Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanini predmeti va maqsadi, muhit va ekologik omil haqida tushuncha
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Website
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11 th October, 2022 ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com 97 | P a g e EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI FANINI PREDMETI VA MAQSADI, MUHIT VA EKOLOGIK OMIL HAQIDA TUSHUNCHA Azimova Sayyora Toshtemirovna Nizomiy nomidagi TDPU umumiy pedagogika kafedrasi o`qituvchisi Bugungi kunda ekologiya va atrof muhit muhofazasi fani nafaqat mustaqil fan sifatida shakllandi, balki u mazmunan juda kengaydi. Ekologiya o‘rganadigan yangi sohalar ko‘paydi, boshqacha aytganda, ekologiyaning yangi-yangi yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. «Ekologiya» tushunchasini fanga birinchi bo‘lib nemis biologi Ernest Gekkel 1866 yilda chop etilgan “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” nomli kitobi orqali olib kirdi. Bu atama yunonchada “oikos” – uy, yashash joyi, yashash muhiti, “logos” – ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ekologiya biologik fan bo‘lib, u organizmlarning bir-biri va tashqi muhit sharoiti bilan o‘zaro munosabat qonuniyatlarini o‘rganadigan fan hisoblanadi. Organizmlarning moslashuvi (adaptatsiya)ni o‘rganish sifatida bundan 100 yil avval shakllangan hozirgi zamon ekologiyasi - tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi. U o‘ziga xos predmetga, maqsadga, vazifalarga hamda izlanish usullariga egadir. Ekologiya antropogen va har xil tabiiy omillar ta’sirida tabiatdagi bog‘lanishlarning buzilishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ekologiya tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda va tabiatni muhofaza qilishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ekologiyaning predmeti - organizmlar guruhi va tashqi muhit orasidagi bog‘lanishlarning tuzilishini, unga bog‘liq bo‘lgan jonlanish, taraqqiy etish, tarqalish va konkurentlik (raqobat) xususiyatlarini; tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta’siriga qanday javob beradi - bularning hammasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi. Ekologiyaning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlar uchun ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash. Ekologik xavfsiz muhit organizmlarning barqaror holatda ko‘payishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun toza, sog‘lom va qulay atrof tabiiy muhit holatini yaratishdan iborat. Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha ta’riflash mumkin: - hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta’sirini hisobga olgan holda o‘rganish; Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling