Toshkent davlat transport universiteti kafedra: Fan


Download 168.19 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi168.19 Kb.
#1256345
Bog'liq
MG va GMZ (ziyomov)mustaqil ish


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Kafedra: ___________________________
Fan________________________________
MUSTAQIL ISH


Bajardi:__________________________________
Qabul qildi:_______________________________
2022-yil
Mavzu: Sel hodisasi va uning ahamiyati
Reja.

  1. Sel hodisasi.

  2. Sel kelish sabablari.

  3. Kõchki va sel õpirilishlar.

  4. Sel kelgandan keingi vayronalar.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi (85% holatlarda), tog‘ qorlarining erishi (4% hollarida), tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi (1,3% hollarida) va boshqa sabablar (9,7% hollarda) olib kelishi mumkin. Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sel oqimi, yo‘lidagi barcha binolarni, aholi yashaydigan uylarni, gidrotexnik inshootlarni buzib, qishloq xo‘jalik ekinlarini, bog‘larni payhon qiladi. Odamlar va hayvonlarni nobud qiladi.


O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tog‘ va tog‘ oldi hududlari sel xavfi bo‘lgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan (19%), Farg‘ona (14%), Surxondaryo (13%), Toshkent (12%), Samarkand (12%) va Qashqadaryo viloyatlari (12%) hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.
Sel oqimi vujudga kelishi aprel va may oylariga to‘g‘ri keladi, bu davrda tog‘ va tog‘ oldi hududlarida ko‘p yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan. Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar Sel xavfi bo‘lgan hududlarda yashovchi har bir kishi uning uyi, xo‘jaligini sel kelish hududida joylashganligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak va Uzgidromet, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan ko‘rsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya qilish yo‘l-yo‘riqlariga albatta amal qilishi lozim.
Sel oqimining o‘tishi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bo‘lganligi bir necha marta qayd qilingan).
Sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida habar eshitgandan so‘ng darxol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.
Sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.
Sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur. Sel oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar Doimo sel-suv toshqini ro‘y berishi ehtimol bo‘lgan hududlarda joylashgan uy-joylar va boshqa ob’ektlar ro‘yxati aniqlanib turiladi, aholi va ob’ektlarni muhofaza qilish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarning yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan tegishli tavsiyanomalar tarqatiladi.
Sel oqimi xavfi bo‘lgan qayirlarda ishlab chiqarish muassasalari va uy-joylarini ishonchli muhofaza inshootlari bo‘lmagan va O‘zgidromet bilan kelishilmagan holda qurish qat’iyan man etiladi.
Sel xavfi yuzaga kelganda kuzatuv va xabar berish xizmati tashkil etiladi. Quyidagi agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi: yonbag‘irlarda erga ko‘ndalangiga ishlov berish, tog‘ yonbag‘irlarini pog‘ona-pog‘ona qilish, tog‘ adirlarida suv yo‘llari ochish, er haydalib ekiladigan ekinlarni ekishga yo‘l qo‘ymaslik, emirilishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, daryo o‘zanlari, tog‘ adirlarida o‘rmonchilikni tashkil etish va ularni saqlash. Sel omborlari, selni ushlab turuvchi, selni boshqaruvchi va selga qarshi gidrotexnik inshoot, selxonalarni qurish ishlari amalga oshiriladi. Respublikamizning tog`li, tog`oldi, daryo bo`ylari hududlarida yashaydigan aholi va xalq xo`jaligi ob’ektlariga katta xavf tug`diradigan tabiiy ofatlardan biri yer kuchishidir.

Ko`chki sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlarga Toshkent, Andijon, Fargona, Samarqand, Surxondaryo, Qashqaqaryo, shuningdek, Jizzax va Naman gan viloyatlarining ayrim tumanlari kiradi. Har yili respublikamizda 150-250 ta ko`chki hodisasi sodir bo`ladi. Og`irlik ta’sirida tog` jinslarining tog` yonbag`ri bo`ylab siljishi ko`chki deb ataladi. Ko`chkilar tog` yonbag`rini suv yuvishi natijasida qiyalikning oshishi, shamollar ta’sirida yoki yog`inlar va yer osti suvlaridan namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, seysmik tebranishlar ta’siri hamda joyning geologik sharoitini hisobga olmay inson tomonidan olib borilgan xo`jalik faoliyati ta’siridan sodir bo`lishi mumkin.
Ko`chkilarning 90% tog`larda, 1000-1700 m balandlikda ro`y beradi. Tik tushgan va jarli tog` yonbag`irlarida, daryo vodiylarida va dengiz qirg`oqlarida asosan, shamol uchirib ketishi (nurash), yer usti va yer osti suvlari faoliyati ta’sirida tog` jinslarining bo`shashishi hisobiga katta massalar va tog` jinslarining uzilib, ag`darilib tushishi o`pirilish deb ataladi.
Ko'chki harakati va bahosi TezlikHarakat bahosi 3 m/sek jadal 0,3 m/daqiqa faol 1,5 m.sut tez 1,5 m/oy me`yorida 1,5 m/yil juda sekin 006m/yiljudahamsekin Tog jinslari va yer massasi siljishlari turli belgilarda namoyon bo`ladi: eshik va derazalarning yopilmay yoki qisilib qolishi; tuproqda yangi yoriqlar va darzlarning paydo bo`lishi; ichki va tashqi devorlardagi, suv quvurlari atrofida, asfalt yuzasidagi kutilmagan darzlar; yonbag`irlar poyida yer bo`rtib chiqishi, yer osti suvlarining yangi-yangi joylardan chiqa boshlashi, de vorlar va daraxtlarning siljiy boshlashi; gumburlash eshitilishi va zo`raya borishi; yangi xavf manbalarining paydo bo`lishi va oldingi xavf manbalarining yo`qolishi; Tabiiy ofatning bu turini oldini olish mumkinmi? Buning uchun qanday muhofaza tadbirlari olib borilishi kerak? Ko`chki xavfi paydo bo`lganda tezlikda xavfli hududni tark etish lozim. Ko`chki yoki sel belgilari to`g`risida hukumat organlariga xabar berish kerak. Xavf kuchli bo`lgan joylarda o`ta ehtiyotkor bo`lib harakat qilish va xavfsizlik tadbirlarini ko`rish zarur.
Ko`chkining yana bir turi - qor ko`chkisidir. Bu tog yonbag`irlarida harakatga kelgan va surilayotgan qor massasining o`pirilishidir. Qor ko`chkisi doimiy qor qoplamiga ega bo`lgan barcha tog`li rayonlarda yuz berishi mumkin. Qop ko`chkisi katta hajmdagi qor massasi bo`lib, u 20-30 m/s tezlikda harakat qiladi. U 25-30 m o`lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko`chkidan pay do bo`lishi mumkin. 150 m.kub hajmdagi ko`chkining og`irligi 20 dan 30 t.gacha yetadi.
Qor ko`chkisining uch turi bo`ladi: 1. Yangi yoqqan qordan (qor yog`ishi vaqtida yoki undan keyin hosil bo`ladi). 2. Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog`liq.
Qor ko`chkilari sel oqimlari ko`chki o`pirilish suv toshqinlariga olib keladi 1999-yil 21-noyabr kuni Toshkent-O`sh avtomobil yo`lining «Qamchiq» dovonida qor ko`chkisi sodir bo`ldi. Soat 5:30 dan 12 largacha 8 bor qor ko`chishi takrorlanishi oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobil qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinaning chuqurlik tomon surib tushirilgani aniqlandi.

Qor ko`chkisi natijasida 29 odam halok bo`ldi, 400 transport vositasi va 1200 dan ortiq yo`lovchi qutqarib qolindi. Qor ko`chkisiga duch kelib qolsangiz quyidagi muhofaza choralari sizga yaqindan yordam beradi:
Qor ko`chkisi yaqinlashib qolgan bo`lsa, avvalo, gorizontal holatni egallab, qor yuzasida qolishga harakat qiling. Tizzalaringizni qoringa tortib, kaftlaringiz bilan yuzingizni qor massasidan muhofaza qilishga harakat qiling. Bu holat og`iz va burningiz qor bilan to`lib qolmasligiga va yuzingiz oldida havo bo`shlig`i bo`lishiga yordam beradi.
Ko`chki to`xtagandan so`ng yuzin giz va ko`kragingiz oldini kengaytirishga harakat qiling. So`ngra yuqori tomon qayerdayu, pastki tomon qayerdaligini aniqlab olish zarur. Buning uchun so`lagingizni ko`lingizga olib uni oqizib ko`ring.
So`lak pastlik qayerda ekanligini ko`rsatadi va siz qarama-qarshi tomonga harakat qilishingiz kerak bo`ladi. Har qanday holda ham uxlamang. Erinmay yuqoriga tirmashavering. Sizni qidirishayotganligini doimo yodda tuting. Sel - kuchli oqim, ya’ni tog` daryolari o`zanlarida to`satdan shakllanuvchi, katta hajmdagi tosh, qum va boshqa qattiq materiallarga ega vaqtinchalik suv oqimi.
Kuchli va uzluksiz davom etgan yog`in, qor va muzliklarning tez erishi selning yuzaga kelishi uchun sababchi bo`ladi. Odatdagi oqimlardan farqli ularoq, sel uzluk siz oqim sifatida emas, balki alohida tulqinlar tarzida harakat qiladi.
Shuningdek, o`zi bilan birga yuzlab tonna, ayrim hollarda millionlab kubometr yopipshoq massani olib keladi. Ayrim tosh va bulaklarning o`lchami ko`ndalangiga 3-4 m.ga yetadi.
Sel to`siqqa uchragandan so`ng, ularni oshib o`tadi va yanada kuchli bo`la boradi. 2017 yil 1 aprelga o‘tar kechasi Kolumbiyada o‘z qirg‘oqlaridan chiqib ketgan Mokoa, Sangoyako va Mulatos daryolari sel oqimlarini keltirib chiqardi. U 45 ming aholiga ega Mokoa shahrining 17 tumanida qayd etildi. Halok bo‘lganlar haqidagi so‘nggi ma'lumotlar 254 kishining o‘limidan dalolat beradi.
Shuningdek, mahalliy Qizil Hoch ma'lumotlariga ko‘ra, yana 400 kishi jarohat olgan, 220 nafari bedarak yo‘qolgan deb topilgan. 2016 yilning may oyi oxirida Qirg‘izistondagi Qadamjoy tumanida biryo‘la bir necha sel oqimlari qayd etilgan. 84 xonadon suv ostida qolgan, bundan tashqari, 95 uyning hududini suv bosgan.
Tabiiy ofat 25 kilometr yo‘lni yuvib ketgan, 12 ko‘prikni vayron qilgan, elektr uzatish liniyalari va 21 avtomashinaga ziyon yetkazgan. 5 nafar kishi halok bo‘lgan, bir bola bedarak yo‘qolgan. 2015 yilning iyunida anomal issiq havo muzliklarning erishiga olib keldi, natijada Tojikistonning tog‘li hududlariga sel oqimlari keldi.
Tabiiy ofatdan ko‘rilgan umumiy zarar hukumat tomonidan 600 million somoniy (taxminan 92 million dollar)ga baholangan. Sel oqimlari natijasida 8 nafar kishi halok bo‘lgan. 2014 yilning may oyi oxirida Xitoyning janubida juda kuchli sel yomg‘irlari yog‘di. Tabiiy ofat eng ko‘p Guanchjou, Chjaotsin va Tsin'yuan shaharlariga ziyon yetkazgan. Daryolar qirg‘oqdan oshib, sel oqimlarini hosil qilgan. Natijada 16 tezkor magistral yopilgan, 1.1 mingdan ziyod uy vayron bo‘lgan. 19 kishi halok bo‘lgan, yana 7 nafari bedarak yo‘qolgan. Bunday kuchli yog‘inlar provinsiyada yuz yilda bir marta qayd etiladi. 2014 yilning 13 aprelida Tojikistonning janubi-sharqidagi qishloqlarga sel oqimlari kelgan. Sho‘robod tumanida taxminan 10 uy vayron bo‘lgan, 50 turar-joy binosiga ziyon yetgan. Vose tumanidagi To‘garak qishlog‘idagi 250 uy zarar ko‘rgan ekin maydonlariga katta ziyon yetgan 14 kishi halok bo‘lgan 2011 yilning 12 yanvaridagi kuchli jala Riode Janeyroning togli hududidagi bir necha shaharda kuchli yer ko‘chishiga olib kelgan.
Mintaqada bir kecha-kunduzda 800 millimetrga yaqin yog‘in qayd etilgan, bu oylik me'yorga to‘g‘ri keladi. Tabiiy ofat natijasida 630 dan ziyod kishi halok bo‘ldi, 13 ming nafardan ortig‘i uysiz qoldi. Bu kataklizma Braziliya tarixidagi eng yirik tabiiy ofat sifatida kiritildi. 2010 yilning 20 sentabrida Xitoy janubidagi Gunadun provinsiyasida qayd etilgan Fanapi to‘foni sel oqimlari va yer ko‘chishlariga olib keldi. So‘nggi 200 yildagi eng kuchli yog‘inlar kamida 70 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, yana 65 nafar mahalliy aholi bedarak yo‘qoldi.
Tabiiy ofat deyarli 4 ming uyni vayron qildi, 42 ming gektar yerdagi qishloq xo‘jalik ekinlarini payxon qildi. Xavfsiz mintaqalarga evakuatsiya qilinganlar soni 95 ming kishidan oshgan. 2010 yilning 4 sentabrida Gvatemaladagi sel yomg‘irlari natijasida bir sutkada 40 ga yaqin ko‘chki va sel qayd etilgan, o‘nlab daryolar qirg‘oqdan toshib, ko‘priklar va yo‘llar vayron bo‘lgan. 10 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilingan.
Mamlakatda favqulodda vaziyat e'lon qilingan. Halok bo‘lganlar soni kamida 45 kishidan iborat bo‘lgan. 2010 yilning 16 avgustida Xitoyning Gansu provinsiyasida kuchli sel yomg‘irlari qayd etildi. Tabiiy ofat 30 gektardan ortiq yerdagi ekinlarni yo‘q qildi va 15,2 ming turar-joy binosiga ziyon yetkazdi. 36 kishi halok bo‘ldi, 23 nafari bedarak yo‘qoldi.
2010 yilning 9 avgustida Hindistonning Jammu va Kashmir shtatlaridagi sel yomg‘irlari 145 kishining o‘limiga va 500 kishining bedarak yo‘qolishiga sabab bo‘lgan.
Ko‘plab binolar va infratuzilma obektlariga katta ziyon yetgan. 2010 yilning 7 avgustida Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida 1250 kishi sel yomg‘irlari natijasida halok bo‘ldi, yana 500 nafari bedarak yo‘qoldi. 2010 yil 28 iyunda Xitoyning Guychjou provinsiyasidagi Dachjay aholi punktiga yirik sel keldi.
Qishloqni suv bosishi natijasida 99 kishi halok bo‘ldi, ulardan kamida 30 nafari - boshlang‘ich sinf o‘quvchilari. Sel atigi ikki daqiqa ichida butun qishloqni qamrab olgani tufayli undan himoyalanishga imkon qolmadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. https://hozir.org/sel-haqida-tushuncha-reja.html

  2. Ziyonet.uz

Download 168.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling