Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan


Zamburug’lar haqida tushuncha


Download 101.63 Kb.
bet6/10
Sana19.06.2023
Hajmi101.63 Kb.
#1599743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PLEOSPORALILAR

Zamburug’lar haqida tushuncha.
Zamburug’lar (micota) - tuban o’simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli-tuman bo’lgan eng katta bo’lim hisoblanadi. Zamburug’lar tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, ya’ni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda o’simliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofit zamburug’larga bo’linadi. Parazit xolda ovqatlanish tirik organizm hisobiga, saprofit holda oziqlanish o’lik organizm hisobiga boradi. Yer yuzida zamburug’larning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali bo’lgan 100.000 dan ortiq turi uchraydi. O’zbekistonda esa 3000 ga yaqin turi tarqalgan. Zamburug’lar haqidagi fan mikologiya deb ataladi.
Tuzilishi. Ko’pchilik zamburug’larning (ba’zi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy ko’rinishida, ya’ni oziqlanish substrat sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan o’sadigan ingichka ipcha - gifalardan iborat. Gifalar qisqa yoki uzun, oddiy yoki shoxlangan, bir hujayrali yoki ko’p hujayrali, tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan, bir yadroli, ikki yadroli, ko’p yadroli bo’ladi. Gifalarning eni 1 - 15 millimetr, bo’yi esa bir necha metrgacha bo’lishi mumkin. Gifalar asosan monopodial, qisman simpodial o’sadi. Gifalarning hujayra po’sti xitin moddasidan tuzilgan. Gifalar to’planib mitseliy hosil qiladi. Zamburug’larning tanasi yoki mitseliysi substrat ichida rivojlansa, endogen mitseliy, substrat yuzasidan taraqqiy etsa ekzogen mitseliy deyiladi.
Ko’pchilik zamburug’larda endogen mitseliy uchraydi. Bunday mitseliy oziq moddalar bilan to’la taminlanishga imkon beradi, hamda ularning vegetativ tanasini haroratning keskin o’zgarishidan: sovuqda muzlab qolishidan, issiqda qurib qolishidan saqlaydi. Mitseliy hujayralari po’st, sitoplazma va yadrodan iborat. Zamburug’larda zaxira oziq moddalar sifatida - glikogen, valyutin va moy tomchilari hosil bo’ladi.
Ayrim zamburug’larning vegetativ tanasi murakkab tuzilgan bo’lib, ularning spora hosil qiluvchi organi mevatana ham mitseliy gifalarining o’zaro zichlashib, birikib o’sishidan hosil bo’ladi.
Ko’p zamburug’larning mitseliysi noqulay sharoitda tinim davrini o’taydi va bu davrga o’tish oldidan birmuncha quriydi. Shu bilan unda fermentatsiya jarayonlari ham to’xtaydi, lekin qulay sharoitga tushishi bilan unda mitseliy yoki mevatana hosil bo’ladi. Zamburug’larda qoplovchi, o’tkazuvchi to’qimalar bo’lmaydi. Ularda faqat chiqaruvchi to’qima, ba’zilarida sutli naylar bo’ladi. Chiqaruvchi to’qimada oshlovchi modda - dubil, hamda smolaga o’xshash modda
chiqarilib turadi. Sutli naylarida zaharli modda - alkaloidlar va boshqa moddalarni uchratish mumkin. Zamburug’lar bir yillik, ikki yillik, hamda ko’p yillik bo’ladi. Zamburug’larning ko’pchiligi ikki yillikdir. Mitseliylarning asosiy qismi substrat orasida joylashib, osmos qonuni asosida oziq moddalarni so’rib oladi.
Bir hujayrali zamburug’lar. Ular yumaloq yoki ellips shakildagi alohida- alohida hujayralardir. Masalan: achitqi zamburug’lari.
Hujayrasi qobig’ining kimyoviy tarkibi bir xil emas. Po’st hech qachon sellyulozali bo’lmay, unga turli azotli moddalar aralashgan bo’ladi. Ularda bir nechta yadro bo’ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning o’rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi. Hujayrada ozuqa modda sifatida glikogen va yog’ tomchilari to’planadi.
Alohida tuzilmalar - mevatanalar ko’payish funksiyasini bajaradi. Parazit zamburug’larda - gaustoriya hosil bo’ladi.
Zamburug’lar tallofit o’simliklardir, chunki ular ham hech qachon suvo’tlari singari haqiqiy to’qima hosil qilmaydi va ularning tanasi qismlarga (bargga, poyaga, ildizga) bo’linmagan. Ularning ko’pchiligi mikroskopik mayda bo’lib, nonda mog’or, o’simlik barglarida zangsimon dog’lar va shunga o’xshash shakllarda ham ko’rinadi.
Zamburug'larning ko'payishi. Zamburug’lar vegetativ va reproduktiv (jinssiz va jinsiy) usullarda ko’payadi.
Vegetativ ko’payishi. Vegetativ ko’payishi mitseliy ipchalarining bo’linishi bilan amalga oshadi. Bu bo’lakchalar har xil yo’l bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi hosil bo’ladi. Ba’zi bir zamburug’larda vegetativ ko’payishda kurtaklanib ko’payadi. Bunga achitqi zamburug’ini misol qilib keltirish mumkin. Achitqi zamburug’i bir hujayrali, haqiqiy mitseliysi bo’lmagan mikroskopik organizmdir. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo’ladi. Uning hujayrasi qobiq bilan o’ralgan sitoplazma, mag’iz va vakuoldan tashkil topgan. Achitqi zamburug’i xamir tarkibidagi kraxmal moddasi bilan oziqlanadi va uni parchalab, spirt bilan karbonat angidrid gaziga aylantiradi. Hosil bo’lgan gaz
pufakchalari og’ir xamir massasini ko’tarib chiqadi, xamir oshadi. Natijada xamir g’ovak va yengil bo’lib qoladi. Kraxmal parchalanganda hosil bo’lgan spirt esa xamirga tam beradi. Achitqi zamburug’lar yaxshi sharoitda juda tez, kurtaklanib ko’payadi. Bunda zamburug’ hujayrasi ustida bo’rtma hosil bo’ladi va u o’sib kattalashadi, so’ngra ona hujayradan ajralib chiqib, mustaqil yashay boshlaydi. Achitqi zamburug’larining ishtirokisiz non yopib, pivo tayyorlab bo’lmaydi. Respublikamizda non zavodlari, pivo zavodlari, novvoyxonalar va uy sharoitida non yopish ehtiyojini ta’minlash uchun zavodlarda achitqilar (turishlar) tayyorlanadi.
Achitqilar - achitqi zamburug’larining to’plamidir. Quritilib, taxtakachlangan achitqi zamburug’lari sovuqda ko’paymaydi, lekin uzoq vaqtgacha tirik turadi. Achitqini shakar eritmasiga solib, iliq joyga qo’yilsa, undagi zamburug’lar darrov jonlanib, haddan tashqari tez ko’paya boshlaydi. Achitqi zamburug’lari xalq xo’jaligida va turmushda keng qo’llaniladi.
Ik guruhi hisoblanadi. Mevatanasining peritesiysi yarim ochiq va noksimon bo‘lishi bilan boshqalar-dan farq qiladi.
Mevatanasi juda mayda uning tagida parallel holatda bog‘ bo‘lib cho‘zilib yotgan xaltachalar joylashadi.
Mevatanasi mitseliydan yoki soxta to‘qimalardan hosil bo‘lgan stroma tanachada joylashadi.
Pirenomitsetlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun eng zararli bo‘lgan vakili shox-kuya zamburug‘i (Claviceps purpurea) dir.
Shox-kuya ko‘proq javdarda, ba’zan arpada, sulida va bug-doyda, yana bir qancha yovvoyi holda o‘suvchi, g‘allasimonlarda pa razit holda yashaydi. Javdari unda ko‘proq uchraydi.
Shox-kuya uzun silindrik xaltachada hosil bo‘ladigan, naysi-mon askosporalar va konidiyalar vositasi bilan ko‘payadi.
Sklerotsiysi qishni tuproqda o‘tkazib, ko‘klamda rivojlana-di, ammo, sporasining yetilishi ko‘pincha javdar va boshqa yovvoyi g‘allasimon o‘simliklar gullagan vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shox-kuyaning askosporasi shamolda tarqab g‘alla o‘simliklar-ning gullariga tushadi, o‘sib gifa chiqaradi. Nozik va ingichka gifalar tugunchaga o‘tib, to‘qimalarni buzadi va konidiyalar ho-sil qiladi. Konidiyalar gifalar to‘plamida qalin bo‘lib joy - lashgan konidiyabandlarda , vujudga keladi. Konidiyabandlar son-sanoqsiz konidiyayeporalarga ajralishi bilan bir vaqtda, «bol-shudring» deb ataladigan suyuq shira ham chiqaradi. Bunga konidiyalar aralashgan bo‘ladi. Bu shira hasharotlarni o‘ziga jalb etadi.

Shox-kuya — Glavi’ceps purpurea
Hasharotlar va shamol zamburug‘ konidiya sporala-rini gullagan boshqa sog‘ o‘simliklarga ham tarqatadi. Shox-kuyaning taraqdiy etishi davomida konidiyaspora berish davri ilgari, sfatseliya (Sphacelia segetum) degan alohida zamburug‘ vositasida vujudga keladi deb o‘ylashardi.
Shox-kuya konidiyasporasi yozda juda tez tarqaydi. Shox-kuya bilan zararlangan g‘alla o‘simliklari yetilib, boshog‘i qotdi de-guncha, «bol shiralar» hosil bo‘lishi to‘xtaydi. Shu vaktad, kasallangan tuguncha to‘qimalari ostida gifalar zichlanib va zapas oziq moddalar to‘planib, u sklerotsiyga aylanadi. Sklero-siy shox-kuyaning qishlovchi mitseliysi bo‘lib u har bir boshoqda 1 —4 ta bo‘ladi. Hosil yig‘ilganda yerga tushadi, qishni tuprokda o‘tkazadi.
Sklerotsiy silindrik —uch qirrali suvsizlangan, qotgan shoxcha shaklida, sirti qo‘ng‘ir-binafsha rangda, ichi oq bo‘lib uzunligi 2—3 sm, diametri 3—5 mm ga boradi va boshoqdan chi-q.ib turadi. Sklerotsiy bahorda unadi, bo‘yi 15—25 mm, 20 dan 30 gacha stroma deb ataladigan kizil, diametri 1 —3 mm li shar-simon boshchali tayoqchalarga aylanadi. Stromaning boshcha qis-mida, cho‘kkan hrlda tuxumsimon peritesiylar joylashgan bo‘-ladi. Peritesiyning tagidan uzunasiga joylashgan bir necha parafizasiz xaltachalar bo‘lib, ular ichida 8 tadan ipsimon as-kosporalar vujudga keladi.
YEtilgan xaltachalar peritesiy og‘zida osilib turib yoriladi. Ichidan kuch bilan otilib havoga chiqqan askosporalar shamolda tarqalib, gullab turgan galla o‘simliklarning og‘izchasiga tu-shadi. U yerda spora o‘sib, mitseliyga aylanib tuguncha ichiga kiradi. Mitseliyda bir hujayrali rangsiz konidiyali konidiya-bandlar qatlami hosil bo‘ladi va «bol-shudring» shira chiqarib yana sog‘ tuplarni kasallaydi. Shox-kuya sklerotsiysi juda zahar- lidir, chunki uning tarkibida bir qancha alkaloidlar mavjud. Masalan: ergotamin, ergomitrin, ergotoksin va boshqalar. Sklerotsiy aralashgan undan tayyorlangan non organizm uchun xavflidir. 0,06% shox-kuya kukuni aralashgan undan tayyorlangan nonni yegan kishi ergotizm degan kasalga yo‘liqadi.
Lekin shox-kuyaning sklerotsiysi genikologiya praktikasida tug‘ishni yengillashtiruvchi va bachadondan ketgan qonni to‘xta-A tuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Shox-kuyaga qarshi kurash chorasi, asosan, g‘allani shox-kuyadan yaxshilab tozalashdir.
Pirenomitsetkabilarning yuqoridagi singari parazit vakil-laridan venturiya (Venturia naeguelin) olma daraxtida va bosh-qa turi (V. pyrini) nokda «qo‘tir» kasalligini, ginyardiya (Gu-ignardia bidwelli) esa tokning barcha organlarida, xususan, me-vasi — uzumda «kora chirish» kasalligini vujudga keltiradi.
Venturiya meva daraxtlaridan ko‘proq olma va nokda yashab, ularni nimjon qilib qo‘yadi va mevaning sifatini pasaytiradi. Ginyardiya uzum hosilining taxminan 30% ini pasaytiradi. Bu kasallik Urta Osiyo respublikalarining hamma joyida uchraydi.

Download 101.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling