Ekologiya fanidan y


Download 0.74 Mb.
bet9/21
Sana16.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1359090
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Экология ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ (1)

Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik omillar va biotik omillarga boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.
Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.
Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.
Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:
1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.
3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.
Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng quyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi. Shuniham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi.
Biosferadagi barcha o’simliklar va hayvonlar odatda jamoa holda yashaydi. Bunda ular o’zaro munosabatda bo’ladilar. Muayyan tuproq sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat birnecha tur o’simlik qavm bo’lib yashasa fitotsenoz, bir necha tur hayvonlarning birgalikda qavm bo’lib yashashiga zootsenoz deyiladi.
“Biogeotsenoz” atamasi fanga 1941 yilda rus olimi V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan (Bios, lotincha geo-er, senoz - umumiy).
Tirik organizmlarning bir-birlariga o’zaro ta’siri muhitning biologik omillari deb qaralsa, ularning atrofini o’rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil etadi. Demak, bir hil muhitga moslashib olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar yig’indisi biotsenoz deyiladi. (Bios, lotincha -xayot, senoz - umumiy). “Biotsenoz” atamasini fanga 1877 yilda nemis olimi K. Libius kiritgan. Biotsenoz odatda fitotsenoz, zootsenoz, mikotsenoz va mikrobiotsenozlardan tashkil topgan. Maydon birligiga to’g’ri keladigan turlar soni biotsenozlarning turlariga to’yinganligi deyiladi.
Yashash sharoiti, o’xshash va o’zaro munosabati natijasida paydo bo’lgan, bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har-xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik tizim deyiladi. O’rmon, cho’l, o’tloq (yaylov, suv xavzasi va boshqalar ekotizimga misol bo’la oladi. “Ekotizimlar” tushunchasi fanga 1935 yil ingliz ekologi A. Tensli tomonidan kiritilgan. A. Tensli ta’rifiga ko’ra ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddalar va energiya almashinuviga ega bo’lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror tizimidir. SHunday qilib, ekotizim mikroorganizmlarga ega bo’lgan bir tomchi suv, o’rmon, tuvakdagi o’simlik, kosmik kema va x.k. Ko’pincha ekotizm va biogeotsenoz tushunchalari bir-birini sinonimi sifatida qo’llanildi va deyarli birxil ma’noni bildiradi. Ammo, ba’zi tomonlari bilan ular farq qiladi.
Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushunchadir. Biogeotsenoz ekotizm bo’la oladi, ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb bo’lmaydi.
Ekotizimlardagi organizmlar hayot faoliyati va moddalarning aylanish uchun energiya talab etiladi. Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonlarida organik birikmalar to’playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar avtotroflar yoki produtsentlar deb ataladi. Demak produtsentlar – o’simliklar bo’lib ular harqanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida to’plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir, ya’ni hosil qiluvchilardir.
O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotrof organizmlar, ya’ni xayvonlar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ammo bu organizmlarning biron turi ham o’simliklar, xayvonlardagi organik moddalarni oxirigacha parchalay olmaydi. O’simliklar tomonidan to’plangan organik moddani ist’emol qiluvchilar bo’lib hisoblanadi va ularni konsumetlar deb ataladi.
Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtsentlar bilan oziqlanuvchi o’txo’r hayvonlar kiradi. Quruqlikda keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar hashoratlarning ko’pchilik vakillari sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilardir.
Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o’txo’r guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqliklar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, qo’y, echki va qoramollar kiradi.
Geterofillarning ikkinchi guruhi yemiruvchilar yoki rudutsentlar (zamburug’ va bakteriyalar) dir. Zamburug’ning ba’zilari biotsenozda o’simlik va hayvonlarda tekinxo’r holda yashab, ko’pchiligi organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchilardir. Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular o’lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab, oddiy mineral moddalarga aylantira oladi.
SHunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan bir-biriga bog’liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo’ladiki, bular boshlang’ich ozuqa moddalardan birin-ketin olib, turli yo’llar bilan tabiatda moddalarning davriy harakatini ta’minlaydi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalarga aylantiradi. Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda murakkab bo’lib, ular aslida yashil o’simliklar tomonidan hosil qilingan energiyani 4-6 bo’g’im orqali o’tkazadi. Bunday qatorlar boshlang’ich energiyaning sarflanish yo’li hisoblanib, ozuqa zanjiri deyiladi.
Masalan: o’simlik – kiyik – bo’ri;
Tirik xashorat qurbaqa – ilon – burgut.
Ozuqa zanjiridagi har bir bug’inning o’rni tropik darajani tashkil etadi. Taxminiy hisoblarga ko’ra, tropik zanjirlarda energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o’tishida 30% yo’qolib ketadi. Agar o’simlik organizmining energiyasi 1000 j kaloriyaga teng bo’lsa, o’txo’r hayvon tomonidan o’zlashtirilgandan so’ng 100 joul qoladi. Biror bir biotsenozni bir yil davomida kuzatish orqali o’zgarishining guvoxi bo’lishimiz mumkin. Ekotizimlarning ma’lum vaqt o’tishi bilan birining ikkinchisi bilan almashinish hodisasi suktsessiya (izidan borish) degan nom olgan.



  1. Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish.

Xavfsizlik nima? L.Yu.Xotunsevning fikricha- alohida shaxs, jamiyat va tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo’lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo’luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan qarshi chiquvchi qo’rquv hissidir. Lekin bugungi kunda xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo’lib. Birinchidan, u nafaqat inson, jamiyat va davlat, balki tabiat va uning elementlari nuqatayi nazardan ham qaralishi mumkin. Chunki ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o’rtasidagi va ularni atrof muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadi. Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat texnogen yoki tabiiy favqulotda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko’zga ko’rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisalar orqali ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning sekin isib borishi va uni natijasida cho’llashish jarayonini yuzaga kelishi. Oqibatda cho’llangan yerlarda o’simlik va hayvonot dunyosining tur va xillari kamayishi, ya’ni biologik xilma-xillikning degradatsiyalashuvi va insoniyat uchun noqulay ekologik sharoitlarni yuzaga kelishi. Ha, bu eko xavfga kiradi, lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ta’sirga ham ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ,,xavfsizlik” tushunchasi ma’lum bir fanga yoki tarmoqqa tegishli emas.


Ekologik xavfsizlik tushunchasini turlicha ta’riflaydilar. Masalan, N.F.Reymers ekologik xavfsizlikka 2 xil yondashgan: 1) tabiat obyektlar, alohida inson uchun zarar olib kelmaydigan faoliyatlar 2) yer shari va turli mintaqalarda insoniyatni tabiiy-texnogen tayyorgarligi darajasida eko muvozanatni ta’minlovchi faoliyatlar.
Ekologik xavfsizlik- organizmlar va ularning yashash muhitini tabiiy va antropogen omillar ta’siri tufayli turli miqyosida va tezlikda yuzaga keluvchi salbiy holatlardan saqlanganlik darajasi. Mazkur ta’rifda ham ekologiyaga, ham xavfsizlikka oid iboralar bilan ifodalangan.
Barqaror rivojlanish- shaxs va jamiyat hayotini tashkil etishning yangi modeli. Barqaror rivojlanishning zamonaviy konsepsiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan birga hal etishga chaqiradi. Mahalliy, milliy, mintaqaviy va global boshqaruvni nazarda tutadi. YUNESKO tashkilotining sobiq bosh kotibi F.Mayor fikricha, "Kishilar va tabiat o’rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli ekologik beqarorlikni keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida barqaror bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga olib keladi".
XX asrning 50-yillaridan boshlab ekologik muammolar o’z kuchini ko’rsata boshladi. Insoniyat o’zining nisbatan qisqa (5 mln. yillik) tarixiy bosqichi davomida yer yuzidagi o’rmonlarning 2/3 qismini kesib, 6 mlrd. ga unumdor tuproqlarni qishloq xo’jalik fondidan chiqarib, 70% dan ortiq suv manbalarini ifloslantirib, atmosfera havosiga is gazi miqdorini 20 mln. tonnagacha oshirib, ozon tuynugini AQSH mamlakati yer maydoniga teng holda ochgan edi. Insoniyat rivojlanib borayotgan bir paytda bunday ayanchli holatlar tushunarsiz edi va shu maqsadda ,,Rim klubi” tuzildi. Bu klub rejalari o’zini uncha oqlamagani 1972-yil 5-iyunda Shvetsiya poytaxti Stokgolmda ,,Atrof-muhitni muhofaza qilish” konferensiyasi chaqirilishiga sabab bo’ldi. Unda 5ta muhim qaror va hujjat qabul qilindi:
,,Stokgolm deklaratsiyasi” da atrof-muhitni milliy, regional va xalqaro miqyosida muhofaza qilishning 26 prinsipi ko’rsatildi.
,,Tadbirlar rejasi” 109 banddan iborat bo’lib, unda davlat va xalqaro hamjamiyat o’rtasida atrof-muhit muhofazasining tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy masalalariga e’tibor berilgan.
Stokgolm konferensiyasi tavsiyasiga ko’ra BMTning Bosh Assambleyasi Xalqaro atrof-muhitni muhaofaza qilish dasturi- YUNEP ni tuzdi, uning qarorgohi Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan.
Konferensiyaning ochilish kuni (5-iyun) har yili Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
Konferensiya qarori bilan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamg’armasi tuzildi.
1975-yil Xelsinkida 35 ta Yevropa davlatlari va AQSH, Kanada ishtirokida o’tgan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (OBCE) da "Yakunlovchi hujjat” qabul qilindi. Mazkur hujjatda butunjahon bo’yicha ekologik xavfsizlikni ta’minlash ham milliy, ham global miqyosidagi masala qilib ko’rsatilgan.
Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi marta 1987-yil BMTning Butunjahon atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur komissiya o’zining GRO HARLEM BRUNDTLAND ma’ruzasi nomini olgan ,,Bizning umumiy kelajagimiz” ma’ruzasida barqaror rivojlanish konsepsiyasi modeli yaratildi.
Bosh Assambleyaning 1989-yil dekabrdagi 44/428-sonli rezolutsiyasida barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning maxsus konferensiyasini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi-bir me’yorda rivojlangan davlatlar va butun jahon hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir. Ekologik muammolar biror davlat faoliyatiga bevosita bog’liq emasligini Orol va Orolbo’yi muammosi misolida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMTning 48, 50,55-sessiyalarida ushbu muammo nafaqat O’rta Osiyo davlatlarinig, balki butun dunyo hamjamiyatining muammosi ekanligini aytgandi, chunki Orol muammosi dunyo ekologik holatini yanada keskinlashtirishi mumkin. BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasida qabul qilingan "Atrof-muhit muhofazasi va rivojlanishiga doir deklaratsiya"da - "Inson haqida g’amxo’rlik- barqaror rivojlanish faoliyatini ta’minlashning markaziy bo’g’inidir. Odamlar sog’lom yashash va tabiat bilan uyg’unlashish orqali unumli mehnat qilish huquqiga egadirlar", - deb aytilgan edi.
Yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasida inson va tabiatning uyg’unlikda rivojlanishi uchun quyidagi asosiy qoidalar nazarda tutilgan:
► davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi suveren huquqi boshqa davlatlar atrof-muhitiga zarar qilmasligi kerak.
► davlatlar yoki alohida transcontinental kompaniyalarning rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ehtiyojlarini adekvat darajada qondirishi kerak.
► barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi hisoblanadi va undan ajralgan holda muhokama qilinmasligi kerak.
► rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kiritish lozim, shu uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirish kerak.
► har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgar.
► tabiiy xomashyolarni qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlash ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi va bu jarayonda ilg’or texnologiyalardan foydalanish kerak.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi yuqorida keltirilgan atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan prinsiplarni amalga oshirish tufayli, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, barqaror rivojlanish – kelajak avlod ulushini saqlagan holda hozirgi zamon kishisini ekologik xavfsiz, iqtisodiy ta’minlangan va ijtimoiy muhofazalangan munosib hayot tarizini ta’minovchi jarayon hisoblanadi.



  1. Ekologiya metodologiyasi va metodlari.

Ekologiyada foydalaniladigan usullar. Ekologiyani foydalaniladigan usullari asosan qo’yidagilardan iborat. 1.Tasvirlash usuli.


2.Taqqoslash usuli.
3.Tajriba usuli.
4.Modellashtirish usuli.
Yuqoridagi birinchi uchta uslublari deyarli biologiya fanlari foydalanadigan uslublardir. Ekologiyada tajriba va modellashtirish uslublaridan keng foydalaniladi. 3 3.Modellashtirish. Tabiat bu yaxlit sistemadir, shuning uchun ham uni o’rganishda sistemali uslubdan foydalaniladi. Sistemali uslubning metodologik asosi shundan iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va vaqtda bir-birlari bilan o’zaro aloqada va rivojlanishda deb qaraladi. Tabiatni o’rganishdan asosiy maqsad uning haqiqiy aks ettiruvchi modellar tizimini yaratishdan iboratdir. Model’ olamidagi muayan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo’lib , ushbu hodisani nisbatan oldindan aytib berish imkonini beradi. Odatda model’ so’z bilan yoki grafik tarzda ifodalanadi. Modellashtirish jarayonni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek hodisani ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot uchun yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Model’ haqiqatni to’g’ri aks ettirsa tajriba uchun imkoniyatlar ochib, sistemaga yangi omillarni kiritish va ularni ta’sirini aniqlash mumkin bo’ladi. Modellar ikki guruhga ajratiladi: 1.Konsteptual’ model’ – ma’lum bir ekotizmni ilmiy tasvirlovchi sxemalar majmui yoki tizimi, jadval, grafiklar va boshqalardan tashkil topadi. M: energetik model’ blok – sxemalardan tashkil topgan bo’lib, unda bloklar, har bir blokdagi energiya zahirasi hamda energiyaning harakat yo’nalish kabilar ifodalanadi. 2.Matematik model’ – bir necha defferenstial tenglamalar yoki tehgsizliklar yig’indisidan iborat bo’lib, u yoki bu omilning ta’sir kuchi o’zgarishini modelning o’zgarishiga qarab oldindan aytib berish mumkin. Biz populyastiyalardagi murakkab hodisalarni matematik modellar yordamida o’rganmoqchimiz. Bunda populyatsiyani miqdor dinamikasi uning jinsiy yoki yosh tuzilmasi, tashqi muhit ta’siri, evolyutsiyaning har xil omillari ta’sirida o’tadigan genetik shakl va odamzod faoliyati natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Jonsiz tabiatda dinamik model’ juda ko’p uchraydi va ularni modellashtirish oson, tirik organizmlar uchun dinkamik modellar yaratish nihoyatda qiyin. Shuning uchun dinamik modellar yaratishdan oldin statik modellar yaratish bilan shug’ullanilgan. O’simlik barglarini joylashish tartibini yoki mallyuskalar chig’anoqlari tuzilishini spiral’ chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga harakat qilish statik modellashtirishga misol bo’ladi. Dastlabki dinamik modelni, ya’ni shaxsni o’sishini tasvirlovchi modelni Bel’giyalik olim Adol’f Ketls tuzgan edi. Matematik modellash biologik va ekologik hodisalarni aniq sharxlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ahamiyatga ega.



  1. Ekologiya va xalqaro hamkorlik. Barqaror rivojlanish va uning ekologik jihatlari.

Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiati insoniyatning umumiy yashash makoni, yagona uyi hamda yashyash vositasi hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan ekologik tangliklarni bartaraf etish yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlarning umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda Xalqaro ekologik hamkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:


Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiatini insonga ma’lum bo`lgan olamda yagona ekanligi;
Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo`lib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;
Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi;
Tabiatdagi salbiy o`zgarishlar va atrof-muhitga antropogen ta’sir ko`lami jihatidan butun sayyoraga tazyiq ko`rsatuvchi jarayonlar ekanligi;
Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga ko`p hollarda bir yoki bir nechta davlatlaning imkoniyatlari yetarli emasligi;
Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo`li ekanligi.
Xalqaro ekologik hamkorlik (XEH) deyilganda – yer yuzidagi barcha mamlakat xalqlar tomonidan tabiat muhofazasiga doir xalqaro kelishuv-shartnoma, konvensiyalar tuzish, xalqaro ekologik me’yorlani ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o`tkazish kabi keng ko`lamli chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi. XEH quyidagi tamoyillarga asoslangan bo`lishi lozim:
Sayyoramizdagi har bir inson sog`lom ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega ekanligi;
Har bir mamlakat atrof-muhit va tabiiy resurslardan o`z fuqarolarri manfaatlari yo`lida foydalanish huquqiga ekan ekanligi;
Bir davlatning ekologik muvaffaqiyati boshqa davlatlar hisobiga bo`lmasligi yoki ularning manfaatlariga zid bo`lishiga yo`l qo`ymaslik;
Har bir davlat hududidagi ishlab chiqarish faoliyati shu davlatdagi va undan tashqaridagi tabiiy muhitga zarar yetkazmasligini ta’minlash;
Ekologik oqibatlarni bashorat qilib bo`lmaydigan har qanday xo`jalik va boshqa turdagi faoliyatlarni amalga oshirilishiga yo`l qo`ymaslik;
Tan olingan xalqaro me’yorlar va andozalar asosida atrof-muhit, tabiiy resurslar va ulardagi o`zgarishlar ustidan nazorat o`rnatish;
Atrof-muhit muammolari bilan bog`liq barcha kelishmovchiliklarni tinchlik yo`li bilan hal etish.
Hozirgi paytda XEH asosan ikki xil shaklda namoyon bo`lmoqda:
1. Atrof-muhit muhofasasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki yoki ko`p tomonlama davlatlararo bitim, shartnoma va konvensiyalar tuzish.
2. Turli xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi uyushma, komissiya va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish.
Xalqaro ekologik hamkorlik umumbashariy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi sifatida so`nggi yuz yildan ko`proq vaqtdan beri shakllanib, takomillashib bormoqda. Uning dastlabki ko`rinishlari XIX asr oxirlaridan boshlab hayvonotlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlatlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlarlararo harakat tarzida namoyon bo`la boshladi.
1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishi munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshlandi. BMT xalqaro ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yo`lida ko`p ishlarni amalga oshirdi.
Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlardan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug`ullanadi. Jumladan, YuNESKO-ta’lim, fan va madaniat masalalari bilan shug`ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan.
FAO– oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U yer, suv, o`simlik va hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shug`ullanadi.
VOZ- xalqaro sog`likni saqlash tashkiloti. Atrof-muhitni muhofazasining sanitary-gigiyenik masalalari bilan shug`ullanadi.
VMO- xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy o`zgarishlar bilan shug`ullanadi.
IMKO- dengizlar bo`yicha davlarlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug`ullanadi. Yuqoridagilardan tashqari, BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug`ullanuvchi kengashi EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e’tibor beriladi.
1974-yil BMT ning atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanishga bag`ishlangan maxsus Bosh sessiya o`tkazildi. Unda «Yangi xalqaro ekologik tartiblarni o`rnatish haqida Deklaratsiya» va bu tartiblarni o`rnatishning harakat dasturidan iborat 2 ta muhim xalqaro hujjat tasdiqlandi. Bu hujjatlarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish muammosiga katta e’tibor berildi, jumladan, sahrolashish va yerlarning sho`rlanishini oldini olish, tabiiy va oziq-ovqat resurslariga zararli ta’sirlarni kamaytirish, ifloslanishga qarshi kurash, resurslarni muhofazalash va qayta tiklash bo`yicha zudlik bilan choralar ko`rishga chaqirildi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Xelsinki (Finlyandiya) kengashida ham ekologik masalalarga keng o`rin berildi.
Xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi hisoblangan Markaziy Osiyo mintiqasining barkaror rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yechishda O`zbekiston XEH masalalariga katta e’tibor bermoqda. Respublikada tabiatni muhofaza qilish ishlari boshqa davlatlar va Xalqaro tashkilotlar bilar har tomonlama hamkorlik qilish orqali amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga soluvchi ko`plab xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi. Respublikamiz XEHning turli yo`nalishlari bo`yicha amalga oshirilayotgan xalqaro tadbirlarda faol ishtirok eta boshladi. O`zbekiston Respublikasi 1992-yilgi biologik rang-baranglikni saqlash Konvensiyasi, 1992-yilgi iqlim o`zgarishi to`g`risidagi Konvensiyalarga qo`shildi. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi har qanday davlarlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, regional va umumbashariy darajada yaxshilashning asosidir.
O`zbekiston 1992-yilda imzolagan MDH Davlatlararo Ekologiya Kengashining teng huquqli a’zosi hxisoblanadi. Respublikaning Xalqaro ekologik hamkorlik borasidagi faoliyati, ayniqsa, Orol muammosiga qaratilgan masalalarda yanada yakkolroq namoyon bo`lmoqda. O`zbekistonning faol ishtiroki va sa’y-harakatlari tufayli Orol dengizi muammolari bo`yicha Davlatlararo Kengash va uning ishchi organi Ijroiya qo`mitasi, Orolni qutqarish Xalqaro jamg`armasi tashkil etildi va faoliyat ko`rsatmoqda.
Insoniyat boshiga ko`lanka solib turgan ekologik falokatlarning oldini olish bo`yicha xalqaro hamkorlik ma’lum darajada shakllangan va muhim tadbirlar amalga oshirilgan bo`lsa-da, hali bu boradagi ishlarni yanada izchil faollashtirish zarur. Chunki hozirgacha atrof-muhit muhofazasi va insoniyatga yetarli, qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalarini boshqarib turuvchi tom ma’nodagi keng ko`lamli, ta’sirchan, xolis, yagona xalqaro tizim vujudga kelgani yo`q. Xalqaro ekologik hamkorlik takomillashib borishi insoniyat taraqqiyotining bundan keyingi bosqichlarida ham muhim hayotiy zaruratlardan biri bo`lib qolaveradi.



  1. Ekosistemada ozuqa zanjiri va trofik aloqalar.



Ekosistema (ekotizim)ga tabiatning asosiy tuzilish birligi sifatida qaraladi. Ekotizim – tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari, moddalar va energiya almashinuvi majmuyi sanaladi. Quruqlikdagi ekologik sistemalarni ifodalash uchun «biogeotsenoz» atamasi qo‘llaniladi. Biogeotsenoz quruqlikning moddalar va energiya almashinuvi kechadigan, biotik (biotsenoz) va abiotik (biotop) tarkibiy qismlari yig‘indisidir. Biogeotsenozlar oziq moddalar bilan ta’minlanishiga ko‘ra ekosistemalarga nisbatan ko‘proq avtonom, ya’ni boshqa biogeotsenozlardan mustaqildir. Har qaysi biogeotsenozda moddalar aylanishi amalga oshadi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling