Ekologik tarbiya berish


Download 62.81 Kb.
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi62.81 Kb.
#1394801
  1   2   3   4
Bog'liq
EKOLOGIK TARBIYA BERISH


EKOLOGIK TARBIYA BERISH
Reja:

  1. O’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berishning didaktik asoslari..

  2. Ekologik ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari

  3. Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab chuqur bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lgan yuqori intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimida tub islohotlar о‘tkazila boshlandi. Ushbu islohotlar zamirida ta’lim mazmuni va uni о‘qitish jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga kо‘tarish alohida ahamiyat kasb etdi. Bu borada ekologik ta’lim-tarbiya masalalarini turli fanlar tarkibiga singdirish, uning bir butunligi hamda uzluksiz va uzviyligini ta’minlash asosiy masalalardan biri sifatida e’tirof etildi. Ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida ekologik ma’naviyatni uzluksiz ravishda shakllantirish hozirgi davrdagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining barcha asarlarida tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlik masalalari Respublikamizdagi eng dolzarb muammolardan biri ekanligi, uni hal qilishning samarali yo’llarini, jumladan, ekologik ta’lim va tarbiyaning ustivorligini alohida ko’rsatib o’tganlar. Hozirgi kunda insoniyatni umuminsoniy qadriyatlar asosida birlashtiruvchi yangi mafkura- ekologik mafkura shakllanmoqda. Ekologik mafkura nafaqat umuminsoniy, balki tabiat va inson hayoti uchun yagona bo’lgan umumhayotiy qadriyatlarga tayanadi. Buning uchun o’quvchida ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ong va dunyoqarash hamda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirish lozim. Ekologik madaniyat tabiatni muhofaza qilish madaniyati bo’lib, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik tizimni ongli o’zgartirish madaniyatidir. О‘quvchilarni Vatanga, millatga va milliy qadriyatlarga hurmat, ularga sodiqlik ruhida tarbiyalashda geografiya fani о‘qituvchisining hissasi katta. Chunki geografiya о‘z о‘lkasi, о‘z viloyati va Respublikasini о‘rganishdan boshlanar ekan, о‘quvchi har bir geografik hududdagi tabiiy, ijtimoiy hamda ekologik sharoit bilan tanishib boradi, ustozlarimiz aytganidek, “vatanparvarlik-Vatanni о‘rganishdan boshlanadi” [2]. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish ko’p jihatdan barkamol yoshlarning ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog’liq. O’quvchilarda ekologik savodxonlik darajasini oshirish shu kunning eng ustivor vazifalaridan iboratdir. Ekologik savodxonlikka erishish faqatgina uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni rivojlantirish orqaligina muvafaqqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ish dolzarbligi: ekologik madaniyatli, о‘z burchini tо‘liq tushunishga qodir, ishning kо‘zini biladigan, tabiatga, atrof-muxitga g‘amxо‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab-asraydigan, boyitadigan, eng asosiysi tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo’ladigan barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat.

Download 62.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling