Ekologistikada mintaqaviy iqtisodiyotning klasterli strukturasi
Qiymat ko‘rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi
Download 26.56 Kb.
|
Ekologistikada mintaqaviy iqtisodiyotning klasterli strukturasi.
Qiymat ko‘rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi:
belgilangan baholarda mahsulotlar va xizmatlarni realizasiya qilishning yillik hajmi va ularni realizasiya qilishdan olingan foyda; sog‘liqni saqlash muassasalarida kasallanishning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarning shartli – hisoblangan kamayishi; mehnat unumdorligining oshishi xodimlar kvalifikasiyaning oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy infratuzilmani barpo etish va uning xizmatiga harajatlarning kamayishi; aholi vaqtni tejashining qiymat bahosi. Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari, mavjud resurslar asosida dam olish, sog‘lomlashtirish uchun qulay shart – sharoit yaratish bilan bog‘liq. Bu birinchi jihatdan, tegishli infratuzilmani tashkil etishni talab etadi. Rekreasiya infratuzilmasi – dam olish obektlari (sanatoriya, kurort, pansionat va b.) transport kommunikasiyalari, elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari (sport maydoni, suv havzasi, ovqatlantirish tarmoqlari, klub, telefon tarmog‘i va b.) bilan ta’minlangan majmuadir. Rekreasiya infratuzilmasi qanchalik takomillashgan bo‘lsa, dam oluvchi va sog‘ligini tiklovchilar uchun qulay sharoitga ega ekanligini bildiradi, hamda bu yerga keluvchilar sonini oshishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Ikkinchi jihatdan, dam olish maskanlarining malakali mutaxasislar bilan ta’minlanishi katta samara beradi. Mamlakatimiz rekreasiya resurslariga boy bo‘lsada, ulardan talab darajasida foydalana olmayapmiz. Bu esa, qanchadan – qancha iqtisodiy daromatdan qolayotganimizni bildiradi. Shuning uchun ayni vaqtda quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz: Hududiy rekreasion tizimning qabul qilish potensiali aniqlash; mintaqalar bo‘yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy – iqlimiy sharoit, mineral suv va boshqa rekreasiya resurslaridan kelib chiqib joylashtirish; ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini, hamda suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash; zamonaviy transport, yo‘l tarmoqlari va aloqa vositalarini rivojlantirish; mehnat resurslaridan samarali foydalanish; rekreasiya maqsadida foydalanishda tabiat muhofazasiga e’tibor qaratish. Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling