Ekologiya fanidan y


Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari


Download 0.74 Mb.
bet8/21
Sana16.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1359090
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Экология ЯКУНИЙ НАЗОРАТ САВОЛЛАРИ (1)

Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari
Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
xolislik;
asoslilik;
ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;
har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi;
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning kompleksliligi.
Ekologik ekspertizaning oshkoraligi
Ekologik ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari mumkin. Bunday holda ekologik ekspertiza tugallangan kundan boshlab bir oy ichida uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida berilishi shart bo‘lgan obyektlarning ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Ekologik ekspertizaning oshkoraligi
Ekologik ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari mumkin. Bunday holda ekologik ekspertiza tugallangan kundan boshlab bir oy ichida uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida berilishi shart bo‘lgan obyektlarning ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun taqdim etiladigan materiallar
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha — atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasini, ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonotni, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonotni o‘z ichiga olgan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari;
ishlab turgan obyektlar bo‘yicha — ekologik normativlarning loyihalari, obyektning atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatish hollari aniqlangan taqdirda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risida tayyorlangan bayonot. Buyurtmachi qo‘shimcha tarzda ekologik audit materiallarini taqdim etishga haqli;
ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchi, uchinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha — tayyorlangan barcha hujjatlar.
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalash boshlangunga qadar taqdim etiladi.
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangunga qadar taqdim etiladi.
Ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi bayonot obyekt qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilib olingunga qadar taqdim etiladi.



  1. Ekologik inqirozlarning kelib chiqishi va ularni bartaraf qilish yo’llari.

Ekologik inkiroz - jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabat muvozanatining barqaror buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit holatining yomonlashib borishi, davlat boshqaruv va huquqni muxofaza kiluvchi organlarning yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasliklari hamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo’qolishi, ya’ni tabiiy muhitning inqirozga, ijtimoiy muhitning esa falokatga olib kelinishi.


Тabiiy muhitni muxofazalash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori uni shikastlab, qayta tiklashga ketadigan xarajatlarga nisbatan kamdir. Shuning uchun xavfli holatlarni oldindan bilish, tegishli choralarni ko’rish, ekologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo’lmas darajada o’zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan tahminlarga ko’ra, oldini olib bo’lmas darajasida xavf tug’dirmoqda. Ammo uning tarqalishini kamaytirish, texnogen va ijtimoiy-madaniy oqibatlar shiddatini to’xtatish zarur. Buning uchun turli soxa mutaxassislari o’zlarining ekologik bilimlarini oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhitga zarar yetkazmaslik choralarini ko’rishlari kerak. Ekologiyaning salbiy o’zgarishlari oqibatlarining asosiy sabablaridan biri yer,suv, mineral xom ashyolardan foydalanish prinsiplarini buzilishidir. Aynan shu prinsip xalq xo’jaligining kam samarali-ekstensiv yo’ldan borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyaning keng joriy qilinishiga to’sqinlik qildi, shuningdek, atrof muhitga zarar yetkazgan holda rejani bajarish kabi g’ayri ekologik yondoshuvni keltirib chiqardi. Markaziy Osiyo qishloq xo’jaligini ekstensiv rivojlantirish,yer va suvdan tartibsiz foydalanish natijasida Orol dengizi quriy boshladi. Unga yaqin joylashgan yerlarning ekologik sistemasi, hayvonot va o’simliklar dunyosi chuqur inqirozga uchradi. Mintaqaning yuz ming gektarlab yerlari jizg’anak bo’lib, sho’rlanib uning bir qismini kasallik qo’zg’atuvchi zararkunandalar va kasallangan o’simliklar egallagan. Orolning qurigan qismidagi yerlardan tuzlar uchib ular shamol kuchi so’na boshlagan hududlarda yig’ilib, yomg’ir suvining minerallashuvini, yerlarning sho’rlanishini oshirishga, tog’dagi muzliklarning erishini tezlatishga sabab bo’lmoqda. O’zbekiston Fanlar akademiyasi ma’lumotlariga qaraganda Orol dengizidan ko’tarilgan tuzlar respublikaning janubi – sharqiy tog’laridagi doimiy muzliklarga tushmoqda va ularning erish jarayonini tezlatmoqda. Cho’llanish va yerlarni ishdan chiqish jarayoniga ta’sir etmoqda.
Shunday qilib, ekologik xavfsiz muhit inkirozi kishilar faoliyatining atrofmuhitga antropogen ta’sirining uch oqibatlar majmui - tabiiy resurslarning kamayishi, atrof-muhitning ifloslanishi va ekologik tizimlarning buzilishi mahsulidir. Тabiiy resurslarning kamayib va yo’qolib borishi hamda tabiiy ob’ektlarning ifloslanishi ekologik tizimlarning buzilishiga va ekologik inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Chunki kichik va katta ekologik tizimlarning aylanish zanjirida turgan biron-bir tabiiy ob’ektning yo’qolishi yoki uning ekologik xususiyatining ifloslanishi natijasida kamayib kolishi tabiatni o’z-o’zini asrash, tashqi kuchlarga qarshi turish (buferligi) va qayta tiklanish xususiyatlarini yo’qotib qo’yadi. Ekologik inkiroz - jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabat muvozanatining barqaror buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit holatining yomonlashib borishi, davlat boshqaruv va huquqni muxofaza kiluvchi organlarning yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasliklari hamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo’qolishi, ya’ni tabiiy muhitning inqirozga, ijtimoiy muhitning esa falokatga olib kelinishi. Ekologik inqirozga misol bo’lib Orol dengizi va uning atrofidagi xolatni olsak bo’ladi. Kachonlardir dunyoda eng katta ko’llar toifasiga kirgan Orol dengizi 30-40 yil ichida eng sho’r, ifloslangan va xalq xo’jaligi ahamiyatiga deyarli ega bo’lmagan o’rtacha ko’llar toifasiga kirib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri - Amudaryo va Sirdaryo suv rejimining keskin o’zgarishidir. Amudaryo va Sirdaryo suvlarining og’ip metallar, pestitsid, gerbitsid kabi kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va shurlanishi natijasida ularning suvi ichimlik suvi sifatida foydalanib bo’lmasligini mutaxassislar isbot qilib berishdi. Qachonlardir baliqchilik va ov qilish maskani bo’lgan quyi Amudaryo qurigan qoldiq ko’llar va sho’rlangan tuproqlar maskaniga aylanib qoldi.



  1. Ekologik madaniyat. Sharqona odob va tarbiya.

Ekologik madaniyat ham umumbashariy madaniyatning uzviy bir qismi. Uning shakllanish davri olis zamonlarga borib bog'lanadi.


Ekologiya yunoncha so'z bo'lib, «oykos» - uy, «logos» - fan, ya'ni «tabiat uyi» bo'lmish borliqda yashayotgan tirik jonzotlarni o'rganuvchi ilm sohasi deganidir.
Sen yurtimiz hududida bundan qariyb uch ming yil oldin zardushtiylik talimoti shakllangani, uning bosh kitobi «Avesto» deb atalishini bilsang kerak. Bu ta'limotda yerni, suvni asrash, hayvonlarga ozor yetkazmaslik haqida ko'pgina ibratli gaplar aytilgan. Chunki avlodlarimiz o'sha zamonlardayoq sen bilan biz yashab turgan bu olam yagona vujuddan iborat ekani, bordi-yu uning biror a'zosiga ziyon yetkazilsa, butun tana, ya'ni jamiyki borliqda salbiy o'zgarishlar yuz berishini yaxshi tasawur etganlar. Chiqindi va axlatlarni duch kelgan joyga tashlamaslik, suvni va havoni bulg'amaslik kabi xalqimiz orasida bugungi kungacha saqlanib kelayotgan odatlarning ildizlari ham ana shu zamonlarga borib bog'lanadi. Yoki o'sha davrlarda shakllangan Navro'z bayramida tabiat bilan uyg'un yashash, yer, suv va osmonga, barcha tirik jonzotlarga mehr bilan qarash asosiy o'rin tutadi. Yoki ota-bobolarimizning muqaddas dini bo'lmish islomda tabiatdagi har bir hodisa Ollohning mo'jizasi sifatida e'tirof etilishi va ularga nisbatan avaylab munosabatda bo'lish g'oyasi targ'ib qilinadi. Bularning barchasi xalqimizning hamma zamonlarda ham o'ziga xos ekologik tafakkur va mada­niyat sohibi bo'lganini ko'rsatadi.
Ekologik madaniyat bir nechta omillar asosida shakllanadi. Tabiatga muhabbat, tabiat haqidagi bilim va tasavvurlar, ekologik tarbiya, an'ana va qadriyatlar, ekologik targ'ibot shular jumlasidandir.
Tabiatga mehr-muhabbat har bir insonning qonida mavjud. Chunki inson tabiat farzandi. U ona qornidayoq tabiat ne'matlaridan bahramand bo'ladi - nafas oladi, oziqlanadi. Tug'ilganidan so'ng tabiatga yanada yaqinroq bo'ladi — gullarni, kapalaklarni, quyosh shu'lasini ko'rib quvonadi, suvda yayrab cho'miladi, tuproqda chopqillab o'ynaydi, ranglardan zavq oladi va hokazo. Tabiatga mehr inson ko'nglida rahm-shafqat va hayrat tuyg'ularini tarbiyalaydi.
Lekin dunyoda shunday odamlar borki, ularga mehr begona. Ular tabiatni faqat boyish, o'z nafsini qondirish manbai deb biladi. Shuning uchun ular barchamiz uchun onadek mehribon bo'lgan tabiatga ziyon yetkazadi.
Tabiat haqidagi bilimlar bizda bolalikdanoq shakllana boshlaydi. Hammamiz yoshlikda turli hayvonlar shaklidagi o'yinchoqlarni o'ynaganmiz, ota-onamiz bilan birga hayvonot bog'iga borganmiz, tabiat bag'riga sayohat qilganmiz, turli gul va ko'chatlar o'tqazganmiz. Shu tariqa hayvonlar va o'simliklar haqida turlicha tasawurlarga ega bo'lganmiz. Ko'rgan multfilmlar, o'qigan kitoblarimizning ham «Zoologiya», «Botanika» kabi fanlardan maktabda olgan bilimlar tabiat hodisalarini tushunishda katta ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi bizning tabiat haqidagi tasawurlarimizni kengaytiradi.
Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ota-onamiz uyni, hovlini toza tutish, vaqtida shamollatish, gul va daraxtlarni, uy hayvonlarini parvarishlashga o'rgatadi. Turli ne'matlarni iste'mol qilganimizda ular tabiat in'omi ekanini aytib, shunday rizq-nasibani bergani uchun Yaratganga shukronalar aytadi.
Shuningdek, har faslga mos mehnat an'analari va qadriyatlarimiz ham ekologik madaniyatimizni shakllantirishga xizmat qiladi. Masalan, kuz kelishi bilan daraxtlarni butab, xazonlarni to'plab, tok, anjir kabi issiqsevar o'simliklarni o'rab qo'yamiz. Qish oldidan zarur meva va sabzavotlarni g'amlaymiz. Bahor kelishi bilan yalpiz, ismaloq, jag'-jag' kabi barra ko'katlardan darmon sifatida turli pishiriqlar tayyorlanadi. Ko'klamni qutlab, Navro'z bayrami o'tkaziladi. Ariq-zovurlar, tomorqalar tozalanadi va hokazo.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari orqali, mahalla, ma'naviyat, tabiatni himoya qilish faollari tomonidan olib boriladigan targ'ibot va tushuntirish ishlari ham ekologik madaniyatni oshirishda muhim o'rin tutmoqda.
Bularning barchasi hayvonlar, o'simliklar — butun tabiat biz mansub bo'lgan tiriklik olamining bir bo'lagi, ular ham yashashga, o'zidan zurriyod qoldirishga haqli ekanini anglashga xizmat qiladi. Ana shu haqiqat ekologik madaniyatning mohiyatini tashkil etadi. Shu haqiqatni anglagan inson tabiatni asrashga intiladi, yovuz kimsalarning uning ustidan zo'ravonlik qilishiga yo'l qo'ymaslik uchun kurashadi.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonlarning atrof-muhitga bo’lgan ta’siri o’sib boradi. Inson tabiat bilan, ya’ni o’simliklar hamda hayvonot dunyosi hamda yer osti va yer usti boyliklari bilan o’zaro muloqotda bo’ladi. Ekologik muammolar kengayib, ularni hal etish dolzarb vazifa bo’lib qolgan hozirgi davrda bu muammolarni hal qilishda insoniyat uchun asosan ekologik ong va ekologik madaniyatning o’rni beqiyosdir. Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik ertami kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo o’zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Albatta, ilmiy-texnikaviy rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarining taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bo’lishi, tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanadi, insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan mahrum etadi. Hozirgi davrda insoniyat, u qanday xavf qarshisida kelib qolganligini tushunib yetdi, atrof-muhitga inson faoliyati tufayli yetkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol his etdi. Inson faoliyatining natijasida atrof muhitga ancha sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bular asosan hozirgi kunda mavjud bo’lgan ekologik xavfsizlik klassifikatsiyasida bo’lgan: umumsayyoraviy, mintaqaviy, milliy, lokal ekologik xavfsizliklar mamlakatimiz hududini ham chetlab o’tmadi. Bu xavflardan ozon qatlami muammolari, ya’ni yemirilishi, iqlimning o’zgarishi, cho’llanish, toza ichimlik suvi tanqisligi, Orol dengizi muammosi, hayvonot va o’simlik dunyosi turlarining qisqarib borishi, o’simlik dunyosining noqonuniy kesilib borishi, yer degradatsiyasi, suv resurslari tanqisligi, atmosfera ifloslanishi shular jumlasidandir. Ekologik fojialarning bu darajadagi jadallashib borishida ekologik ong va ekologik madaniyat alohida o’rin tutadi. Ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi xalqimiz ekologik madaniyatini oshirish orqali huquqiy fuqarolik jamiyati tamoyillari asosida tabiatdan foydalanishni yo’lga qo’yish, tabiatni muhofaza qilish sohasida Davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xalqimiz ongi va madaniyatida ona Vatanimiz tabiatiga bo’lgan mehr-muhabbatini oshirish, uni asrab-avaylash va kelgusi avlod uchun zarur hayotiy sharoitlar qoldirishimiz kerakligini ko’rsatishdir.



  1. Ekologik monitoring va ekologik ekspertiza.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlar- ni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha taklifl ar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring (lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlanti- radigan) tushunchasi paydo bo‘ldi.


Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv tadbirlarini qo‘llashdir.
Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifl oslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.
Bioekologik monitoring bosqichida atrof-muhitning iflslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtayi nazaridan kuzatiladi. Mazkur bosqichda odamlarning kasallanishi, o‘lim, tug‘ilish, uzoq umr ko‘rish va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit o‘zgarishiga aks ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma’lumotlariga tayanib ish ko‘riladi.
Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan chiqindi va moddalar bo‘yicha kuzatishni tashkil qiladi.
Geoekologik monitoring bosqichida, asosan, tabiiy, tabiiy-antropogen geotizimlar, rekreatsion hududlar kuzatiladi va nazorat qilinadi. Mazkur bosqich uchun tabiatni ifl oslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori va geotizimlarning o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Kuzatishlar geografl k statsionarlarda, maxsus zona yoki poligonlarda olib boriladi. Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha kuzatish tashkil etiladi. Bu borada geotizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim.
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘proq e’tibor beri ladi. Kuzatishning asosiy maqsadi dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo‘riqxonalar va aholining xo‘jalik faoliyati zonalari kiradi.
Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.
O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish. O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, konchilik, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 50–60 yil davomida tez sur’atlar bilan rivoj- lanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati yuzaga keldi.
Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muassasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» korxonasi tomonidan, tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori, kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kuzatilib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit holati bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatish va nazorat ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Geografik-ekologik ekspertiza asoslari. XX asrning 60–70-yillaridan e’tiboran yirik xo‘jalik korxonalarini qurish va boshqa tadbirlar loyihalari mutaxassislarning har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangina amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon umumiy ma’noda ekspertiza deb ataladi.
Ekspertiza deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan ma’noni bildiradi. Ekspert – biror sohada ekspertiza o‘tkazuvchi mutaxassis. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo‘yicha ekspertiza, asosan, loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta’sirini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geograf k va ekologik ekspertizaga bo‘linadi.
Geografik ekspertiza deb, loyihalashtirilayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi.
Ekologik ekspertiza deb, inson faoliyatining atrof-muhit biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baho lashga aytiladi.
Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e’tiborga olib, geograf k-ekologik ekspertiza deb ataladi. Geograf k-ekologik ekspertiza ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tiborga olinadi.
Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo‘yicha ekspertiza Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi mavjud.
O‘zbekistonda geografik-ekologik ekspertiza o‘tkazish. O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mavjud korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha tahlil qilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan.



  1. Ekologik monitoring-atrof-muhit holatini kuzatish, baholash va oldindan bashorat qilish tizimi.

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning holatini baholash, salbiy jarayonlarni prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida boshqa antropogen faoliyat ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish tufayli atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlarga (jarayonlarga) uchrashi muntazam kuzatiladigan va tasdiqlangan dastur bo‘yicha bajariladigan tizim hisoblanadi.


Atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik qismlari hamda tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatishning tabiiy, texnogen va tabiiy-texnogen omillari va manbalari monitoring obyektlari hisoblanadi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini, shuningdek antropogen ta’sirlar ostida unda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatishni tashkil etish va yuritish;
atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash va prognoz qilish;
unda yuz berayotgan salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish;
atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarning davlat kadastrlari sohasida davlat nazoratini axborot bilan ta’minlash.
Atrof tabiiy muhitning davlat monitoring sxema bo‘yicha o‘tkaziladi va u quyidagilardan iborat bo‘ladi:
ifloslanish manbalari monitoringi (emissiya);
atmosfera ifloslanishi monitoringi;
er usti va yer osti suvlari ifloslanishi monitoringi;
xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar monitoringi;
erning va yer ustidagi ekotizimning ifloslanishi monitoringi;
fon monitoringi.
Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi quyidagi darajalar bo‘yicha amalga oshiriladi:
respublika monitoringi (O‘zbekiston Respublikasining butun hududini qamrab oladi);
mintaqaviy monitoring (fizik-geografik, ma’muriy va boshqa chegaralar bilan cheklangan hududni qamrab oladi);
mahalliy (impakt) monitoring (muayyan tabiiy-texnogen va landshaft-ekologik komplekslar hududini qamrab oladi).
Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tabiiy muhitning holati ustidan maxsus tashkil etilgan tizimli kuzatishlarni (punktlarda kuzatish, suratga olish, tekshirish, qidirish va masofadan turib kuzatish), o‘zgarishlarni aniqlash, baholash va prognoz qilishni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilardan iboratdir:
atrof tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatish manbalarining holati;
atrof tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatishning fizik, kimyoviy va biologik jarayonlari va omillari;
atmosfera havosining, yer usti va yer osti suvlarining, tuproqning, yer ustidagi ekologik tizimlar va geologik muhitning ifloslanish darajasi holati;
o‘simlik va hayvonot dunyosining holati hamda texnogenez ta’sir ostida ularning ifloslanishi jarayonlari.
Atrof tabiiy muhitning holatini baholash izchil kuzatishlarni (davriy va joriy), o‘zgarishlarning yo‘nalishi va intensivligini umumlashtirish va tahlil etish, olingan ko‘rsatkichlarni atrof tabiiy muhitning sifat holati normativlari bilan taqqoslash yo‘li bilan hamda ehtimol tutilgan ekologik zararni hisobga olgan holda bajariladi.
Atrof tabiiy muhitning holatini baholash natijalari bo‘yicha tezkor ma’lumotlar, axborotlar, prognozlar va tavsiyalar tuziladi hamda ularga o‘zgarishlarning, ayniqsa salbiy o‘zgarishlarning dinamikasini, yo‘nalishi va intensivligini tavsiflovchi mavzuli xaritalar, jadvallar va diagrammalar ilova qilinadi.
Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruv organlarining monitoring tizimlarini birlashtirish asosida shakllantiriladi.
Davlat monitoringi bo‘yicha ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning monitoringi dasturi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Atrof tabiiy muhit obyektlari monitoringi atrof tabiiy muhit monitoringini yurituvchi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan yagona metodika bo‘yicha amalga oshiriladi.
Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimini yuritish ishlari budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan vazirliklar va idoralar tomonidan ularga kalendar yil uchun ajratilgan umumiy budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Atrof tabiiy muhit monitoringi bo‘yicha davlatlararo va xalqaro dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi tomonidan boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuziladigan bitimlar va shartnomalarda belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.



  1. Ekologik muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari.

Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.


Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tildi.
Xo‘sh, o‘tgan davrda Ekoharakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlar guruhi bundan qanday xulosalar chiqardi, boshqacha aytganda, faoliyatimizda qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi?
Avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
O‘tgan davrda Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida bitta yangi qonun hamda 8 ta qonunni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari ishlab chiqildi. Masalan, yangi tahrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida”, Hayvonot dunyosini va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunlarqabul qilindi.
Shuningdek, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalari tayyorlanib, Qonunchilik palatasiga kiritish mo‘ljallanmoqda.
Qonun loyihalarini ishlab chiqish, ular hayotiyligini ta’minlash maqsadida qonun ijodkorligi jarayoniga keng jamoatchilik, olimlar va ekspertlar jalb qilinayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol uchun, ushbu qonun loyihalarini ishlab chiqish jarayonida o‘tkazilgan 40 dan ortiq ishchi guruhlari tadbirlarida 230 dan zi±d taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Birgina yangi tahrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha 2017 yil iyul-avgust oylarida jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda o‘tkazilganmuhokamalarda 110 dan ortiq takliflar, fikr va mulohazalar olindi.
Parlament hamda deputatlar faoliyati bilan yoshlarni keng tanishtirish, ularningEkoharakat deputatlari guruhi bilan doimiy muloqotini o‘rnatish maqsadida Ekoharakatning “Yoshlar qanoti” va O‘zbekiston ±shlar ittifoqi faollari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, ularni guruh yig‘ilishlariga jalb etish ishlari tizimli ravishda amalga oshirib kelinayotir.
Parlament va deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish ham doimiy e’tiborimizda. Shu paytgacha 11 davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan bog‘liq faoliyati ustidan ana shunday nazorat yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, soha qonunchiligini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholining bu boradagi madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. Shu asosda ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi hujjatlarni takomillashtirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishda ular faolligini kuchaytirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jamoatchilik ekologik nazorati tizimini rivojlantirish, jamoatchi inspektorlarni o‘qitish va ular malakasini oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borildi. Masalan, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar hamkorligida yurtimizdagi 8982 ta mahalla fuqarolar yig‘inida zarur chora-tadbirlar bajarilib, har bir mahalla bo‘yicha ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi paytda ularning sohaga oid bilim va malakasini oshirish choralari ko‘rilayotir.
Sohaga tegishli qonunlar, davlat dasturlari, Prezident Farmon hamda qarorlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha 10 dan ziyodnazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi. Shular asnosida respublikamizning barcha hududini qamrab olgan holda, sayyor yig‘ilishlar tashkil etilayotir. Misol uchun, Jizzax viloyatida “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi, Buxoroda Dezinfeksiya stansiyasi bosh vrachi hamda “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati direktorining termitlarga qarshi kurash va profilaktika chora-tadbirlarining ijrosi to‘g‘risidagi axboroti, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Prezidentimizning 2017 yil 18 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “2017 — 2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi”ning bajarilishi holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakuni yuzasidan tashkil etilgan sayyor yig‘ilish ana shular jumlasidan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni aholining iste’mol, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro etilishi yuzasidan Sog‘liqni saqlash hamda Uy-joy kommmunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari axboroti yuzasidan parlament eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Ayni chog‘da “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo‘q qilish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati o‘rganilib, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi eshituvi tashkil etildi.
Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, hudud aholisi salomatligini muhofaza qilish, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham harakat va uning deputatlar guruhi faollik ko‘rsatmoqda. Birgina misol: joriy yil 7-8 iyun kunlari “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzuida xalqarokonferensiya o‘tkazildi va Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilindi, Orolbo‘yi mintaqasining ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyihalar to‘plami ma’qullandi.
Yirik sanoat korxonalarida vakillarimizni tayinlash bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilyapti, ya’ni atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga mansub 593 korxonada vakillarimiz ish boshladi. Qolaversa, 760 dan ortiq korxonalar faoliyati o‘rganildi. Tanishuvlar jarayonida ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jumladan, yosh avlod ongida ona tabiatni asrab-avaylash, unga daxldorlik hissini kuchaytirish bo‘yicha ham muayyan ishlar ro‘yobga chiqarildi. Ekoharakat va uning deputatlari guruhi tegishli vazirlik hamda idoralar hamkorligida yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga qaratilganO‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda Vazirlar Mahkamasi qaroriloyihalari ishlab chiqilib, hukumatga taqdim etildi.
Respublikamizning 7ta hududida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan ijtimoiy buyurtma doirasida aholining ekologik madaniyatini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga jalb etishga qaratilgan 350 dan ortiq targ‘ibot bannerlari o‘rnatildi. Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’ruzalar to‘plami va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlandi. Shuningdek, suv, chiqindi muammolariga bag‘ishlangan videoroliklar tayyorlanib, markaziy telekanallarda namoyish etilmoqda.
Umuman olganda, O‘zbekiston ekologik harakati oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqib, deputatlar guruhi bilan hamkorlikda o‘tgan bir yil davomida respublikamizning barcha hududida 111300 dan ortiq faollar ishtirok etgan 2500 ga yaqin amaliy-tahliliy tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan chiqindilarni qayta ishlash jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish masalasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Xususan, “SEMAK Equipment’s and Technology” MCHJ bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga muvofiq, Jizzax viloyatida investitsiya qiymati 400 ming AQSH dollariga yaqin, yiliga 25 ming tonna chiqindini qayta ishlaydigan korxona quriladi. Hozirgi paytda bunyodkorlik ishlari jadal olib borilyapti.
Erishilgan ushbu yutuqlar o‘zimizniki. Oldimizda esa hali vazifalar ko‘p. Ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”ning qabul qilinishini jadallashtirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, suv zaxiralarini muhofaza qilish, suv iste’moli, suvlarning davlat hisobotini yuritish, suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqish shular sirasidandir. Bundan tashqari, Orol muammosining salbiy ta’sirlarini bartaraf etish, hudud aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, bu boradagi mavjud kamchiliklarni xalqaro hamjamiyat va hamkor davlatlar moliyaviy ko‘magini jalb etgan holda hal etish istiqboldagi faoliyatimizda muhim yo‘nalishlar hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, oldimizda turgan vazifalar nihoyatda zalvorli. Ularni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish har birimizdan bor bilim va mahoratimizni ishga solishni, yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida yonib yashashni talab etadi. Ana shunda xalqimizning bizga bildirgan ishonchini ma’lum darajada oqlagan bo‘lamiz.



  1. Ekologik omillar va ekotizimlar.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling