Ekologistikada mintaqaviy iqtisodiyotning klasterli strukturasi


Download 26.56 Kb.
bet4/7
Sana02.12.2023
Hajmi26.56 Kb.
#1779685
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekologistikada mintaqaviy iqtisodiyotning klasterli strukturasi.

1

10-15



Manba: A.A.Rafiqov va boshqalar. Ekologiya. T:.2004
Jadvaldan ko‘rish mumkinki, agarda suv havzasi maydoniga nisbatan cho‘miluvchilar soni oshib kesa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bahor oylarida tog’ yonbag‘rlari, qirlar, adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda dam olish hududiga nisbatan dam oluvchilar soni ancha ortiq bo‘ladi. Bu jarayonda turli giyohli, manzarali o‘simliklarga ziyon yetkiziladi, atrof – muhit turli chiqindilar bilan ifloslanadi, natijada ekologik muvozanat buziladi.
Rekreatsiya faoliyatining ana shunday samaradorligi tabiiy omillarning foydali ta’siri va bunday faoliyatni ushbu omillar mavjud hududlarda tashkil etish bilan bog‘liqdir.
Rekreatsiya sohasini rivojlantirish va joylashtirish, uning samaradorligini oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida ahamiyat beriladi:

  • tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish imkoniyatlarining optimal strukturasini shakllantirish;

  • tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish va boshqa sohalarda tabiatdan foydalanishni taqqoslab baholash;

  • tabiiy rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish, ulardan rasional foydalanish, ularni takror ishlab chiqarish bo‘yicha xo‘jalik tadbirlarini baholash;

  • tabiiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash.

Rekreatsiya samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va ta’riflanadi:

  1. Tadbirlar maqsadi, ya’ni rekreatsiya faoliyatining kutilayotgan va erishish mumkin bo‘lgan natijalari.

  2. Rekreatsiya faoliyatining konkret mintaqaviy va ijtimoiy- demografik xususiyatlarini eng pastki darajadagi sharoitlarini ta’riflovchi tegishli ijtimoiy standartlar.

  3. Tadbirlar natijasi, ya’ni tadbirlarning har biriga asoslanib tashkil etish mumkin bo‘lgan variantlari yoki quyilgan maqsadga erishishning muqobil yo‘llari.

  4. Tadbirlar variantining har birini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan resurslar harajati (tabiiy rekreasiya resurslarini qo‘shib).

  5. Hisob-kitob sharoitlarida qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan (resurslar bo‘yicha cheklovlar ) resurslar va ayniqsa ko‘rib chiqilayotgan hududlarning tabiiy rekreatsiya resurslari.

Ko‘rsatilgan besh guruh ta’riflar samaradorlikni baholash maqsadida iqtisodiy-matematik modellarni shakllantirish uchun yetarlidir. Bundan tashqari ular tadbirlar natijalarini qo‘yilgan maqsadlar, real ajratilishi mumkin bo‘lgan resurslar bilan talab qilinadigan resurslar harajatiga taqqoslashga imkon beradi. Bular yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan qarorlarni shakllantirishga va variantlarni yo‘l qo‘yish mumkinligi nuqtai nazaridan dastlabki baholashga yordam beradi.
Barcha beshta guruh ta’riflar yoki natijalarning (1-3 – guruhlar) yoki harajatlarning (4 va 5 - guruhlar) tarifini beradi. Rekreatsiyada tabiatdan foydalanish faoliyatining ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini xo‘jalik tadbirlari natijalarining ayrim tomonlarini ifodalaydigan natural-moddiy, sifat va qiymat tavsiflarining o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlari tizimida aks ettiriladi.
Natural ko‘rsatkichlarda qo‘yidagilar ifodalanadi:

  • rekreatsiyada tabiatdan foydalanish sohasida amalga oshirish mo‘ljallanayotgan tadbirlarning aholini qamrab olishi (hisoblangan kontingent odamlar)- xizmat ko‘rsatiladigan odam-kun miqdori yoki bir yilda xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni, xizmat ko‘rsatish va sifati (kategoriyasi)bo‘yicha alohida hisoblar;

  • marshrut, dam olish dasturi, hududlar yoki barpo etiladigan obektlarning quvvati (qancha kishi qabul qilish imkoniyati);

  • ijtimoiy natijalarga imkon beradigan rekreasiya faoliyatiga aholi sarflaydigan vaqt;

  • aholining rekreasiya faoliyatiga kiradigan vaqt sarfining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqtini tejash (rekreasiya xizmatini kutish).

Nisbiy ko‘rsatkichlarda xizmat ko‘rsatish sifatining ekspert bahosi, hududlar va obektlarning xossalari (funksionalligi qulayligi bilan birga, shinamligi, nafosati, tashqi ko‘rinishining o‘ziga jalb etishi, atrof-muhit bilan uyg‘unligini ham qo‘shib) ifodalanadi (odatda ballarda hisoblanadi).

Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling