Ekologistikada mintaqaviy iqtisodiyotning klasterli strukturasi
Noyob tabiat yodgorliklaridan foydalanish va muhofaza etish
Download 26.56 Kb.
|
Ekologistikada mintaqaviy iqtisodiyotning klasterli strukturasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geologik – geomorfologik
- Peleontologik
Noyob tabiat yodgorliklaridan foydalanish va muhofaza etish
Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan obekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy obektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg‘ol qilinadigan qo‘riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy obektlar «tabiat yodgorliklari» deb qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari» terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O‘tgan asrimizning boshlaridayoq Yevropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi. Tabiat yodgorliklari tabiatning o‘zgarishi va unda sodir bo‘layotgan jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy – tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega. Umumiy harakteriga ko‘ra, tabiat yodgorliklari geologik – geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo‘linadi. Geologik – geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog‘ jinslari, karst voronkalari, relef shakllari, g‘orlar, issiq suvli mineral buloqlar kiradi. Mamlakatimizdagi Kilsi (Qirqtog‘da), Qorlug‘ (Ko‘hitang tog‘ida), Hazratidovut (Zirabuloq tog‘ida), Amir Temur g‘orlari, Zarafshon tizmasidagi karstlarni misol keltirish mumkin. Botanik yodgorliklarga yuz yillik daraxtlar, yo‘qolib ketayotgan relikt o‘simliklar kiradi. Bu yodgorliklarga Surxondaryo viloyatidagi, Urgut tumanidagi ming yillik chinorlarni kiritish mumkin. Peleontologik yodgorliklarga toshga aylangan organizm va qirilib ketgan hayvonlarning izlar qolgan joylar kiradi. Landshaft yodgorliklariga ajoyib qoyalar, sharsharalar, daralar, ajoyib buloqlar, xushmanzara joylar kiradi. Bunga Ilono‘tdi (Temurlang) darasi, Ko‘ksuv daryosidagi sharshara, Nurota va Urgutdagi buloqlar, Katta va Kichik Chimyon soyligi, Oqtosh soyligi va boshqalar kiradi. Astronomik tabiat yodgrliklariga yirik meteoritlar tushib izi qolgan joylar kiradi. Hozirgi kunda respublikamiz hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorliklari qayd qilingan va muhofazaga olingan. Bundan buyon jamoatchilik kuchi bilan tabiat yodgorliklarini hisobga olib chiqish, uni tarqilish haritasini yaratish juda muhim hisoblanadi. Respublikamiz bo‘yicha 35 ta noyob tog‘ o‘rmonzorlari muhofaza qilinmoqda. Shulardan biri Samarqand shag‘ridan 40 km janubi – g‘arbida, ’ni Zarafshon tizmasining g‘arbidagi Omonqo‘ton tog‘ o‘rmonidir. Omonqo‘ton o‘rmon xo‘jaligi 1887 – yilda tashkil etilish boshlangan bo‘lib, 2158 ga maydonni egallaydi. O‘rmonning amaliy ahamiyatidan tashqari ajoyib rekreasion resurs hisoblanadi. Shuning uchun dam olish kunlari shahar aholisini xordiq chiqarishini tashkil etish katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu borada tog‘ o‘rmonini tabiiy holatini , ularning boy hayvonot dunyosini saqlab qolish va yaxshilash, undan tashqari dam olish uchun keladigan kishilarga maxsus joylarni ajratish, marshrutlar tizimini ishlab chiqish, hamda muhofaza qilishni faollashtirish kerak bo‘ladi. Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling