Texnogen favqulodda xodisalar.
Katta korxonalarda favqulodda xodisalar vaqtida hamda ishlab chiqarish texnologiyasi buzilgan vaqtda , xar xil mashinalardan foydalanganda texnik xavfsizlik qoidalariga rio ya qilmaslik natijasida, jiqozlarni saqlash vaqtida xavfsizlik choralari buzilganida , texnogen ko’rinishdagi favqulodda xodisalar paydo bo’ladi. Ularni yetti turga bo’lish mumkin:
1.Transportdagi avariyalar va halokatlar : ekipaj a'zolari va yo’lovchilarni o’limiga, qavo kemalarini to’liq parchalanishiga yoki shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia halokatlar.
Yong’inga, portlashga, xarakatlanuvchi tarkibining buzilisqiga sabab bo’lgan va temir yo’l xodimlarining xolokat xududidagi temir yo’l platformalarida, vokzal binolarida va shaxar imoratlarida bo’lgan odamlar o’limiga , shuningdek, tashilayotgan kuchli ta'sir ko’rsatuvchi zaharli modda (KTZM) lar bilan xalokat joyida tutash xududining zaxarlanishiga olib kelgan temir yo’l transportidagi xalokat va falokatlar.
2.Kimyoviy xavfli ob'ektlardagi avariyalar: tevarak-atrof tabiiy muhitga ta'sir qiluvchi zaxarli moddalarning (avariya holatida) odamlar, xayvonlar va o’simliklarning ko’plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan taqdirda ,yo’l qo’yiladigan chegaraviy konsentrasiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya xududidan chetga chiqishiga sabab bo’ladigan kimyoviy xavfli ob'ektlardagi avariyalar, yong’in va portlashlar.
3. Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob'ektlardagi avariyalar: Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong’in uchun xavfli modddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ob'ektlardagi olamlarning mexanik va termik shikastlanishlariga, zaxarlanishlariga va o’limiga, asosiy ishlab chiqarish zaxiralarining nobud bo’lishiga, favqulodda vaziyatlar xududlarida ishlab chiqarish maromining va odamlar hayot faoliyatining buzilisqiga olib keladigan yong’inlar va portlashlar.
Odamlarning shikastlanishiga , zaxarlanishiga va o’limiga olib keladigan hamda qidiruv-qutqarish ishlarini o’tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjomlarini va vositalarini qo’llashni talab qiluvchi ko’mir shaxtalaridagi hamda kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan boqliq avariyalar, yong’inlar va jinslarning qo’porilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |