladigan metodik va nazariy muammolarga ilmiy tadqiqot usullari va predmeti (tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta’siriga qanday javob beradi, bularning hammasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi.)
Chet ellarda va O`zbekistonda ekologiya ta’limi: Ekologiya va uning alohida bo`limlari va usullari kurslari bo`yicha o`qitish maqsadi va vazifalari;
Ekologiya bilimlarini egallashda ta’lim bilan tarbiyaning birligi; o`quvchilarga ekologik bilim ko`nikma va malakalari dunyoqarashini shakllantirish ekologiya ta’limi jarayonining ilmiy qonuniyatlari kiradi.
Shunday qilib, ekologiya ta’limi uslubiyoti fanimazmunan boy va xilma-xildir. Ekologiya fanining mazmuni maktabda uni o`qitish va o`quvchilarning o`rganish faoliyati orqali ularning ongigatarbiyasi hamda kamol topishiga yordam beradi.
Ekologiya o`qitishning uslubiyoti vazifalari. Har bir maktab ekologiya kursining sinflari bo`yicha maqsadi mazmuni va ahamiyatini belgilash, ularni mazmunini takomillashtirish, o`quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olgan holda ekologiya fanidagi asosiy g`oya faqat tushuncha va qonuniyatlarni ajratib olish;
O`quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olgan holda o`zlashtirishga imkon beradigan yo`llarni aniqlash;
O`quvchilarga amaliy ko`nikma va malakalarini singdirish imkoniyatlarini aniqlash;
Ta’lim jarayonida o`quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini ta’minlaydigan samarali usullarini aniqlash;
Darslik va boshqa o`quv qo`llanmalarga qo`yiladigan talablarni ishlab chiqish qurollar bo`yicha o`quvchilar yoshiga mos keladigan o`quv qurollarga bo`lgan talablarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish uslubiyotini ishlab chiqish;
O`quvchilarni o`lkashunoslik va sinfdan tashqari ishlarni mazmuni turlari va usullari bilan tanishtirish;
Ekologiyaga oid fakultativ kurslar va dasturlar usullarini yaratish;
Xulosa qilib aytganda ekologiya uslubiyoti vazifalarini 3guruhga ajratish mumkin;
1. Ekologiya o`qitish uslubiyoti o`quvchiga ekologiyadan qanday bilimlar berishni aniqlash uchun asosiy va fakultativ kurslarda beriladidan bilim va hosil qilinadigan ko`nikma, malakalarni shakllantirish;
2. Ta’lim uzaytirish shakllarini aniqlash. Har bir shaklga oid usul, o`quv jihozlari, sinfdan tashqari ishlarni aniqlash;
3. O`quvchilarning o`quv metallarini o`zlashtirish, ularni tarbiyalanishi ta’lim jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Inson voqelikni bilim jarayonida narsalarni bir-biri bilan qiyoslaydi, ularni taqqoslaydi, o`xshashligi va farqlarni aniqlaydi. Tahlil va sintez yo`li bilan narsa va hodisalarning mohiyatini ochadi, fikran ularning belgilarini ajratadi va umulashtiradi. Natijada odatda voqelikdagi narsa va hodisalar to`g`risida tushuncha hosil bo`ladi.


Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Tushunchalar mohiyati jihatdan aniq va mavhum tushunchalarga ajratiladi. Bir butun narsaga aloqador tushuncha aniq tushuncha deyiladi.
Moddiy borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi kxususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek narsalar o`rtasidagi ichki munosabatlarga qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abekfakt tushunchalar deb ataladi. Masalan: Populyatsiya turlar, biogeosenoz, sinkekologiya, daryo, tabiat zonasi umumiy tushunchalarda bir jinsda bo`lgan ko`p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Umumiy tushunchalarga alohida narsa va hodisalar kirmasdan, balki bir xil nom bilan ataluvchi narsa va hodisalar kiradi. Masalan: Ko`l, iqlim, o`rmon, daryo va hokazo.
Yakka tushunchalar yakka obyekt va hodisa haqidagi ekologik nom bilan ataluvchi tushunchadir. Amudaryo, Orol dengizi, Tallimarjon suv ombori yoki Qarshi cho`li va hokazo. Yakka (mintaqaviy) tushunchalar o`ziga xos yig`ma tuhunchalardan iborat bo`ladi. Masalan: Qashqadaryo yakka tushunchasi o`z ichiga ko`p yakka tushunchalarni oladi. Qashqadaryo o`simliklari, Qashqadaryo hayvonlari, Qashqadaryo suvlari, Qashqadaryo tuproqlari va hokazo. Yakka tushunchalar mazmuni ularga ekologik ta’rif berish orqali ochiladi. Ekologik tushunchalarni shakllantirish uzoq va murakkab jarayon.
Tushunchalarni egallash uning negizida tushunchalarni egallash uchun asos bo`lib xizmat qiladi va tushunchalar o`rtasida to`g`ri aloqadorlik o`rnatishini ta’minlaydi. Tushunchalarni egallash deganda uning mazmunini hamda u bilan bog`liq bo`lgan tasavvurlarni egallash tushuniladi. Ekologik tushunchalarni egallashning eng asosiy tomoni shundaki, ularga ta’rif bermay turib uni egallab bo`lmaydi.

Download 136.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling