Ekologik xavf va uning inson hayotiy faoliyatiga ta’siri Tabiiy ofatlar


Download 23.18 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi23.18 Kb.
#1162605
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik xavf va uning inson hayotiy faoliyatiga ta’siri

Suv bosishi O’zekiston xududida vaqti-vaqti bilan kuzatilib turadigan xodisa bo’lib, ko’pchilik daryolarimizdagi suvlar toshib qirg’oq atrofidagi yashovchi odamlarga moddiy zarar keltiradi.
Suv bosishi deb - daryolarda, suv omborlarida ,ko’llarda suvni o’z meyoridan ko’tarilib , ancha xududni bosib ketishiga aytiladi. Asosiy sababchisi yog’ingarchilikni ko’p va uzoq vaqt bo’lishi, qor va muzliklarni tezlikda erishi, shamolni kuchli ta'siri natijasida suvni ko’tarishi, suvga qarshi qurilgan to’siqlar ko’chib ketishi bo’ladi. Suv muammolarini o’rganish natijalari suv bosishini 4 ta turini belgilab berdi:

  • Tog’dagi qorlar tezda erishi natijasida bahor faslida suvlarni miqdorini ko’payib ketishi.

  • Yog’ingarchilikni ko’p takrorlanishi natijasida suvni yuzasini yuqoriga ko’tarilishi.

  • Qish oylarida daryolarni muzlashi , uni erishi natijasi oqibatida suv yuzasini yuqoriga ko’tarilishi.

  • Bo’ron natijasida suvni yuza qismini ko’tarib suv bosishiga olib kelishi.

Suv bosishini oldini olish uchun , albatta " suv olish havfini" axbort vositalari yordamida oldindan xabarini berish lozim. Aholini himoyalanishiga o’qitish, uni yuqori darajada tashkil etish, suv bosishini oldini oladigan sharoit xisoblanadi.
Qor ko’chishi-bu tog’ bag’rilaridan xar-xil ta'sirot natijasida katta qor ko’chimini sirg’anib tushishi aytiladi. U o’zini xarakat jarayonida boshqa qorlarni ham o’ziga ergashtirib olib keladi. Katta tezlik bilan kelayotgan qor daraxtlarni ag’darishi, uylarni buzib yuborishi, ko’chalarni to’sib qo’yishi mumkin.
O’z o’zidan ma'lumki, qor ko’chishi bir sababsiz bo’lmaydi , agarda kuchli qor bo’ron bilan yog’ganda, qorni ustiga yomqir yoqqanda , qor yog’ayotgan vaqtda xarorat o’zgarsa yoki kuchli bo’ron bo’lib qor uyumlarini ko’chirib yuborganda sodir bo’lishi mumkin. Qor ko’chishi boshlanishi uchun eski qor qatlami qalinroq masalan balandligi 70 sm, yangi yog’ayotganini balandligi undan kichikroq 30 sm bo’lishi oqibatida xam sodir bo’ladi .Qor ko’chishini oldini olish uchun maxsus tog’da qor ko’chish xizmati bor. Bu xizmatni vazifasi o’zi tog’da joylashgan bo’lib, qor qavatlarini va ob- qavoni kuzatib turadi.
Kuzatuvlar asosida oldindan qor ko’chishqi joylarini belgilaydi. Qor ko’chish havfi tug’ilganda qorda yoriq hosil bo’lish, qorni usti nam bo’lganda ustiga qor yog’ishi natijasida ham qor ko’chishi kuzatiladi. Ko’chish havfini ob-havoni keskin o’zgarishi xosil etishi mumkin:

  • Qorni kuchli yoqishi.

  • Kuchli sqamol.

  • Yomqir yog’ishi.

  • Tezlikda isib ketishi.

  • Ob-havoni keskin ochilib ketishi.

Ko’chish sababini qor qatlamini ichida kuchsiz siyrak qorlarni xosil bo’lishi manba xosil qiladi.
Meteorologik xavfli xodisalarga kuchli shamol, bo’ron, to’fon ham kiradi:
Kuchli shamol: o’z navbatida zararli oqibatlari bilan yer silkinishidan kam emas. Kuchli shamol o’zini kucqi bilan niqoyatda katta energiyaga ega bo’ladi. Buni biz yadro portlashidagi energiyaga taqqoslashimiz mumkin. O’zbekiston xududida kuchli shamol yilning istagan vaqtida kutilishi mumkin.
Ularning vaqtlari ma'lum davrlarda takrorlanib turgani uchun aniq aytib berishi mumkin bo’ladi.
O’rama shamollar natijasida ba'zi bir vaqtlarda kuchli yomg’ir, qor yog’ishi, do’l yog’ishi, elektr maydonlarini ko’chishi kuzatiladi. Bo’ron natijasida daraxtlarni ildizi bilan qo’porishi, imoratlarni tomini ko’tarib tashlashi, yuk kranlarini ag’darishi, suvdagi qayiqlarni ko’tarib aqdarib tashlashi, kommunikasiya inshootlarini buzib yuborishi mumkin. Ko’pchilik vaqtda bo’ronlar changli vа qorli shamollarni olib keladi.Kuchli bo’rondan so’ng suv to’siqlari ochilib ketib, suv bosish xolatlariga olib kelgani, poezdni vagonlari bilan ag’dargani , ko’priklarni buzib tashlagani,fabrikalarni mo’rkonlarini ag’darib yuborgan xolatlari ma'lum. Ko’pchilik xolatda kuchli yomg’ir yog’isqi bilan mutanosib xolatda bo’lib, yerni ko’chishiga va sel oqimiga sababchi bo’ladi.
Kuchli shamol katta buzilishlarga sababchi bo’ladi. Bunda shamolni xarakat tezligi bo’rondagiga nisbatan kamroq bo’ladi, davomiyligi esa bir necha soatdan bir necha kungacha bo’lishi mumkin.Yilning fasllariga qarab havoga ko’tarilgan zarrachalarning tarkibiga qarab changli, changsiz, qorli kuchli shamollar bo’lishi mumkin.

Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling