Ekologik ta'lim tarbiya masalalari
Yoshlarni ekologik ruhda tarbiyalash
Download 136.5 Kb.
|
Ekologik ta\'lim tarbiya masalalari
Yoshlarni ekologik ruhda tarbiyalash
Namangan viloyati o'lkani o'rganish muzeyi o‘z o'lkasi tarixini, san'atini, mahalliy urf odatlari va umumiy hayotini o'rganib, namoyishgohlarda shu ko‘rinishlarni aks ettiruvchi ilmiy-oqartuv muassasa hisoblanadi. Ma'lumki, muzeyga 1920 yilda Namangan shahridagi 1-o‘rta maktabning fizika o'qituvchisi Ivanov asos solgan bo'lib, shu yillar davomida u butun vodiy xalqlari hayotidan namunalar yig'a boshladi. Keyingi yillarda muzey jamoatchiligini ilmiy izlanish ishlari yanada kuchaytirildi, aholi o'rtasida ilmiy-oqartuv ishlarni keng avj oldirdi. Hozirgi davrda Namangan o'lkashunoslik muzeyida tabiat, ma'naviyat, adabiyot va san'at, zahira, tarix, uslubiyat bo'limlari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgan keyingi yillarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, muzeyda ko'plab Ilmiy jihatdan muhim bo'lgan ko'rgazmalar tashrif buyuruvchilarning dunyoqarashi va fikr doirasining o'sib borishi uchun katta ozuqa bo'lib xizmat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim va Xalq ta'limi vazirliklari hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat sining 2005 yil 7 noyabrdagi respublikada ekologik ta'limni rivojlantirish borasidagi qo'shma qarori va uning asosida ishlab chiqilgan Dasturga muvofiq viloyatlarda o'lkashunoslik muzeylari tashkil etish va ularni rivojlantirish belgilangan bo'lib, bu bo'yicha viloyat o'lkani o'rganish muzeyi hamda viloyat tabiatni muhofaza qilish qomitasi o'zaro hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan o'qilgan ko'plab ilmiy ma'ruzalar va suhbatlar muzeyning o'zida uyushtirilayotgan tadbirlar, ko'rgazmalar muzeyga keluvchilarni vodiy turmushi, tarixi, tabiati bilan tanishtirish qatorida, ularda Vatanga bo'lgan muhabbatni, sadoqatni oshirishi tabiiy. Yoshlar tabiat namoyishgohidan uning tabiati, o'simliklar va hayvonot olamiga, yer osti va yer usti boyliklariga nisbatan mehr ko'zi bilan qarab, o'zlarida hayotning ushbu mo'jizalarini ko'z qorachig'iday asrash hissini uyg'unlashtiradilar. Namangan viloyatida tabiatni qo'riqlashni o'ziga xos xususiyatlari, relyef tuzilishi, xududning o'zlashtirish darajasini yuqoriligi, aholi zichligi, yer va suv resurslarining chegaralanganligi bilan belgilanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari avvalo viloyatning tabiiy resurslarini xilma-xil foydali qazilmalarini, yer suvlarini (yer osti va yer usti suvlari), asrash, ulardan oqilona foydalanish va uni tiklash hamda atmosfera havosi musaffoligini saqlash bilan bog'liqdir. Bu borada muzey ilmiy xodimlarining ko'plab ma'ruzalari ham borki, bular yosh avlodni ekologik ruhda tarbiyalashda katta omil va pedagoglar uchun ko'makdir. «Ona tabiat sahovati», «Suv hayot manbaidir», «Namangan gullar shaxri», «Farg'ona vodiysi tabiati», «O'lkamizga bahor keldi», «Namanganning oltin kuzi», «Qora oltin va uning xislatlari» va boshqa mavzulardagi ko'plab ma'ruzalar muzey xodimlari tomonidan o'tkazilayotgan mazmunli ekskursiyalar, o'quvchi yoshlar bilan olib borilayotgan suhbatlar shular jumlasidandir. Ayniqsa, viloyat hokimligining keng qamrovli fuqarolar, o'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida ma'naviy - ma'rifiy ishlarini kuchaytirishga qaratilgan tadbir-rejasiga ko'ra haftaning har payshanba kuni maktab o'quvchilari uchun «Muzeylar kuni» deb belgilanishi hamda muzey ma'muriyati o'quv maskanlari jamoalari bilan o'quv yili boshidanoq o'zlari shartnoma tuzib, unga ko'ra muzeyning ko'rgazma zallarida o'lkashunoslikka bag'ishlangan ochiq darslarni muntazam ravishda otkazilishi ijobiy natija bermoqda. Muzeyning «Tabiat bo'limi»da tashkil etilgan «Yosh ekologlar» to'garagining qisqa vaqt ichida o'zining ko'plab a'zolariga ega bo'lishi bilan birgalikda ekologiyaga bag'ishlangan ko'plab tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Bunda Namangan shahridagi 5, 7, 8,19-maktab vakillari olib borayotgan ishlar tahsinga sazovor. T o'garak a'zolari mashgulotlarda Namangan viloyatida «Qizil kitob»ga kiritilgan o'simlik turlaridan yo vv oyi uzum, chinnigul, zira, bodom, tog' piyozi, qizil, sariq va oq lolalar, siroch, yowoyi nok kabilarning jiddiy tarzda muhofazaga muhtojligi, Namangan viloyati hayvonot dunyosiga boy b o'lishiga qaramay, hududning intensiv o'zlashtirilishi oqibatida sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, baliqlarning k o'pgina turlari tobora kamayib ketayotganligi muammolari ham tahlil qilib borilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Haqiqatda viloyatda tustovuq, t o'qay quyoni, cho'l burguti deyarli qolmadi; o'rdak, suv mushugi, yo vv oyi t o'ng'iz, su g'ur, tulki, b o'ri kamaydi; ov ahamiyatiga molik zog'ora baliq, gulmoyi (forel), ch o'rtan baliq miqdori kamaydi. Namangan viloyatida y o'qolib ketayotgan o'simlik va ha y vonot dunyosini saqlab qolish maqsadida tekislik, adir orti va tog' oldi mintaqalarida tirik tabiat muzeylarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ana shulardan kelib chiqib, Namangan viloyat o'lkani o'rganish muzeyi ma'muriyati viloyat hokimligiga muzey imkoniyatidan kelib chiqqan holda Farg'ona vodiysida yagona b o'lgan kichik hayvonot bog'ini tashkil etish t o'g'risidagi loyihani havola etdilar. Bu esa ona tabiatni chuqurroq o'rganish, undagi noyob va yo'qolib borayotgan o'simlik va hayvonot dunyosi vakillariga o'ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda b o'lishni targ'ib etishda hayvonot bog'ining ahamiyati katta ekanligini namoyish etishdir. Bundan tashqari bolalar bog'chalarida, o'quv muassasalarida ham «Tirik burchak»lar, issiqxonalar tashkil etish orqali yoshlarda Ona tabiatga b o'lgan muhabbatni shakllantirish lozim. Hulosa qilib shuni aytish joizki, barcha viloyatlarda faoliyat ko'rsatayotgan o'lkashunoslik muzeylari ishini y anada kuchaytirish, ularda «Tabiat» yoki «Ekologiya» bo'limlari nafa q at yoshlarni balki barcha aholi qatlamlarining ekologik madaniyatini yuksaltirishda asosiy omil bo'lib xizmat qilmog'i lozim. "Yuksak ekologik madaniyat - yuksak taraqqiyot" Mamlakatimiz mustaqillikka erishilgandan sыng barcha soщalar singari ekologiya, atrof-muhit muhofazasi sohasiga ham jiddiy e’tibor berila boshlandi. Ayniqsa kelajagimiz vorislari bo’lgan yosh avlodning ekologik madaniyatini shakllantirish, ona tabiatga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda joriy yilning 15 yanvarida Milliy Matbuot markazida Toshkent viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan "Yuksak ekologik madaniyat - yuksak taraqqiyot" mavzusida matbuot konferensiyasi o’tkazildi. Matbuot konferensiyasida olimlar, Respublika oliy o’quv yurtlari vakillari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Konferensiya jarayonida viloyat qo‘mitasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, poytaxt viloyatidagi ekologik muammolar xaqida atroflicha fikr yuritildi. An’anaga ko’ra tadbir nixoyasida tashkilotchilar qo‘mita tomonidan nashr qilingan ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha chiqarilgan adabiyotlar taqdimotini o‘tkazdilar. Taqdim qilingan adabiyotlar talaba va o‘quvchi yoshlar qo‘liga yetib borishi uchun Oliy, o‘rta maxsus va o‘rta ta’lim muassasalari vakillariga tarqatildi. Kelgusida bu kabi tadbirlar doimiy ravishda o’tkazilib turilishiga ham kelishib olindi. Xozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta'siri natijasida atrof muhitda sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Jumladan, iqlim o'zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o'rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoiqda. Tabiiy muhit holatining inson ta'sirida o'zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta'sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta'sirlar natijasida mintaiqadagi ekologik inqirozning eng xavfli nuqtasi xisoblangan "Orol muammosi" vujudga keldi. Bu haqida quyidagi ma'lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 6 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 115 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, (Draining shandy qismida esa 280 g/l gacha etdi. Orol dengizi deyarli "o'lik" dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yyerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko'tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho'llashish sur'atlari o'sib bormoqda. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti LA.Karimovning ta'kidlashicha: "Orol dengizining yo'qolib borishi xavfli ekologik muammo, aytish mumkinki, milliy falokatga aylandi. Orol dengiz muammosi ildizi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Ammo XX asrning 60-90 yillarida u tahdidli darajaga yetdi. Butun Markaziy Osiyo hududi bo‘ylab sug‘orish inshootlarining izchillik bilan qurilishi Orol falokatining sababchisi bo'lib qoldi... Bugungi kunda Orolbo'yi - ekologik falokat hududi", Prezidentimiz fikricha, "Orol inqirozi - insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va ijtimoiy falokatlardan biriga, dengiz havzasida yashovchi 35 mln. axoli uning ta'siri ostida qoldi". Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo'lgan farzandlik burchidir. Ekologik bilim – bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o’zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir-birlari bilan va atrof-muhit o’rtasida bo’lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo’llarini o’zlashtirishdan iboratdir. Ekologik ta'lim va tarbiyaning tub ma'nosi – tabiat va jamiyat o’rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bog’lovchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o’rganish, hayotga tatbiq qilishdan iboratdir. Ekologik ta'lim va tarbiya – bu insonni tabiatga qadam qo’ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e'tibor bilan qaraydigan urf-odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko’paytirish, bog’-rog’lar, gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg’otishdan iboratdir. Insonni urab turgan tabiiy muhit va uning boyliklarini biladigan, undan tejamkorlik bilan foydalanadigan, saqlaydigan, tabiat boyligiga, go’zalligiga go’zallik qo’shadigan, ijtimoiy va tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni yetishtirish – bu ekologik tarbiya maqsadi. Tabiatga nisbatan hurmat va e'tibor bilan qaraydigan insonlar, uning har bir qarich yerida bo’layotgan ijobiy va salbiy o’zgarishlarni sezadi, kuzatadi, tabiatga yordamga boradi, ya'ni yiqilgan butani tiklaydi, kasal hayvonni tuzatadi, davolaydi, iflos suvni tozalashga harakat qiladi, yong’inni o’chiradi va hokazo. Xozirgi kunda jamiyat ichidagi, jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib borayotgan bir davrda, xo’jalikning turli sohalarini rivojlantirish bilan bir qatorda, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanishga oid chuqur bilimli, ekologik ma'lumotli yoshlarni tarbiyalash vaqti keldi. Keyingi yillarda esa ularga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo’lindi. Tabiiy daryolarni bo’g’ib, yo’lini to’sib, sun'iy dengizlar yaratish, cho’llarni o’zlashtirish bilan shug’ullanildi. Bu "yutuqlar" tufayli tabiat qonunlari hamda uning murakkab va nozik muvozanati buzildi. O’zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish, chiroyiga chiroy, ko’rkiga ko’rk qo’shish odatlari bor. Inson tabiatdagi har bir giyoh, o’t-alaf, dov-daraxt, parranda-darrandalarni hamda nimaiki kerakli bor narsani zarur deb biladi. Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so’lim daraxtzorlarni, qoya-g’orlarni, xosiyatli o’t-o’lanlarni, gul-giyohlarni muqaddas bilib asrashga, niyati nopok kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoq osti qilmaslikka alohida e'tibor berib kelganlar. Xalq nopok kishilar haqida shunday iboralar qo’llagan: "Daraxt ko’r qilur", "Moling sutdan qolsin", "Parranda ursin" (qarg’ish), "Daraxtga ko’z olaytirma", “Suvga tupurma, iflos bo’ladi", "Yerni toptamasa, u dunyoliging qolmaydi" kabi naqllar ham bekorga aytilmagan. XULOSA Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab qo’yilganki, «Ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish» hamda tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat: Milliy dasturda boshlang’ich ta’limni amalga oshirish jarayonida «o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy o’quv-ilmiy, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi» deb qayd etilgan ekan, tabiatshunoslik o’qitilishida ham bu vazifa. Biologiya o`qitish metodikasi didaktik printsinlarga tayanadi, ya’ni bolalarning ta’lim-tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini ochib beradigan fan - bu didaktika hisoblanadi. Tabiatshunoslik va biologiyani mazmuni o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, metodikasi esa maktab predmeti mazmuniga asoslanib, kichik maktab o’quvchilarini ta’lim-tarbiyasi va rivojlanish sistemasi mohiyatini ochib beradigan fandir. Metodika boshqa pedagogika fanlari qatori boshlang’ich maktabning bir qator muammolarini yechib, o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yo’llarini ko’rsatib beradi. Predmet vositasida bolalarni qanday o’qitish va tabiat vositasida qanday tarbiyalash kerak degan savolga javob beradi. Bolalarga beriladigan rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaning eng samarali usullarini tabiatshunoslik o’quv materiallari mazmuni orqali berilishini ta’minlaydigan yo’l-yo’riqlar bera oladi. Metodika o’qitish vositalari, o’quv moddiy bazaning tashkil qilish va ish mazmunini belgilab berish masalalarini yechib beradi. Darhaqiqat, pedagogik fan sifatida tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi didaktika bilan bog’langan. Faqat ta’lim va tarbiyaning pedagogik maqsadi hamda vazifalariga asoslangandagina maktab tabiatshunoslik fanini to’g’ri tuzish, boshlang’ich va undan keyingi sinflar o’quv predmetlari tizimida uning o’rni va rolini aniqlash mumkin bo’ladi. O’quv materialini tanlash va uni sinflar bo’yicha taqsimlashga bo’lgan talablar didaktik tamoyillar bilan izohlanadi, ular fanga xos metodik masalalarni hal qilishda, o’qitish metodlarini tanlashda, shuningdek, o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini har xil ko’rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o’quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to’g’ri tanlash mumkin. Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya (birlashish), sintez - barcha ilmiy materiallarning muammolar bo’yicha to’planishi, hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy nazariyaga keltirilishi alohida o’rin egallaydi. Metodika o’qituvchi ijodi uchun ta’lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling