Ekologiya fanidan y
Download 0.74 Mb.
|
Экология ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ (1)
Biosfera (bio... va yun. sphaira—shar) — Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera "hayot qobig'i", toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan. "Biosfera" terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. Biosfera toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.
B. atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani toʻliq oʻz ichiga oladi. B.ning quyi chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi. Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir butun dinamik sistema—biogeotsenozlarni hosil qiladi. Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda Yer qobigʻida toʻplanib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti boʻlgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni sakdab turadi. Inson faoliyati Yer yuzini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi davrda B.ning rivojlanishi yangi pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda insonning B.ga biokimyoviy taʼsiri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurelardan foydalanishni B.ning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (mas, oʻrmonlarning kesilishi, yerlarning oʻzlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sunʼiy suv havzalari, yoʻllar qurilishi va boshqalar) B.dagi biokimyoviy jarayonlarga katta taʼsir oʻtkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda kup miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, B. tarkibi va uning gomeostaz holatiga taʼsir koʻrsatadi. Shu tufayli B.ni bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera toʻgʻrisidagi taʼlimot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp oʻta murakkab muammolarni xal etishda katta ahamiyatta ega. Biosferada mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida o’zgaruvchan valentli elementlarning (azot, magniy, ferrum) oksidlanishi va qaytarilishi amalga oshadi. Qaytaruvchi mikroorganizmlar geterotrof bo’lib, energiya manbai sifatida organik moddalardan foydalanadi. Oksidlovchi bakteriyalar avtograf va geterotrof bo’lishi mumkin. Bunday organizmlarning hayot faoliyatining geologik natijasi oltingugurt, metal sulfidlari yotkiziklarining, temirli va temir-marganesli rudalarining hosil bo’lishidir. Ko’pchilik geterotroflar: asosan zamburug’lar, hayvonlar va mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida organik moddalarning parchalanishi amalga oshadi. Bundan tashqari, tuproqda mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida energiya zaxirasiga ega bo’lgan murakkab kompleks birikma – gumus hosil bo’ladi. Bu birikma tuproq unumdorligining asosi hisoblanadi. Gumusning parchalanishi juda sekin sodir bo’ladi, shuning uchun o’simliklar doimo mineral elementlar bilan ta’minlanib turadi. Kimyoviy energiyaning hosil bo’lishi bilan boradigan organik moddalarning parchalanish jarayoni biosferaning barcha hayot bilan band qismlarida sodir bo’ladi. Fotosintez esa faqat quruqlikda va suvning yuza qatlamlarida o’tadi. Organik moddaning bir qismi parchalovchilar uchun noqulay sharoitga tushganda, cho’kma jinslar tarkibida saqlanib qoladi. Shuning uchun organik moddalar sintezi va parchalanishi to’liq bir-biriga mos kelmaydi. Bunday sintez va parchalanish o’rtasidagi nomuvofiqlik atmosferadagi kislorod miqdorini ta’minlaydi. Atmosferadagi kislorod fotosintez natijasida to’planadi. Kislorodning yagona abiogeny manbai atmosferani yuqori qatlamida suvning fotodissosiatsiyasi bo’lib, uning ahamiyati juda kam. O’simliklar tomonidan chiqariladigan kislorod molekulalarining miqdori CO2 molekulasining miqdoriga teng. Ajralib chiqqan kislorod yana oksidlanish jarayonlariga va nafas olishga sarflanadi. Lekin organic moddalarning bir qismi cho’kindi jinslar bilan yer ostida qolishi sababli bu organik moddalarga sarflanishi kerak bo’lgan kislorod atmosferada qoladi. Atmosferadagi kislorodning ko’p qismi mineral moddalarning oksidlanishiga sarflanadi. Erkin kislorodning konsentrasiyasi oshishi bilan uning mineral moddalarning oksidlanishiga sarflanishi ham oshadi va aksincha, kislorod konsentrasiyasi kamaysa sarflanish sekinlashadi. Biosferaning biologik mahsuldorligi, insoniyatning ozuqa resurslar bilan ta’minlanishi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling